Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga öz işini boşladi
Xonadon daromadini köpaytiriş, mehnatga layoqatli har bir fuqaroni munosib iş bilan taʼminlaş va oilaviy tadbirkorlikni ommalaştiriş sönggi yillarda ijtimoiy siyosatning özagiga aylandi. Bu vazifalar mahallabay işlaş tizimi orqali, yaʼni har bir xonadonning ehtiyojini joyida örganiş yöli bilan hal etilmoqda.
Mahalladagi imkoniyatlardan unumli foydalaniş, böş turgan yer maydonlarini muomalaga kiritiş hamda norasmiy bandlikni rasmiylaştiriş uşbu işlarning natijadorligini belgilaydigan asosiy mezonlardan sanaladi. Zero, bir xonadonda boşlangan kiçik tadbirkorlik köpinça butun bir mahalla iqtisodiyotiga turtki beradi.
Amudaryo tumanining Bobur nomli ovuli hududida 906 ta xonadon mavjud bölib, ularda 1285 ta oila röyxatga olingan, jami aholi soni esa 4748 nafarni taşkil etadi. Şunça kölamdagi aholi bilan işlaş mahalla faollari oldiga aniq manzilli yondaşuv talabini qöyadi. Hokim yordamçisi Uluğbek Ibragimov “Mahalla yettiligi” aʼzolari bilan birgalikda bu vazifaning uddasidan çiqmoqda, desak yanglişmaymiz.
Joriy yil davomida hokimi yordamçisi boşçiligida aholini iş bilan taʼminlaş, xonadonlarga qöşimça daromad keltiriş hamda tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça bir qator amaliy işlar bajarildi. Xususan, norasmiy band bölgan 56 nafar fuqaro özlari faoliyat yuritib kelayotgan yönalişlar böyiça özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötkazildi.
Mahalla yoşlaridan Davronbek Yuldaşev 2026-yilda 50 million söm miqdorida imtiyozli kredit olib, tumanda birinçilardan bölib har xil turdagi dekorativ quriliş vositalarini işlab çiqarişni yölga qöydi. Mazkur yönaliş tuman hududida ilgari keng tarqalmagan sohalardan bölgani bois, yoş tadbirkorning taşabbusi amaliy ahamiyati jihatidan eʼtiborga molikdir.
Tadbirkor işlab çiqariş maydoni va örnatilgan uskunalar hisobiga tsexda köplab mahalladoşining doimiy bandligini taʼminlagan. Aytiş joizki, bunday kiçik işlab çiqariş nuqtalari quriliş materiallari bozorida mahalliy mahsulot uluşini oşirişga xizmat qiladi. Şu tariqa mahalla ahli zarur bezak mahsulotlarini uzoq hududlardan emas, öz ovulidan topiş imkoniyatiga ega bölmoqda.
Hokim yordamçisining kömagi bilan 2026-yilning ötgan davri mobaynida 54 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş maqsadida jami 1 milliard 173 million söm imtiyozli kredit ajratilib, ular çorvaçilik, parrandaçilik, xizmat körsatiş va işlab çiqariş yönalişlarida öz faoliyatlarini boşladilar. 3 nafar kişining bandligi esa subsidiya hisobidan taʼminlandi.
Ovulda yaşovçi Nilufar Rajapova 2026-yilda 10 million söm imtiyozli kredit mablaği hisobidan non va non mahsulotlari işlab çiqariş faoliyatini yölga qöydi. Kundalik ehtiyoj mollari qatoriga kiruvçi bu mahsulotga talabning barqarorligi oilaviy tadbirkorlik uçun qulay şaroit yaratadi.
Hozirgi kunda novvoyxonada bir keça-kunduzda yuzlab non yopilib, mahsulot mahalladagi savdo şoxobçalariga, şuningdek, töy va boşqa oilaviy marosimlarga yetkazib berilmoqda. Tadbirkor ayolning faoliyatiga mahalladoşlari ham jalb qilingan bölib, xotin-qizlar bandligini taʼminlaşda aynan şunday kiçik işlab çiqariş nuqtalari samarali vosita sanaladi.
Aytiş joizki, 2026-yil davomida ovul böyça işsiz fuqarolardan 38 nafari mavsumiy va doimiy iş örinlariga joylaştirildi, şuningdek, yangidan 3 ta tadbirkorlik subʼekti taşkil etilib, ular oziq-ovqat savdo şahobçasi, xizmat körsatiş hamda umumiy ovqatlaniş yönalişlarida faoliyat boşladi. Yangi oçilgan obʼektlar aholining kundalik ehtiyojlarini öz hududida qondiriş imkonini bermoqda.
Şahnoza Bazarbayeva ham ana şunday yangi tadbirkorlardan. 2026-yilda 33 million söm miqdorida imtiyozli kredit olib, 3 sotix maydonda issiqxona barpo etgan işbilarmon bugungi kunda asosan bodring yetiştiriş bilan şuğullanib kelmoqda. Tomorqadan samarali foydalanişning bu şakli mavsumiy daromadni yil davomida barqaror saqlaş imkonini beradi.
Şu örinda aytiş kerakki, issiqxona xöjaliklari kiçik yer maydonidan yuqori daromad oliş imkonini bergani bois mahallalarda tobora ommalaşib bormoqda. Bunday xöjaliklar oila aʼzolarining özi uçun ham doimiy maşğulot yaratadi.
Qolaversa, ovulda işsiz aholini kasb-hunarga öqitiş işlariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Kasb-hunar va tadbirkorlik yönalişida tahsil oliş istagini bildirgan 7 nafar fuqaro kasb örganişga yöllanma olgani holda, jami 10 nafar talabgorlar öqişga yönaltirildi.
Bundan taşqari, böş yer maydonlarini hududiy soliq organlari bilan hamkorlikda elektron savdoga çiqariş orqali ham ovulda tadbirkorlik muhitini yaxşilaş çoralari körilmoqda. Birgina joriy yilning özida 2 ta auktsion yakuniga köra ğolib deb topilgan tadbirkorlarga ajratilgan yer maydonlarida köçma savdo va xizmat körsatiş obʼektlarini taşkil etiş işlariga hokim yordamçisi tomonidan har tomonlama kömak berildi. Bunday yondaşuv ham byudjet tuşumlarini oşiradi, ham mahallada yangi iş örinlari paydo bölişiga zamin yaratadi.
Qişloq şaroitida çorvaçilik bilan şuğullaniş nafaqat oilani göşt va sut mahsulotlari bila taʼminlaşda, balki barqaror daromad manbaini yaratişda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Salamaddin Quçqarov 2026-yilda 22,5 million söm imtiyozli kredit hisobidan öz xonadonida naslli qöyçilikni yölga qöydi. Çorva mollarining nasl sifatiga eʼtibor qaratiş mahsuldorlikni oşirişning işonçli yöllaridan biri ekanini inobatga olgan holda, tadbirkor aynan şu yönalişni tanladi. Xonadondagi naslli qöylar yil sayin barqaror köpaymoqda.
Bu misollar mahallaga ajratilgan imtiyozli kredit va subsidiyalar aniq manzilga — iş boşlaşga tayyor xonadonlarga yönaltirilganini körsatadi. Bu borada “Mahalla yettiligi”, xususan hokim yordamçilari institutining ahamiyati va örni juda katta. Zero, har bir mablağ ortida bir oilaning barqaror daromad manbai va mahalladagi bir neça iş örni turganini töğri anglab, uni maqsadli va manzilli yönaltiriş mamlakatimizning yanada taraqqiy etişi va xalqimiz farovonligiga zamin yaratadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶