17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 20:42
Jamiyat 👁 4,613

Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi

Jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatida shaffoflikka erishish, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning uzviy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, aholiga bevosita xizmat koʻrsatuvchi tizimlarda bu boradagi ishlar doimiy eʼtibor markazida turibdi. Zero, har bir sohada qonunchilik talablariga ogʻishmay amal qilinishi jamiyat taraqqiyotining muhim shartlaridan sanaladi.

Elektr energetikasi tarmogʻi aholi va tadbirkorlik subʼektlari bilan kundalik muloqotda boʻladigan soha ekani inobatga olinsa, ushbu tizim xodimlarining halolligi, intizomi va kasbiy odobi nafaqat korxona obroʻsiga, balki isteʼmolchilarning davlat siyosatiga boʻlgan ishonchiga ham bevosita taʼsir koʻrsatishi tabiiy. Shu bois tizimda xodimlar bilan profilaktik ishlarni muntazam tashkil etish, ularning huquqiy bilimini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar oʻtkazish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda Amudaryo tumani hokimligi binosida “Hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyatining Qoraqalpogʻiston hududiy filiali xodimlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda korruptsiyaga qarshi murosasiz kurashish, odob-axloq va ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etish masalalari koʻrib chiqildi.

Yigʻilish kun tartibiga, shuningdek, xodimlarning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan kelib tushgan murojaatlarni oʻrganish hamda 2026-yilda sodir etilgan korruptsiyaviy huquqbuzarliklar tahlili kiritilib, har bir masala boʻyicha atroflicha fikr almashildi.

Tadbir “Hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyatining Qoraqalpogʻiston hududiy filiali Korruptsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat boʻlimi boshligʻi raisligida oʻtkazildi. Yigʻilish avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yilda korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha “favqulodda holat” eʼlon qilingani alohida qayd etildi.

Raislik qiluvchi filialda korruptsiyaning oldini olish, unga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish hamda xodimlarning huquqiy saviyasini oshirish boʻyicha qator chora-tadbirlar olib borilayotganiga qaramasdan, jamoa orasida huquqbuzarlik holatlari hamon uchrab kelayotganiga yigʻilganlar eʼtiborini qaratdi. Uning taʼkidlashicha, bu kabi holatlarning takrorlanishi tizimda olib borilayotgan ishlarning samarasini pasaytirmoqda.

Shu bilan birga, masʼullar jamiyat hamda tizim tarkibidagi korxonalar xodimlari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ustida toʻxtalib, oʻtkazilayotgan tadbirlardan tegishli xulosa chiqarilmagan taqdirda, bunday holatlar ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkinligi boʻyicha ishtirokchilarni yana bir bor ogohlantirdi. Ushbu masalada har bir xodim shaxsan javobgar ekani alohida uqtirildi.

Yigʻilishda Xalq deputatlari Amudaryo tumani kengashining korruptsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Yaxshimurod Ahmedov ham soʻzga chiqdi. U profilaktik choralar koʻrilayotganiga qaramasdan, ayrim xodimlarning xatolaridan saboq chiqarmasligi yuqoridagi kabi holatlarga sabab boʻlayotganini alohida koʻrsatib oʻtdi.

Majlis yakunida “Hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyatining Qoraqalpogʻiston hududiy filiali Amudaryo tumani elektr taʼminoti korxonasi boshligʻi Jasur Salayev barcha xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamoada korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, toʻgʻri va halol ishlashning ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtdi.

Belgilangan kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar eshitilib, ular atroflicha muhokama qilingan holda, yigʻilish yakunida tegishli qaror qabul qilindi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026