16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 01:59
Jamiyat 👁 171

Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar

Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar

Yurtimizda 2017-yildan buyon avgust oyining birinchi yakshanbasi Temir yoʻl transporti xodimlari kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Bugungi kunda respublikamizda zamonaviy infratuzilmaga ega boʻlgan, aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini toʻlaqonli taʼminlay oladigan yaxlit temir yoʻl tarmoqlari kirib bormagan bironta ham hudud yoʻq hisobi. Ushbu keng koʻlamli tarmoqning tarixiga nazar tashlasak, Amudaryo tumanida ham 1968-1969-yillarda Jumurtov togʻ-kon hududida dastlabki temir yoʻl tarmogʻi qurilib, Jumurtov stantsiyasi tashkil etilgan edi. Mazkur stantsiya uzoq yillar davomida mintaqa sanoatiga xizmat qildi. U 1985-yildan boshlab Urganch lokomotiv deposi tarkibida, 2000-yildan esa Qoʻngʻirot lokomotiv deposi tarkibida faoliyat olib bordi. 2008-yilga kelib Jumurtov stantsiyasi faoliyati tugatildi, bu yerda mehnat qilgan fidoyi xodimlar esa “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik jamiyati tasarrufidagi Qoraoʻzak stantsiyasida oʻz faoliyatlarini davom ettirdilar va ularning aksariyati aynan shu maskandan pensiyaga chiqdilar.

Joriy yilning 2-avgust kuni Temir yoʻl transporti xodimlari kuni munosabati bilan oʻzlarining ilk kasbiy faoliyatlarini Jumurtov stantsiyasida boshlagan, 1970-yillardan eʼtiboran ushbu sharafli sohaga kirib kelib, to nafaqaga chiqqunlariga qadar mashinist vazifasida mehnat qilgan sobiq hamkasblarning diydorlashuv kechasi boʻlib oʻtdi. Oʻz hayotining eng goʻzal yillarini va butun kuch-gʻayratini temir yoʻl transporti sohasiga bagʻishlagan faxriylar bugungi kundagi ulkan yangilanishlar, yuksak taraqqiyot va oʻzlari ishlagan davr oʻrtasidagi keskin ijobiy farq haqida mamnuniyat bilan soʻz yuritdilar. Albatta, bunday samimiy uchrashuvlar shirin xotiralarni yodga solish bilan birga, bugungi kunning qadriga yetishga ham undaydi.

Suhbat davomida soʻnggi yillardagi eng yirik va tarixiy loyihalardan biri — Amudaryo ustidan oʻtuvchi temir yoʻl va avtomobil yoʻli qoʻshma koʻprigining foydalanishga topshirilishi alohida eʼtirof etildi. Ushbu inshoot nafaqat xalqimiz uchun asr yangiligi boʻldi, balki Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Xorazm viloyatining har tomonlama ravnaq topishida oʻta muhim strategik ahamiyat kasb etdi. Uzunligi 423 metrni tashkil qiluvchi ushbu muhtasham koʻprik bilan bir qatorda, Xorazm viloyatining Shovot hamda Qoraqalpogʻistonning Qoraoʻzak bekatlarini oʻzaro bogʻlovchi 85 kilometrlik temir yoʻl tarmogʻi va 3 ta eng zamonaviy qulayliklarga ega vokzal binolari barpo etildi. Buning natijasida ushbu yoʻnalish boʻyicha temir yoʻl masofasi 180 kilometrga, yuk tashish tezligi esa 6 soatga qisqargani soha faxriylari tomonidan yuqori baholandi.

Shuningdek, faxriy temiryoʻlchilar Jumurtov stantsiyasining 2025-yildan boshlab oʻz faoliyatini qayta tiklaganini alohida olqishladilar. Bu loyiha Qoraoʻzak konlari va Jumurtov togʻ-kon mahsulotlarini poyezdlarda tashish imkoniyatini kengaytirishi bilan nihoyatda ahamiyatlidir.

Xalqimizda “yoʻl mashaqqatini yoʻlchi biladi” degan teran maʼnoli ibora bor. Umrini poʻlat izlar ustida, mashaqqatli va sharafli yoʻllarda oʻtkazgan sobiq hamkasblar temir yoʻl transporti sohasining bugungi yosh mutaxassislariga kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar. Ushbu fayzli va bayramona uchrashuv davomida faxriylar tadbirni yuqori saviyada tashkil etgan hamkasblariga chin dildan minnatdorchiligini bildirdilar.

Bayram bahona diydor koʻrishgan, sohadagi eng soʻnggi yangiliklardan xabardor boʻlib, toʻkin dasturxon atrofida yoshlik xotiralarini esga olgan doʻstlar davrasi uzoq vaqt davom etdi va barchaning qalbiga cheksiz joʻshqinlik hamda koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019