Qoraqalpoğistonda 8 oyda 13,2 milliard sömlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi
Elektr energiyasi – iqtisodiy barqarorlik va aholi farovonligining muhim garovidir. Şu boisdan ham, energiya resurslaridan oqilona foydalaniş, tizimda uçraydigan qonunbuziliş holatlarining oldini oliş hamda infratuzilmani muntazam ravişda yangilab boriş dolzarb ahamiyat kasb etadi. “Özenergoinspektsiya”ning Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy boşqarmasi tomonidan bu borada tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Soha mutaxassislari elektr taʼminotidagi uzilişlarning oldini oliş, noqonuniy ulanişlarni bartaraf etiş va eng muhimi, yaqinlaşib kelayotgan kuz-qiş mavsumiga puxta hozirlik köriş masalalariga alohida eʼtibor qaratmoqdalar.
Aholi va tadbirkorlik subʼektlari bilan doimiy va oçiq muloqotni yölga qöyiş inspektsiya faoliyatining muhim yönalişlaridan biri hisoblanadi. Joriy yilning ötgan 8 oyi mobaynida boşqarmaga yuridik va jismoniy şaxslardan jami 65 ta murojaat kelib tuşgan. Quvonarlisi şundaki, uşbu murojaatlarning 53 tasi joyida ijobiy hal etilgan bölsa, qolganlari böyiça fuqarolarga batafsil huquqiy tuşuntirişlar berilgan.
Masalan, Amudaryo tumanining Oq oltin ovulidagi fermer xöjaliklaridan birining rahbari öz obʼektida elektr energiyasidan foydalaniş jarayonida tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan notöğri hisob-kitob yuritilganidan norozi bölib şikoyat qilgan. Mazkur holat “Özenergoinspektsiya”ning Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy boşqarmasi masʼul xodimlari tomonidan zudlik bilan nazoratga olindi. Mutaxassislar murojaatçi bilan bevosita joyiga çiqib uçraşdi, vaziyatni örgandi va natijada tadbirkorning muammosi töliq, ijobiy hal qilib berildi. Bu kabi amaliy işlar isteʼmolçilarning huquqlarini himoya qilişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Albatta, tizimda qonuniylikni taʼminlaş, energiya resurslarini talon-toroj qiliş holatlariga çek qöyiş yönalişida ham keskin çoralar körilmoqda. Joriy yilning ötgan 8 oyi davomida Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holatlarini aniqlaş maqsadida ötkazilgan nazorat tadbirlari natijasida jami 124 ta qonunbuziliş holati foş etildi. Uşbu noqonuniy xatti-harakatlar oqibatida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 13,2 milliard sömni taşkil etgani aniqlandi. Qonunbuzarlarga nisbatan Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga asosan jami 245 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylaştirildi va aybdorlarga nisbatan tegişli jazo çoralari qöllanildi.
2026-2027-yilgi kuz-qiş mavsumida aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obʼektlarini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlaş maqsadida tarmoqlarni modernizatsiya qiliş işlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Xususan, taʼminotçi korxonalar tomonidan bugungi kunga qadar hududdagi 675 ta transformator punktlari hamda 1927 kilometr uzunlikdagi havo elektr uzatiş liniyalarida mukammal taʼmirlaş işlari amalga oşirildi. 672 ta elektr qurilmasi körikdan ötkazib, aniqlangan kamçiliklar böyiça masʼullarga bajarilişi majburiy bölgan körsatmalar berildi. Bundan taşqari, Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan yirik sanoat korxonalaridan 6 tasida maxsus energoaudit tekşiruvlari ötkazildi. Uşbu jarayonda energiya resurslarini tejaş yuzasidan aniq çora-tadbirlar işlab çiqildi va ularning hayotga tatbiq etilişi ustidan tizimli monitoring örnatildi.
“Özenergoinspektsiya”ning Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy boşqarmasi tomonidan olib borilayotgan bu kabi keng kölamli işlar avvalo xalq manfaatlariga xizmat qiladi. Elektr energiyasidan oqilona foydalaniş madaniyatini şakllantiriş, tarmoqlarni zamonaviy talablar asosida yangilaş va noqonuniy holatlarga qarşi kuraşiş orqali nafaqat iqtisodiy yöqotişlarning oldi olinmoqda, balki har bir xonadonga nur va iliqlik yetib borişi kafolatlanmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶