16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 01:58
Salomatlik 👁 762

Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda

Farzandlarimiz salomatligi – jamiyatimizning eng muhim boyligi va kelajagimiz poydevoridir. Ayniqsa, yosh avlodni turli yuqumli xastaliklardan asrash, ularning sogʻlom muhitda voyaga yetishini taʼminlash bugungi kun tibbiyotining eng dolzarb vazifalaridan biri sanaladi. Shu maqsadda Amudaryo tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan keng koʻlamli profilaktik tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar asosan tumandagi umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan, shuningdek, aholi orasidagi 10 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida turli xil parazitar yuqumli kasalliklar, xususan, gijja xastaliklarining oldini olishga qaratilgandir.

Mazkur jarayonlarni tizimli va samarali tashkil etish maqsadida tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan maxsus reja-grafik tasdiqlangan. Ushbu hujjat tuman tibbiyot birlashmasi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bilan oʻzaro hamkorlikda ishlab chiqilgan boʻlib, unga koʻra hududda joylashgan barcha taʼlim muassasalari qamrab olingan.

Xususan, umumtaʼlim maktablarining 1-4-sinf oʻquvchilari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, shuningdek, ambulator va statsionar sharoitda davolanayotgan bolalar orasida gijja kasalliklarini erta aniqlash va ularni davolash boʻyicha muntazam laborator tekshiruvlari yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, yaqinda tumandagi 51- va 5-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ham jajji tarbiyalanuvchilar salomatligini asrash maqsadida xuddi shunday maxsus skrining va profilaktika tadbirlari tashkil qilindi. Ushbu skrining natijalariga koʻra, gelmint tuxumlari aniqlangan uyushgan va uyushmagan bolalar, shuningdek, ular bilan yaqin muloqotda boʻlgan tengdoshlarini davolash choralari koʻrilmoqda. Malakali tibbiyot xodimlari tomonidan bemor bolalarga ularning yashash manzillari, maktab sinflari va bogʻcha guruhlarida maxsus dori preparatlari tarqatilib, davolash muolajalari nazoratga olingan.

Gijja kasalliklariga qarshi kurashish tadbirlariga yetarli darajada tajribali tibbiyot xodimlari jalb etilgan boʻlib, ishlar qatʼiy grafik asosida, yuqori masʼuliyat bilan olib borilmoqda. Biroq, kasallikni yengish uchun faqatgina tibbiy muolajalarning oʻzi kifoya qilmaydi. Shu boisdan, taʼlim va tarbiya muassasalarida, mahallalarda uyma-uy yurgan holda ota-onalar va bolalar oʻrtasida keng qamrovli tushuntirish va targʻibot ishlari ham olib borilyapti. Mutaxassislar tomonidan aholiga shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilish, xususan, qoʻllarni sovunlab yuvish, tirnoqlarni doimiy ravishda kalta qilib yurish, ichki kiyim va choyshablarni muntazam almashtirish va ularni toʻgʻri zararsizlantirish muhimligi tushuntirilmoqda.

Parazitologik tekshiruvlarning asosiy maqsadi faqatgina xastalikni qayd etish emas, balki aholi, ayniqsa, bolalar orasida tarqalishi mumkin boʻlgan infektsiyalarni erta bosqichda aniqlash, ularning zanjirini uzish va hududda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni taʼminlashdir. Bolalar kunning asosiy qismini jamoaviy muhitda oʻtkazishi inobatga olinsa, bunday joylarda bitta kasallangan bola orqali boshqalarga tez yuqish xavfi yuqori boʻladi. Shuning uchun ham laboratoriya tekshiruvlarida turli biologik namunalar olinib, ularda gijja tuxumlari, lichinkalari va boshqa turdagi parazitlarning shakllari chuqur tahlil qilinmoqda.

Shu oʻrinda, maktabgacha taʼlim muassasalarida sanitariya-gigiyena talablariga soʻzsiz rioya qilinishi juda katta ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlash joiz. Xonalarni muntazam ravishda tozalash va shamollatish, bolalarning qoʻl yuvishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, oʻyinchoqlar va kundalik buyumlarni toza saqlash kabi oddiy, ammo oʻta muhim qoidalar parazitar kasalliklarning oldini olishda eng asosiy vosita boʻlib xizmat qiladi.

Xulosa oʻrnida shuni alohida qayd etish kerakki, yuqumli kasalliklar, xususan, gijja xastaliklariga qarshi kurashishda faqatgina tibbiyot xodimlarining mehnati va laboratoriya tekshiruvlari bilan cheklanib boʻlmaydi. Bu jarayonda har bir ota-onaning, umuman olganda, butun aholining tibbiy madaniyati va shaxsiy gigiyena qoidalariga qanchalik amal qilishi hal qiluvchi oʻrin tutadi.

Amudaryo tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlari esa parazitar kasalliklarni oʻz vaqtida aniqlash, laboratoriya tahlillarini sifatli hamda belgilangan standartlar asosida amalga oshirish, eng muhimi, kasallik oʻchoqlarini bartaraf etib, aholi salomatligini himoya qilish yoʻlida oʻz xizmatlarini uzluksiz davom ettirmoqdalar. 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019