3-sonli texnikumda Konstitutsiya olimpiadasi ğoliblari aniqlandi
Asosiy qonunni puxta bilgan yoş öz huquqlarini himoya qila oladi, fuqarolik burçini çuqur anglaydi va jamiyat hayotida faol iştirok etişga intiladi. Şu bois sönggi yillarda mamlakatimizda öquvçi-yoşlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş, Konstitutsiya qoidalarini taʼlim muassasalarida keng tarğib qiliş davlat siyosatining muhim yönalişlaridan biri sifatida izçil olib borilmoqda.
Kasb-hunar taʼlimi tizimida ham bu borada aniq çora-tadbirlar belgilab olingan. Ular yoşlarning nafaqat mutaxassislik sirlarini, balki huquq va burçlarini ham yaxşi bilişiga qaratilgan. Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi Farmoyişi hamda Kasbiy taʼlim agentligi direktorining 2026-yil 20-noyabrdagi buyruği ijrosi yuzasidan texnikumlarda Konstitutsiyaga bağişlangan olimpiada taşkil etilmoqda.
25-noyabr kuni Amudaryo tumanidagi 3-sonli texnikumda ham «Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini örganiş» olimpiadasi bölib ötdi. Bilimlar bellaşuvida texnikumning jami 32 nafar öquvçisi qatnaşib, mamlakatimiz Asosiy qonuni böyiça egallagan bilim va könikmalarini sinovdan ötkazdi.
Olimpiada «Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!» boş ğoyasi ostida, Nizom talablariga muvofiq yagona onlayn platforma orqali elektron şaklda taşkil etildi. Har bir iştirokçiga 80 ta savoldan iborat bazadan tasodifiy tartibda tanlangan 25 ta test savoli berilib, ularni yeçiş uçun 30 daqiqa vaqt ajratildi.
Taʼkidlaş kerakki, bellaşuvning xolis va şaffof keçişini taʼminlaş masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, texnikumning tarix va fizika fanlari öqituvçilari hamda axborot-resurs markazi xodimlaridan iborat 3 kişilik kuzatuvçilar guruhi jarayonni nazorat qilib borib, belgilangan tartibga qatʼiy rioya etilişini tekşirdilar.
Olimpiada yakunlariga köra, eng yuqori natijani 1-kursning 7-2026 guruh öquvçisi Qurbonboyeva Holida Mahmud qizi qayd etdi: u 100 ball töplab, faxrli birinçi örinni egalladi. Ikkinçi örin 88 ball bilan 2-kursning 1-2025 guruh öquvçisi Jumaboyeva Mahliyo Zafarjon qiziga nasib etdi.
Xuddi şunday 88 ball töplagan 1-kursning 10-2026 guruh öquvçisi Yuldaşeva Mubina Maxmud qizi uçinçi öringa loyiq deb topildi. Barça ğoliblar texnikum rahbariyati tomonidan diplomlar hamda «Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi» kitobi bilan taqdirlandi. Sovğa etilgan kitob yoşlarga Asosiy qonun moddalarini yanada çuqurroq örganişda işonçli qöllanma bölib xizmat qiladi.
Bunday intellektual bellaşuvlar öquvçilarda Konstitutsiyani şunçaki yod oliş emas, balki uning mazmun-mohiyatini anglaş, öz huquq va erkinliklarini biliş hamda ularni hayotda qöllay oliş könikmasini şakllantiradi. Bellaşuvning elektron tizimda, kuzatuvçilar nazoratida ötkazilgani esa taʼlim jarayonida oçiqlik va adolat tamoyillari amalda qaror topayotganini körsatadi.
Konstitutsiyaviy qadriyatlarni qalbiga jo etgan yoşlar ertaga öz kasbining ustasi böliş bilan birga, qonunni hurmat qiladigan, adolatni qadrlaydigan masʼuliyatli fuqaro bölib yetişadi. Şu maʼnoda, texnikumda ötkazilayotgan bu kabi tanlovlar malakali kadr tayyorlaş bilan huquqiy madaniyatni yuksaltirişni bir-biriga boğlab, kasbiy taʼlimning tarbiyaviy salohiyatini yanada oşiradi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶