Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi
Harbiy xizmat yoş yigit hayotidagi jiddiy sinov va çinakam toblaniş maktabi bölib, bu yölga qadam qöyişdan avval har bir nomzod bir neça bosqiçli saralaşdan ötadi. Mamlakatimizda Qurolli Kuçlar safini jismonan baquvvat, maʼnan yetuk va Vatanga sadoqatli yoşlar bilan töldiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri sifatida belgilangan.
Sönggi yillarda muddatli harbiy xizmatga çaqiruv tizimi ham izçil takomillaştirilib, nomzodlarni tanlaşda ularning salomatligi, jismoniy holati, bilim darajasi va şaxsiy fazilatlari har tomonlama örganilmoqda. Bu esa xizmatga ruhan va jismonan tayyor, masʼuliyatni his qila oladigan yigitlar yuborilişini taʼminlaydi. Xususan, tibbiy körik, jismoniy tayyorgarlik sinovlari va harbiy qism vakillari bilan suhbat ana şu saralaş tizimining asosiy böğinlarini taşkil etadi.
Ayni kunlarda Amudaryo tumani hududida yaşovçi 2000–2009-yillarda tuğilgan öğil bolalar uçun 2027-yilgi muddatli harbiy xizmatga çaqiruv tadbirlariga tayyorgarlik işlari qizğin keçmoqda. 2026-yil 10-avgustdan boşlab tasdiqlangan jadval asosida çaqiruv yoşidagi fuqarolarni saralaş va tanlaş tadbirlari ötkazilmoqda. Tuman Mudofaa işlari bölimida jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qismdan taşrif buyurgan vakillar bilan suhbatga kelişdi.
Suhbatni harbiy qism nomidan Amudaryo tumani Mudofaa işlari bölimi boşliği podpolkovnik Şuhrat Mamatov olib bordi. Qayd etiş joizki, jismoniy tayyorgarlik bosqiçi çaqiruv jarayonining muhim qismi hisoblanib, unda yigitlarning çidamliligi va kuç-quvvati sinovdan ötkaziladi. Uşbu bosqiçdan keyingi suhbatlar esa çaqiriluvçini yaqindan biliş, uning xizmatga qançalik tayyor ekanini aniqlaş maqsadida taşkil etiladi. Tuman Mudofaa işlari bölimi vakillari har bir nomzod bilan alohida muloqot qilib, uning maʼlumoti, oilaviy şaroiti, qiziqişlari va harbiy xizmatga munosabatini örgandi, şu asosda yigitning qaysi yönalişda xizmat qilişi maqsadga muvofiq ekani haqida xulosa çiqariladi.
Taʼkidlaş kerakki, suhbatning xolis va puxta ötkazilişi har bir nomzodning kelgusi xizmati samarali keçişida muhim ahamiyatga ega. Mazkur bosqiç natijasida saralab olingan çaqiriluvçilar keyingi saralaş bosqiçlarida iştirok etişadi. Saralaşning barça bosqiçlaridan ötgan yigitlar esa belgilangan tartibda xizmat joylariga jönatiladi va u yerda yigitlik burçini ötab, harbiy kasb sirlarini örganişni boşlaydi.
Çaqiruv jarayonining har bir bosqiçi masʼuliyat bilan va oçiq taşkil etilişi armiya safiga töğri tanlangan, öz burçini anglagan yoşlar qöşilişiga xizmat qiladi. Uşbu suhbatdan ötgan yigitlar uçun esa bu — oddiy rasmiyatçilik emas, balki harbiy qasamyod va Vatan himoyasi sari taşlangan yana bir aniq qadamdir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶