Mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga amaliy kömak körsatilmoqda
«Isenim» axborot-resurs markazi tomonidan «Migrantlar tajribasi — mahalla taraqqiyoti uçun muhim salohiyat» grant loyihasi amalga oşirilmoqda. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondining moliyaviy kömagida yölga qöyilgan mazkur taşabbus mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni ijtimoiy-iqtisodiy qöllab-quvvatlaş, ularning bandligini taʼminlaş va barqaror daromad manbaini yaratişga qaratilgan.
Loyihaning asosiy maqsadi mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarning kasbiy tajribasi va mavjud könikmalarini örganiş, ularni mahalliy mehnat bozori talablariga moslaştiriş hamda mustaqil daromad manbaiga ega bölişiga kömaklaşişdan iborat. Dastlabki bosqiçda mahalla fuqarolar yiğinlari, Migratsiya agentligi va bandlik organlari bilan hamkorlikda 28 nafar fuqaro aniqlandi. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy holati, oilaviy şaroiti, kasbiy salohiyati va ehtiyojlari örganilib, maʼlumotlar bazasi şakllantirildi. Şu asosda har bir iştirokçi uçun individual reintegratsiya rejalari işlab çiqildi. Loyiha bir martalik yordam bilan çeklanmasdan, iştirokçilarning kelgusida iqtisodiy barqarorlikka erişişiga qaratilgan kompleks yondaşuv asosida taşkil etilmoqda.
Iştirokçilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoşligini oşiriş maqsadida Nukus şahar 3-sonli texnikumi bilan hamkorlikda qisqa muddatli kasb-hunar öquv kurslarini taşkil etiş belgilangan bölib, ularga kamida 15 nafar fuqaro jalb qilinadi. Şuningdek, mutaxassislar iştirokidagi individual va guruhli qabullarda iştirokçilarga huquqiy va psixologik maslahatlar berilmoqda. Bu orqali ularning huquqiy savodxonligini oşiriş, jamiyatga qayta moslaşuvidagi muammolarni bartaraf etiş va öz imkoniyatlariga işonçini mustahkamlaş közda tutilgan.
Loyiha doirasida tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Biznes yuritiş, biznes-reja tuziş, kredit va subsidiyalardan foydalaniş böyiça seminarlar orqali kamida 8 nafar iştirokçini tadbirkorlik faoliyatini boşlaşga tayyorlaş rejalaştirilgan. Bundan taşqari, bandlik organlari va iş beruvçilar bilan hamkorlikda mehnat yarmarkalarini ötkaziş orqali kamida 12 nafar fuqaroni doimiy iş bilan taʼminlaş, tomorqa va dehqonçilik yönalişida esa agrotexnik maslahatlar hamda uruğlik va köçatlardan samarali foydalaniş böyiça kömak orqali 10 nafardan ziyod iştirokçining qöşimça daromad manbaini şakllantiriş belgilangan. Özini özi band qiliş istagidagi 8–10 nafar fuqaroga hunarmandçilik va xizmat körsatiş yönalişlarida faoliyat boşlaş uçun zarur uskunalar ajratilmoqda.
Uşbu yönalişdagi muhim amaliy bosqiçlardan biri sifatida 2026-yil 17 noyabr kuni Nukus şahridagi «Döstlik uyi»da mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga elektr uskunalarini topşiriş marosimi bölib ötdi. Hamkor taşkilotlar va masʼullar iştirokida ötgan tadbirda ajratilgan uskunalar fuqarolarning kasbiy könikmalarini amaliyotga tatbiq etişi, mustaqil mehnat faoliyatini yölga qöyişi va oilasi farovonligini oşirişi uçun zamin yaratadi.
Ayni paytda loyiha iştirokçilarining bandligi, kasbiy tayyorgarligi va daromadlari muntazam monitoring qilib borilmoqda. Bu körsatilayotgan yordam samaradorligini baholaş va mavjud muammolarni öz vaqtida aniqlab, manzilli çoralar köriş imkonini beradi. Loyiha yakunida hamkor taşkilotlar iştirokida davra suhbati ötkazilib, erişilgan natijalar tahlil qilinişi, tajriba almaşiş va kelgusidagi hamkorlik yönalişlari böyiça takliflar işlab çiqilişi rejalaştirilgan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶