10.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
10.09.2026, 11:17
Qishloq xoʻjaligi 👁 27

Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishning oʻzi yetarli emasligi, ularni mavsumdan tashqari davrda ham sifatli saqlash va isteʼmolchiga uzluksiz yetkazib berish iqtisodiy samaradorlikning va bozorlarimizdagi narx-navo barqarorligining asosiy sharti ekanini inobatga olgan holda, soʻnggi yillarda mamlakatimizda sovitgichli sigʻimlar tarmogʻini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu yoʻnalishdagi ishlar hududlardagi dehqon va fermer xoʻjaliklari faoliyatida ham aniq natijalarini koʻrsatmoqda.

Amudaryo tumani Tosh yop ovuli hududida faoliyat yuritayotgan Sherzod Bekmanov dehqon xoʻjaligi tomonidan meva mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va yil davomida isteʼmolchilarga yetkazib berish boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda. Xoʻjalik tasarrufidagi 4 gektar bogʻ bilan bir qatorda, qoʻshimcha ravishda 10 gektar “Golden” navli olma ekilgan bogʻ ham ijara asosida foydalanishga olingan.

Mazkur bogʻlardan joriy mavsumda yetishtirilgan olma hosili yigʻib-terib olinib, sifatini saqlash maqsadida xoʻjalik tasarrufidagi sovitgichli sigʻimlarga joylashtirilmoqda. Saqlanayotgan mahsulotlarni qish va bahor oylarida bosqichma-bosqich ichki bozorlarga hamda aholiga yetkazib berish koʻzda tutilgan. Shu tariqa hosilning nobud boʻlishining oldi olinib, bozorlarda meva taʼminotining barqarorligiga erishiladi.

Aytish joizki, dehqon xoʻjaligi tomonidan bundan ikki yil avval meva-sabzavot mahsulotlarini sifatli saqlash hamda ularni yil davomida aholiga yetkazib berish maqsadida umumiy 150 tonna sigʻimga ega ikkita sovitgichli ombor — 100 tonnalik va 50 tonnalik sigʻimlar tashkil etilgan. Bugungi kunda ushbu omborlarga xoʻjalikning har ikki bogʻidan olingan hosil toʻplanmoqda.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-son qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sovitgichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo boʻlgan subʼektlarga sovitgichli sigʻimlarni qurish yoki jihozlash, shuningdek, ularning elektr energiyasi xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratilmoqda.

Mazkur imkoniyatdan yuridik shaxslar, fermer va dehqon xoʻjaliklari agroportal orqali ariza berish yoʻli bilan foydalanishlari mumkin. Amaldagi tartibga koʻra, sovitgichli sigʻimni qurish yoki jihozlash xarajatlarining 30 foizi, biroq 150 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda, shuningdek, qish va bahor oylarida sovitgichli sigʻimlardan foydalanish uchun sarflangan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiya ajratilishi belgilangan.

Shu bilan birga, dehqon xoʻjaligining mulkdori oʻz tasarrufidagi fermer xoʻjaligida paxta, gʻalla va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlaridan ham moʻl hosil olmoqda. Ayni kunlarda xoʻjalikning paxta dalasida terishga tayyor turgan moʻl hosil koʻzni quvnatadi. Xoʻjalik rahbari joriy yilda ham paxtadan yuqori hosil olib, salmoqli daromadga erishishni rejalashtirgan.

Maʼlumki, paxtachilik mamlakatimiz qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoqlaridan biri boʻlib, u nafaqat toʻqimachilik sanoatini xom ashyo bilan taʼminlaydi, balki qishloq aholisi uchun barqaror ish oʻrinlari va doimiy daromad manbai vazifasini ham oʻtaydi. Shu bois gʻoʻza parvarishidagi har bir agrotexnik tadbirning oʻz vaqtida ado etilishi kuzgi hosildorlikka bevosita taʼsir koʻrsatadi.

Bogʻdorchilik, paxtachilik va gʻallachilikni bir vaqtda yoʻlga qoʻygan koʻp tarmoqli xoʻjaliklar esa mavsumiy tebranishlarga kam bogʻliq boʻlib, yil davomida barqaror daromad topadi hamda oʻnlab oilalar farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi. Dehqonning mehnati esa pirovardida dasturxon toʻkinligi va bozor narxlarining moʻʼtadilligida oʻz aksini topadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026