Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi
Murojaat bilan poytaxtga yoki respublika markaziga yöl oliş örniga öz muammosini yaşaş joyiga yaqin hududda masʼul rahbarga yuzma-yuz yetkaziş imkoniyati bugun köplab fuqarolar uçun odatiy holga aylanib bormoqda. Davlat organlari masʼullarining aholi oldiga özi borişi, odamlar dardini joyida tinglaşi huquq-tartibot sohasida ham oçiqlik va işonçni mustahkamlaşning muhim vositasi bölib xizmat qilmoqda.
Şu maqsadda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vaziri tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan hududlarda muntazam ravişda sayyor qabullar taşkil etilmoqda. Ularning asosiy maqsadi jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini körib çiqiş, fuqarolarning soha bilan boğliq muammolariga ijobiy yeçim topişdan iborat.
Joriy yilning 11-noyabr kuni Amudaryo tumani Xalq qabulxonasi binosida Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vaziri örinbosari polkovnik Yodgor Isabayev Törtköl, Beruniy, Ellikqalʼa va Amudaryo tumanlarida istiqomat qiluvçi fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabul ötkazdi. Tadbirda uşbu tumanlardan taşrif buyurgan fuqarolar iştirok etib, sohaga doir masalalar yuzasidan öz murojaatlarini yöllab, fikr va takliflarini bildirdi.
Aytiş kerakki, sayyor qabulni taşkil etişda asosiy eʼtibor murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etiş hamda ularga huquqiy maslahatlar berişga qaratildi. Şu bois jarayonda tegişli yönalişlar böyiça masʼul xodimlarning qatnaşişi oldindan taʼminlanib, har bir masalani keçiktirmasdan örganiş imkoniyati yaratildi.
Murojaatlar asosan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, tergovga qadar tekşiruv va dastlabki tergov sohalaridagi muammolar hamda takliflar bilan boğliq böldi. Uçraşuv davomida fuqarolardan jami 12 ta murojaat kelib tuşib, ularning 10 tasi, yaʼni 83 foizi joyida ijobiy hal etildi, qolgan 2 ta murojaat böyiça esa huquqiy tuşuntirişlar berildi.
Şuningdek, ayrim murojaatlar qöşimça örganiş va muayyan vaqt talab etişini inobatga olgan holda, ular yuzasidan mutasaddi idoralarga tegişli topşiriqlar berildi. Uşbu topşiriqlarning ijrosi nazoratga olinib, murojaat egalariga qonunçilik talablari va öz huquqlarini himoya qiliş tartibi batafsil tuşuntirildi.
Huquqni muhofaza qiliş organi rahbarining fuqaro bilan bir stol atrofida ötirib, uning murojaatini bevosita tinglaşi har qanday rasmiy yozişmadan köra taʼsirçanroq natija beradi. Şu maʼnoda bunday qabullarning izçil davom ettirilişi içki işlar tizimi va aholi örtasidagi özaro işonçni mustahkamlab, qonuniylikni taʼminlaşda muhim omil bölib xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶