09.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
09.09.2026, 13:17
Jamiyat 👁 33

Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari

Ijtimoiy muammolarni jamoatchilik bilan birgalikda muhokama qilish madaniyati soʻnggi yillarda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining salohiyatini mustahkamlash, ularning davlat idoralari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish esa bu boradagi ishlarning samarasini oshirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, oila va xotin-qizlar mavzusidagi masalalar ochiq muloqot, oʻzaro ishonch hamda izchil hamkorlikni talab etadi. Amudaryo tumanida “Ayol taqdiri: sahna orqali fikrlashuv” loyihasi doirasida oʻtkazilgan tadbir ham shu maqsadga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirgan “Oʻzbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlarining institutsional va dasturiy salohiyatini mustahkamlash hamda nodavlat notijorat tashkilotlari bilan davlat idoralari oʻrtasidagi munosabatlarni yanada yaxshilash” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Loyihani Fuqarolik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash markazining Qoraqalpogʻiston hududiy boʻlimi amalga oshirmoqda. Davra suhbatining asosiy maqsadi — loyiha vazifalarini jamoatchilikka tanishtirish, hamkor tashkilotlar bilan aloqalarni kuchaytirish hamda oilaviy zoʻravonlik va xotin-qizlar huquqlari yuzasidan ochiq fikr almashish uchun qulay muhit yaratishdan iborat.

Loyihaning oʻziga xosligi shundaki, ijtimoiy masalalar anʼanaviy seminar va lektsiyalar bilan cheklanmay, forum-teatr hamda interaktiv fikrlashuv usullari orqali koʻrib chiqildi. Tajribali aktyorlar ishtirokida real hayotda uchraydigan holatlarni aks ettiruvchi sahna koʻrinishlari namoyish etilishi esa murakkab mavzularni quruq maʼruza shaklida emas, balki jonli voqea tarzida yetkazish imkonini berdi.

Spektakl namoyishi vaqtida tomoshabinlar shunchaki kuzatuvchi boʻlib qolmadi. Sahna koʻrinishi davomida ishtirokchilarga “Agar siz shu vaziyatga tushib qolsangiz, qanday yoʻl tutgan boʻlardingiz?” degan savol asosida fikr bildirish imkoniyati berildi, ular vaziyatni turli nuqtai nazardan baholab, yechim yoʻllarini taklif qilishdi. Shu tariqa muhokama zaldagi har bir ishtirokchining fikri hisobiga boyib bordi.

Loyiha doirasida shuningdek, fuqarolarga huquqiy va psixologik koʻmak ham koʻrsatildi. Murojaatlar yuzasidan tajribali yurist va psixologlar maslahat berdi, bu esa aholining oʻz huquqlarini anglashi, mavjud himoya mexanizmlaridan xabardor boʻlishiga yoʻl ochadi.

Stsenariy muallifi Nargiza Qalandarova, rejissyor Lizaxon Oʻrazimbetova tomonidan sahnalashtirilgan ushbu spektakl va shu mavzudagi davra suhbati Qoraqalpogʻistonning uchta hududida, kamida 600 nafarga yaqin ishtirokchini jalb qilgan holda oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bu kabi tashabbuslar ayollarning huquqiy savodxonligini kuchaytirish, oilaviy zoʻravonlikning oldini olish, fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlari oʻrtasidagi sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026