Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi
Yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş va ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etişda kitobxonlikning örni beqiyos. Bu borada davlat organlari bilan birgalikda jamoat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatçlikning hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Yoşlar örtasida, ayniqsa çekka ovullarda mutolaa madaniyatini rivojlantiriş maqsadida «Taraqqiyot közgusi» gazetasi tahririyati tomonidan «Mutolaa zavqi» nomli grant loyihasiga start berildi. Loyiha Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi va Parlament komissiyasi tomonidan qöllab-quvvatlangan.
Uşbu loyiha doirasida Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazida loyiha taqdimoti va ijroçilar bilan uçraşuv ötkazildi. Qizğin muhokamalar ruhida ötgan mazkur yiğilişda grant loyihasining iş rejasi, kitobxonlik klublari taşkil qilinadigan joylar hamda ularning yetakçilari tasdiqlandi.
Uçraşuvda Amudaryo tumani maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining maʼnaviyat va maʼrifat masalalari böyiça metodisti, şuningdek, loyiha qamrab oladigan 6 ta maktab direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosarlari iştirok etdi. Loyiha koordinatorlari Mahmudjon Şomurodov va Mansur Tojiboyevlar yiğilganlarga loyihaning maqsadi hamda vazifalari, uni amalga oşirişdan közlangan maqsad haqida maʼlumotlar berdi.
Tasdiqlangan rejaga köra, çekka hududlardagi maktablar negizida jami 6 ta «Kitobxon yoşlar» klubi taşkil qilinadi. Bular Qizilçoli mahallasidagi 9-maktab, Xolimbeg ovulidagi 20-maktab, Toş yop ovulidagi 76-maktab, Qipçoq ovulidagi 11-maktab, Xitoy ovulidagi 85-maktab va Bobur nomli ovuldagi 86-maktabdir. Har bir klubda kamida 15 nafar doimiy aʼzo böladi va yetakçi sifatida maktab kutubxonaçisi yoki adabiyot öqituvçisi faoliyat yuritadi. Uşbu maskanlarda «Oyning kitobi» muhokamasi ötkaziladi. Eng asosiysi, yoşlarning badiiy asarlarga bölgan ehtiyojini qondiriş maqsadida har bir klub 200 ta kitobdan iborat yangi töplamni qabul qilib oladi. Umumiy hisobda klublar uçun 1200 ta adabiyot xarid qilinişi közda tutilgan.
Uşbu loyihaning vazifalari faqatgina klublar oçiş bilan çeklanib qolmaydi. Uning doirasida «Kitoblar karvoni» nomli köçma kutubxona xizmati ham yölga qöyilib, tahririyat balansidagi 1000 dan ortiq kitoblar Qiliçboy, Çoyköl, Oq oltin, Tölqin va Kuyuk-köpir kabi olis ovullardagi kitobxonlarga mutolaa uçun yetkazib beriladi.
Bundan taşqari, loyiha davomida «Men öqigan asar» inşolar tanlovi, «Kitobxon oila» körik-tanlovi va yozuvçilar bilan qiziqarli uçraşuvlar taşkil etilişi belgilangan. Barça jarayonlar gazeta sahifalarida, «Amudaryo televideniyesi» dasturlarida hamda saytlarda keng yoritib boriladi.
Mazkur loyiha çekka ovullardagi minglab yoşlarning böş vaqtini mazmunli ötkazişga, ularni «ommaviy madaniyat» va turli zararli ğoyalar taʼsiridan asraşga hissa qöşadi. Olis hududlarda kitobxonlik muhitini yaratiş orqali nafaqat öquvçilarning savodxonligi va taʼlim körsatkiçlari oşadi, balki oilalarda birgalikda mutolaa qilişdek gözal anʼana qayta tiklanadi. Eng muhimi, maktablar negizida şakllantirilgan uşbu klublar loyiha yakunlangandan söng ham öz faoliyatini barqaror davom ettirib, yoşlar uçun haqiqiy maʼnaviyat maskaniga aylanadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶