Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda
Aholi punktlaridagi içimlik suvi tizimlari yagona muhandislik tarmoği sifatida işlaydi. Şu bois birgina xonadonning belgilangan tartibni çetlab ötib ulanişi butun köça yoki mahalladagi suv bosimi, sifati va uzluksizligiga salbiy taʼsir körsatişi mumkin. Şu sababli tarmoqlarga ulaniş jarayoni texnik şartlar asosida amalga oşirilişi qonunçilikda qatʼiy belgilab qöyilgan.
Mamlakatimizda sönggi yillarda kommunal sohada amalga oşirilayotgan islohotlar doirasida aholini toza içimlik suvi bilan barqaror taʼminlaş, mavjud infratuzilmani asraş hamda xizmat körsatişda intizomni mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu yönalişda nazorat idoralarining örni ham ortib, qoidabuzarliklarning oldini oliş va ularga öz vaqtida munosabat bildiriş ustuvor vazifaga aylandi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspektsiyasi tomonidan içimlik suvi va oqova suv yönalişida 2026-yilning yanvar–noyabr oylarida bir qator işlar amalga oşirildi. Xususan, içimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni çiqarib yuboriş tarmoqlariga ulanişda qonunçilik talablariga rioya etilişini taʼminlaş maqsadida tizimli nazorat tadbirlari ötkazilmoqda.
Joriy yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça içimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni çiqarib yuboriş tarmoqlariga noqonuniy ulaniş böyiça jami 461 ta holat aniqlanib, aybdorlarga belgilangan tartibda Özbekiston Respublikasining «Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi» asosida umumiy hisobda 1 milliard 898 million söm miqdorida jarimalar rasmiylaştirildi. Uşbu körsatkiçlar tarmoqlarga ulanişda belgilangan talablarni çetlab ötiş holatlari hamon uçrab turganidan dalolat berib, bu borada nazoratni susaytirmaslik zarurligini yana bir bor körsatadi.
Nazorat tadbirlari faqat hujjatlarni örganiş bilan çeklanib qolmayapti. Inspektsiya mutaxassislari bevosita joylarga çiqib, texnik şartlarning qay darajada bajarilayotganini, xonadon va obʼektlarning içimlik suvi hamda oqova suv tarmoqlariga qanday ulanganini atrofliça örganmoqda. Bu esa mavjud holatni qoğozdagi maʼlumotlar emas, balki amaldagi manzara asosida baholaş imkonini beradi.
Jumladan, Amudaryo tumanidagi Qum yop ovuli hamda Döstlik va Navoiy nomli mahallalarda ana şunday örganişlar taşkil etildi. Bunday örganişlardan közlangan asosiy maqsad texnik şartlarda belgilangan talablarning bajarilişini nazorat qiliş, aniqlangan kamçiliklarni öz vaqtida bartaraf etiş hamda tarmoqlarga ulaniş jarayonida qonunçilik meʼyorlariga oğişmay amal qilinişini taʼminlaşdan iborat. Qayd etiş kerakki, erta aniqlangan kiçik nuqsonni bartaraf etiş uning keyinçalik avariya yoki suv yöqotilişi kabi jiddiy muammoga aylanişining oldini oladi.
Inspektsiya tomonidan bu yönalişdagi nazorat tadbirlari izçil davom ettirilmoqda. Tarmoqlarga ulanişda tartib-intizomning qaror topişi, bir tomondan, suv taʼminoti tizimining barqaror işlaşini kafolatlasa, ikkinçi tomondan, qonun talablariga amal qilib kelayotgan isteʼmolçilarning haq-huquqlarini himoya qilişga xizmat qiladi.
Har bir xonadon va taşkilotning suv tarmoğiga belgilangan tartibda, texnik şartlarga töla rioya qilgan holda ulanişi umumiy infratuzilmaning uzoq muddat bexato işlaşiga, isrofgarçilik kamayişiga va hudud aholisining sifatli xizmatdan teng bahramand bölişiga zamin yaratadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶