Bilim va imkoniyatlar maskani
Maktab inson hayotida va kamolotida muhim ahamiyat kasb etuvçi muqaddas dargohlardan biridir. Zero, insonning ilk orzulari, dunyo haqidagi tasavvurlari, bilimga bölgan qiziqişi va kelajakka intilişlari aynan maktab ostonasidan boşlanadi. Maktab nafaqat savod örgatadi, balki insonni fikrlaşga, izlanişga, öz maqsadi sari intilişga, Vatan va jamiyat oldidagi masʼuliyatini anglaşga çorlaydi.
Bugungi kunda mamlakat taraqqiyotini taʼlim va ilm-fan rivojisiz tasavvur etib bölmaydi. Şu bois Özbekistonda taʼlim tizimini isloh qiliş, maktablarni zamonaviylaştiriş, öqituvçi kasbining nufuzini oşiriş, yoşlarga sifatli bilim va tarbiya beriş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Amudaryo tumanidagi 30-sonli umumiy örta taʼlim maktabi jamoasi ham ana şunday eʼtibor va ğamxörlik natijasida samarali faoliyat olib bormoqda.
Maktab tuman markazida, Navoiy mahallasi hududida joylaşgan bölib, muassasaning asosiy binosi 2012-yilda foydalanişga topşirilgan va joriy yilda dastur asosida 8,6 milliard söm mablağ evaziga rekonstruktsiya qilinib, 660-örinli 3 qavatli bino qurildi.
Pedagogika jamoasiga maktab direktori Uluğbek Raimov rahbarlik qilmoqda. Hozirda maktabda jami 1 104 nafar öquvçi tahsil olmoqda, ulardan 616 nafari öğil, 488 nafari qiz bolalardir. Jami 46 ta sinf komplekti (“kamplekti” bölib öqiladi) şakllantirilgan bölib, birinçi smenada 24 ta sinfda 574 nafar, ikkinçi smenada esa 22 ta sinfda 530 nafar öquvçi bilim oladi. Taʼlim özbek tilida olib boriladigan 12 ta sinfda 265 nafar, rus tilida olib boriladigan 34 ta sinfda esa 839 nafar öquvçi tahsil oladi.
Maktabning erişayotgan natijalari, avvalo, tajribali pedagoglar mehnati bilan boğliq. Bugungi kunda bu yerda 90 nafar pedagog xodim faoliyat yuritadi. Ularning 88 nafari oliy, 2 nafari örta maxsus maʼlumotga ega. Toifalar böyiça 15 nafar oliy, 20 nafar birinçi, 19 nafar ikkinçi toifali öqituvçi va 35 nafari mutaxassis öqituvçilardir.
Şu bilan birga, 25 nafar pedagog milliy va xalqaro sertifikatlarga ega, 1 nafar öqituvçi vazir jamğarmasi ustamasini olişga muvaffaq böldi. 2026-yilda 3 nafar öquvçi asosiy fan olimpiadasining Qoraqalpoğiston bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi, öquvçilarda jami 28 ta milliy va xalqaro sertifikatlar mavjud.
Bitiruvçilar körsatkiçi ham ijobiy dinamikani namoyon etmoqda: 2026-yilda 11-sinfni tamomlagan 58 nafar öquvçining oliy taʼlim muassasalariga kiriş böyiça örtaça balli 81,9 ballni taşkil etdi. 2025-yilda bitiruvçilardan 19 nafari, yaʼni 33 foizi oliygohlar talabasi bölgan edi.
Moddiy-texnik baza ham bosqiçma-bosqiç yaxşilanib bormoqda. Bitta kompyuter sinfida jami 24 ta kompyuter örnatilgan va ular töliq internet tarmoğiga ulangan, kutubxona fondi darsliklr va badiiy adabiyotlarga boy. 12ga 24 metr ölçamdagi sport zali, laboratoriya xonalari doimo öquvçilar bilan gavjum.
Maktab binosida 120 kilovatt quvvatga ega quyoş panellari örnatilgani muqobil energiyadan samarali foydalaniş imkonini bermoqda. Sanitariya şaroitlari ham talab darajasida bölib, muassasa binosi markazlaşgan içimlik suvi tarmoğiga ulangan.
Yaratilgan bu kabi şaroitlar pirovardida öquvçilar bilimida va ular qölga kiritadigan yutuqlarda aks etişini inobatga olsak, kelgusida mazkur bilim dargohidan davlat va jamiyat manfaatlari yölida fidoyilik bilan xizmat qiladigan kadrlar yetişib çiqişiga aslo şubha yöq.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶