23.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
23.09.2026, 23:34
Jamiyat 👁 33

Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi

Amudaryo tumanidagi 1-sonli texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan yigʻilish oʻtkazildi. Unda uyushma raisi oʻrinbosari Nodirbek Nazarov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha masʼul xodim Yergʻali Sitnazarov, texnikum direktori Davronbek Abdulayev, shuningdek, Amudaryo, Toʻrtkoʻl, Ellikqalʼa va Beruniy tumanlarining kasaba uyushmasi raislari hamda boshlangʻich qoʻmita vakillari, oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.

Yigʻilishni Yergʻali Sitnazarov ochib, ishtirokchilar eʼtiborini Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi, senator Qudratulla Rafiqovning qalamiga mansub «Millat shavkati» kitobiga qaratdi. Asarda «Gʻarbda Rim, Sharqda Samarqand» deya eʼtirof etilgan koʻhna shaharning qariyb 3000 yillik ulugʻvor tarixi, XIX va XX asrlardagi inqirozli davrlari hamda chinakam maʼnaviy va iqtisodiy uygʻonishi qanday kechgani haqida batafsil maʼlumot beriladi.

Kitobda 2001 va 2003-yillar oraligʻidagi tarixiy burilish pallasi – davlatimiz rahbari, oʻsha vaqtlarda Samarqand viloyati hokimi boʻlgan Shavkat Mirziyoyevning viloyatdagi faoliyati chuqur tahlil qilingan. Oʻsha davrda viloyat iqtisodiyoti ogʻir ahvolda boʻlib, 4 millionga yaqin aholining atigi 7 foizi tadbirkorlik bilan shugʻullanar edi. Ushbu murakkab vaziyatda islohotlar dastlab shahar gigiyenasi va ekologiyasini tiklashdan boshlangan. Birgina hokimlik atrofidan 70 ta yuk mashinasida chiqindi olib chiqilgani hududdagi haqiqiy manzarani aks ettirgan edi. Aynan shu davrda shahar sektorlarga boʻlinib, bugungi kundagi markazlashgan boshqaruv tizimining ilk namunasi yaratilgan.

Ijtimoiy sohadagi oʻzgarishlar doirasida koʻp yillar hujjatsiz yashab kelgan aholi qatlamiga pasportlar berilgani asarda alohida qayd etib oʻtilgan. Taʼlim tizimidagi inqirozni bartaraf etish maqsadida keskin choralar koʻrilib, viloyatdagi 1050 ta maktabning moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida homiylik asosidagi yordamchi xoʻjaliklar tizimi joriy etilgan. Qisqa vaqt ichida 20 dan ortiq sport inshootlari foydalanishga topshirilgan.

Iqtisodiy koʻrsatkichlar ham keskin oʻsib, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 107 foizni, xalq isteʼmoli mollari esa 112 foizni tashkil etgan. Qishloq xoʻjaligida tuproq unumdorligini oshirish maqsadida har gektar yerga 20 tonnadan mahalliy oʻgʻit berish yoʻlga qoʻyilgan, Toyloq tumanida gektaridan oʻrtacha 50 tsentnergacha gʻalla hosili olinishiga erishilgan. Bu davrda nafaqat iqtisodiy, balki ulkan maʼnaviy uygʻonish ham yuz bergan. Registon, Shohi Zinda, Amir Temur kabi qator tarixiy obidalar tarixiy qiyofasiga mos tarzda tiklangan va Imom Moturidiy hazratlarining qabri topilib, maʼnaviy hayotda ulkan voqelikka aylangani mazkur asarda alohida eʼtirof etilgan.

Yigʻilishning ikkinchi qismida bevosita kasaba uyushmasi faoliyatiga doir muhim tashkiliy masalalar ham koʻrib chiqildi. Unda 4 ta tuman vakillari ishtirokida jamoa shartnomalarining ijrosi, ularning bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatish va xodimlar huquqlarini himoya qilish mexanizmlari atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuv tarixiy xotirani mustahkamlash, Yangi Oʻzbekiston poydevori qanday yaratilganini chuqur anglash va mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini taʼminlash yoʻlidagi muhim amaliy qadam boʻldi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026