16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:32
Sport 👁 420

30-70 yosh va undan katta yoshdagi aholi vakillaridan sport sinovlarini qabul qilishga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

30-70 yosh va undan katta yoshdagi aholi vakillaridan sport sinovlarini qabul qilishga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

Aholining jismoniy faolligini oshirish, harakatsizlik tufayli tobora keng tus olayotgan baʼzi kasalliklarning oldini olish, ayniqsa, yoshlarni, shu barobarida keksa avlod vakillarini sportga keng jalb etish maqsadida mamlakatimizda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi "Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-yanvardagi "Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sport sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasining qoʻshma Qarori asosida 2024-yildan boshlab har yilda bir marta Respublikada mavjud barcha mahallalardagi mahalla tizimi xodimlari hamda aholi vakillaridan "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari qabul qilib borish tizimining joriy etilgani oʻzining ilk ijobiy samaralarini bermoqda.

Ayniqsa, aholi vakillarining oʻzlariga maʼqul keladigan sport turlari bilan shugʻullanishlari, ularning fitnes klublarida, sport toʻgaraklarida sport bilan muntazam shugʻullanishlari uchun koʻmaklashish maqsadida qiziqarli sport oʻyinlarini tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar esa xalqimizning sport-sogʻlomlashtirish mashgʻulotlarida ixtiyoriy tarzda qatnashishga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish imkonini bermoqda.

Bu borada Amudaryo tumani sport ishlari boʻlimi, Oila va xotin-qizlar boʻlimi hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar eʼtiborga munosib. Ayniqsa, "Salomatlik uchun 5000 qadam", "Tonggi piyoda yurish ", "Salomatlik marafonlari" kabi sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari, "Biz oilaviy sportchilarmiz" musobaqalarida keng aholi vakillari ixtiyoriy ravishda, qiziqish bilan ishtirok etishib, oʻz salomatliklariga eʼtiborli boʻlayotganlari quvonarlidir.

Joriy yilning 20-avgust kuni Amudaryo tuman sport maktabi sport maydonchasida boʻlib oʻtgan 30-70 yosh va undan katta yoshdagi aholi vakillaridan sport sinovlarini qabul qilishga bagʻishlangan tadbir ham ishtirokchilarning jismoniy faolligini oshirishga qaratilgani bilan yorqin taassurotlarga boy boʻldi.

Avvalo shuni alohida qayd etish kerakki, "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari qabul qilish jarayoniga puxta tayyorgarlik koʻrilib, unda ixtiyoriy ravishda ishtirok etish istagini bildirgan aholi vakillariga "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" koʻkrak nishoni taqdim etilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Koʻrilgan chora-tadbirlar va amalga oshirilgan targʻibot ishlari tufayli joriy yilning 20-avgust sanasida Amudaryo tumani sport maktabi sport maydonchasida boʻlib oʻtgan mazkur tadbir ishtirokchilarning yuqori darajadagi faolliklari asosida amalga oshirildi.

Tadbirda ishtirok etgan 30-70 yosh va undan yuqori yoshdagi tumanning barcha mahallalaridan kelgan erkak va ayol aholi vakillari "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari qabul qilish boʻyicha Nizomda belgilangan talablar darajasidagi mashqlarni ixtiyoriy ravishda bajarish asnosida oʻzlarining qay darajada jismoniy tayyorgarlikka ega ekanliklarini bilib oldilar.

Tadbir yakunida eng faol, shuningdek, jismoniy tayyorgarlik darajasi yuqori boʻlgan ishtirokchilar hamkor tashkilotlar tomonidan ragʻbatlantirildi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019