17.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.09.2026, 13:24
Jamiyat 👁 44

Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda

Insonning kundalik hayotida hech narsa toza ichimlik suvining oʻrnini bosa olmaydi. Shu bois aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish va xizmatlar sifatini oshirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan boʻlib, bu borada xalqaro moliya institutlarining grant va kredit mablagʻlari, shuningdek davlat investitsiya dasturlari asosida keng koʻlamli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, markazlashgan ichimlik suvi taʼminoti bilan qamrab olinmagan mahallalarda yangi tarmoqlar qurishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻz navbatida mutasaddi tashkilotlar tomonidan suv tarmoqlari yangidan tortilgan hududlarda shartnomaviy munosabatlarni tartibga solish, aholini rasmiy xizmatlar bilan qamrab olish hamda toʻlov intizomini mustahkamlash yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspektsiyasi tomonidan yil boshidan buyon 49 ta mahallada xonadonma-xonadon oʻrganishlar amalga oshirilib, fuqarolarga ichimlik suvidan oqilona foydalanish, xizmatlardan qonuniy asosda foydalanishning ahamiyati, shartnoma tuzish tartibi hamda mavjud imtiyoz va qulayliklar haqida keng tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada 91 ta isteʼmolchi bilan ichimlik suvi taʼminoti boʻyicha rasmiy shartnomalar tuzildi. Bu esa xizmatlarning shaffof va tizimli yoʻlga qoʻyilishiga, kommunal xizmatlar sifatini yanada oshirishga zamin yaratadi.

Eʼtiborlisi, amalga oshirilgan ishlar natijasida 395 nafar aholi markazlashgan ichimlik suvi taʼminoti xizmati bilan qamrab olindi. Bu orqali fuqarolarning turmush sharoiti yaxshilanib, sanitariya-gigiyena holatini taʼminlash, aholi salomatligini muhofaza qilish va ekologik barqarorlik borasida muhim qadam tashlandi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-aprel kungi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida ichimlik suv taʼminoti tizimlarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Nukus tumani Baqanshaqli ovul fuqarolar yigʻini hududidagi Abadan aholi punktini ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida “Abadan” suv taqsimlash inshooti yangidan qurildi hamda 6,5 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari tortildi. Ushbu ishlar natijasida ovul hududida istiqomat qiluvchi 150 ga yaqin xonadonning ichimlik suvi taʼminoti sezilarli darajada yaxshilandi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ichimlik suvi infratuzilmasini rivojlantirish nafaqat aholini toza suv bilan taʼminlaydi, balki hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Zero, suv — hayot manbai boʻlib, inson salomatligi va farovon turmushining eng muhim omillaridan biri sanaladi. Kelgusida ham bu kabi amaliy ishlar izchil davom ettirilib, yangi loyihalar asosida yanada koʻproq aholi punktlarini markazlashgan ichimlik suvi tarmoqlariga ulash rejalashtirilgan.

🎬 Videogalereya Barchasi →
“Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026