16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 01:52
Fan va taʼlim 👁 1,028

Amudaryo tumanida 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlandi

Inson hayotida shunday kasb egalari borki, ularning sharafli va mashaqqatli mehnatini oddiy soʻzlar bilan taʼriflash qiyin. Ular yosh avlodga nafaqat bilim beradi, balki hayot yoʻlini koʻrsatadi, ezgulik va bunyodkorlikka chorlaydi, kelajak sari dadil qadam tashlashga undaydi. Bu — ustoz va murabbiylardir.

Amudaryo tumanida 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ham ana shunday fidoyi kasb egalariga yuksak ehtirom koʻrsatildi.

Tuman Madaniyat boʻlimida tashkil etilgan tadbir Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston davlat madhiyalari sadosi ostida boshlandi. Tuman hokimi oʻrinbosari Jasur Yaxshimov soʻzga chiqib, tuman hokimining ustoz va murabbiylarga yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.

Tuman hokimining tabrigida taʼkidlaganidek, bugungi kunda taʼlim tizimini rivojlantirish, oʻqituvchilarning mehnatini munosib ragʻbatlantirish hamda taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Tuman taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar buning amaliy ifodasidir.

2026-yil davomida Investitsiya dasturi asosida 30- va 65-sonli umumtaʼlim maktablarida rekonstruktsiya, 37-sonli maktabda esa kapital taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazildi. Ayni paytda 39-sonli maktabda rekonstruktsiya ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, 32-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida 90-oʻrinli bino rekonstruktsiya qilinmoqda. Oq oltin va Beshtom ovul hamda mahallasi hududida esa 150-oʻrinli yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlari barpo etilmoqda.

Xalqaro tashkilot (OPEK) mablagʻlari hisobidan 57-sonli maktabda 120-oʻrinli qoʻshimcha bino va 12x24 metr hajmdagi sport zali, 64-sonli maktabda esa 330-oʻrinli qoʻshimcha bino hamda zamonaviy sport zali qurilib, foydalanishga topshirildi. 17-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosida esa 90-oʻrinli yangi bino qurilishi davom etmoqda.

Bularning barchasi tumanda yosh avlodga zamonaviy va sifatli taʼlim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan izchil saʼy-harakatlarning amaliy natijasidir.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, davlat tomonidan oʻqituvchilar mehnatini munosib ragʻbatlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar ham oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi qaroriga asosan, attestatsiyada 86 va undan yuqori ball toʻplagan pedagoglarga 70 foizlik ustama toʻlanishi belgilangan. 2026-yilda Amudaryo tumanidan 73 nafar oʻqituvchi mazkur yuqori natijani qayd etib, oylik maoshlariga 70 foizlik ustama olish huquqini qoʻlga kiritdi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 425-sonli qarori bilan tashkil etilgan Vazir jamgʻarmasi hisobidan eng yuqori natijalarni qayd etgan malakali pedagoglarga ham qoʻshimcha ragʻbatlantirishlar berilmoqda. Joriy 2026–2027 oʻquv yilida tumanning 20 nafar fidoyi pedagogi tegishli sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, maoshlariga qoʻshimcha 7,5 million soʻmlik ustama olish imkoniyatiga ega boʻldi.

64-sonli maktabning huquq fani oʻqituvchisi Nodira Rahimova esa “Yil oʻqituvchisi” tanlovida mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritib, 616 million soʻmlik pul mukofotiga sazovor boʻldi.

Bu raqamlar ortida esa oʻz kasbiga sadoqat, tinimsiz izlanish va yuksak masʼuliyat bilan mehnat qilayotgan ustozlarning zahmati mujassam.

Maktabgacha taʼlim tizimida ham yutuqlar salmoqli. 2-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktor oʻrinbosari Salomat Turayeva Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida oʻtkazilgan “Yil tarbiyachisi–2026” tanlovining respublika bosqichida “Eng namunali direktor oʻrinbosari” nominatsiyasi boʻyicha 3-oʻrin sohibi boʻldi.

Bunday yutuqlar tuman taʼlim tizimida mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylarning oʻz kasbiga boʻlgan fidoyiligi, izlanuvchanligi va masʼuliyatining yorqin ifodasidir.

Bayram tadbirida ana shunday yutuqlarga hissa qoʻshayotgan, taʼlim-tarbiya sohasida samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh ustoz va murabbiylar tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tadbirda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomuratov ham soʻzga chiqib, soha fidoyilarining mehnati va erishayotgan yutuqlari haqida fikr bildirdi.

Bayram tadbiri tuman Madaniyat boʻlimi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan betakror sahna chiqishlari, dilbar kuy-qoʻshiqlar va musiqiy dastur bilan koʻtarinki ruhda davom etdi.

Darhaqiqat, ustozga berilgan ehtirom — kelajakka berilgan ehtiromdir. Zero, bugun maktabda, bogʻchada yosh avlod qalbiga bilim, tarbiya va ezgulik urugʻini qadab kelayotgan ustozlarning zahmatli mehnati ertangi kunning bunyodkor avlodini voyaga yetkazadi. Oʻz hayotini yosh avlod taʼlimi va tarbiyasiga bagʻishlagan barcha ustoz va murabbiylarning fidoyi mehnati hamisha yuksak eʼtirofga loyiq.

Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarni kasb bayramingiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sogʻliq, oilaviy xotirjamlik, sharafli va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026