02.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.09.2026, 18:25
Jamiyat 👁 47

Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi — xalqimiz hayotida beqiyos ahamiyatga ega boʻlgan, ozodlik va bunyodkorlik, tinchlik va taraqqiyot timsoliga aylangan ulugʻ bayram. Ushbu qutlugʻ sana arafasida Amudaryo tumanida yana bir ezgu tashabbus hayotga tatbiq etilib, xalq xizmatiga yoʻnaltirilgan zamonaviy inshoot foydalanishga topshirildi.

Qipchoq ovuli hududida zamonaviy talablarga javob beradigan yangi qutqaruv qismi binosining foydalanishga topshirilishi nafaqat soha vakillari, balki butun tuman aholisi uchun quvonchli voqea boʻldi.

Qutqaruv qismi yangi binosining tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi rahbariyati, Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, soha faxriylari, nuroniylar hamda qutqaruv xizmatining shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat madhiyalari sadosi ostida boshlandi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish, aholi xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga alohida toʻxtaldilar.

Taʼkidlanganidek, bugungi kunda favqulodda vaziyatlar tizimida zamonaviy yondashuvlar joriy etilib, qutqaruv xizmatining moddiy-texnik bazasi izchil mustahkamlanmoqda. Eng muhimi, soha xodimlari uchun zamonaviy va munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning tezkor va samarali faoliyat olib borishi uchun zarur imkoniyatlarni kengaytirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Amudaryoda qad rostlagan qutqaruv qismining yangi binosi ham ana shu ezgu saʼy-harakatlarning amaliy ifodasidir.

Tantanali marosimda soʻz olgan soha faxriylari oʻz xotiralari bilan oʻrtoqlashdilar. Ular avvalgi qutqaruv qismi binosida xizmat olib borilgan yillarda mavjud boʻlgan sharoit va imkoniyatlarni eslab, bugungi kunda qutqaruvchilar uchun yaratilayotgan qulayliklarni katta mamnuniyat bilan eʼtirof etdilar.

4 milliard 172 million soʻm mablagʻ evaziga bunyod etilgan yangi binoda tezkor qutqaruv ishlarini tashkil etish uchun barcha zarur zamonaviy imkoniyatlar yaratilgan. Bino zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlanib, qutqaruvchilarning xizmat vazifalarini samarali bajarishi, favqulodda vaziyatlar hududiga tezkorlik bilan yetib borishi va aholiga sifatli yordam koʻrsatishi uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Tantanali marosimda qutqaruv xizmatiga Vazir sovgʻasi sifatida yangi qutqaruv mashinasining kaliti tantanali ravishda topshirildi. Yangi, zamonaviy texnikaning safga qoʻshilishi qutqaruvchilarning tezkorligini oshirib, turli favqulodda vaziyatlarda zarur yordamni oʻz vaqtida koʻrsatish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Har qanday bunyodkorlik ishining ortida katta mehnat, masʼuliyat va fidoyilik turadi. Qutqaruv qismi yangi binosining bunyod etilishida munosib hissa qoʻshgan pudratchi tashkilot — “Gidro-montaj-stroy” MChJ jamoasining mehnati ham tadbir davomida alohida eʼtirof etildi. Tashkilot rahbariga amalga oshirilgan ishlar uchun minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovgʻalari hamda tashakkurnoma topshirildi.

Oʻz navbatida quruvchi tashkilot rahbari qutqaruv qismi yangi binosining ramziy kalitini tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻiga tantanali ravishda topshirdi. Shundan soʻng faxriylar, nuroniylar, soha vakillari va tadbir qatnashchilari ishtirokida ramziy tasma qirqildi. Shu tariqa, Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Amudaryo tumanida yana bir muhim ijtimoiy obʼekt oʻz faoliyatini boshladi.

Qutqaruv qismining yangi binosi Amudaryo tumani ahli uchun xavfsizlik va xotirjamlik qalqoni, qutqaruvchilar uchun esa fidokorona xizmat yoʻlidagi yangi imkoniyatlar maskani boʻlib koʻp yillar davomida xizmat qilishiga tilakdoshmiz!

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025