17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:59
Salomatlik 👁 191

MAHALLALARDA VA OILALARDA IJTIMOIY-MAʼNAVIY MUHIT BARQARORLIGINI ASRAShGA DOIR DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

MAHALLALARDA VA OILALARDA IJTIMOIY-MAʼNAVIY MUHIT BARQARORLIGINI ASRAShGA DOIR DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

Mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, yurtdoshlarimizda yomon illatlarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish kabilar yurtdagi tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada, ayniqsa, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ish olib borilsa, mahallalar va oilalarda mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlash, turli illatlarga barham berish, oilaviy ajrashishlar va jinoyatchilikning oldini olish va boshqa dolzarb masalalarda samarali natijalarga erishilishi shubhasizdir.

28-iyul kuni Farovon mahallasida www.amunews.uz veb-saytining “Sogʻlom muhit – sogʻlom” loyihasi doirasida mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlar, oʻz joniga qasd qilish, giyohvandlik, erta nikohning oldini olish kabilar borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbirda tuman ommaviy axborot vositalari xodimlari, Ichki ishlar boʻlimining Xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori Inobat Oʻrozmatova, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo markazi direktori Gavhar Chimbaychiyeva, mahalladagi hokim yordamchisi Muqaddas Beknazarova hamda mahalladagi koʻchaboshchi va faol ayollar ishtirok etishdi.

Tadbirda dastlab “Sogʻlom muhit – sogʻlom” loyihasi doirasida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan rejalar, oʻtkazilayotgan tadbirlar xususida maʼlumot berilib, ijtimoiy-maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi illatlarga qarshi kurashishda turli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilayotgani, samarali natijalarga erishilayotgani haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, mahalladagi hokim yordamchisi Muqaddas Beknazarova bunday holatlarning oldini olish borasida mahallada olib borilayotgan ishlar haqida toʻxtaldi. Hududda bandlikni taʼminlash, jinoyatchiliklar va huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali amalga oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qator ishlar olib borilayotganini qayd etib oʻtdi. Ichki ishlar boʻlimining Xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori Inobat Oʻrozmatova ham ajralish yoqasida turgan oilalarni saqlab qolish, tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga “himoya orderi”ni berish va ularning buzilgan huquqlarini tiklash, mahallalarda jinoyatchilikka qarshi kurashish va ularning barvaqt oldini olish, jinoyatdan holi muhitni shakllantirish, jinoyat sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik borasida Boʻlim tomonidan ham keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganini alohida taʼkidladi.

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo markazi direktori Gavhar Chimbaychiyeva esa ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan notinch oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirish borasidagi chora-tadbirlar va erishilayotgan natijalar, shuningdek, bir qator yechimini kutayotgan muammolar va ularning yechimlari xususida oʻz takliflari, fikrlarini bayon etdi.

Undan tashqari, oilaviy ajralishlar, ishsizlik, notinch oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar, kam taʼminlangan oilalar, uyushmagan yoshlar va tarbiyasi ogʻir voyaga yetmaganlar sonining oʻsish holatlari kamaymayotgani, sodir etilgan va oldi olinishi mumkin boʻlgan jinoyatlar, xotin-qizlar va yoshlar tomonidan qoʻl urilayotgan jinoyatlar mavjudligi achinish bilan tilga olindi. Aholining maʼnaviy tushunchalarini boyitish, milliy-axloqiy va huquqiy tarbiyasini, boy adabiy merosimizga boʻlgan mehrini shakllantirishda mahalla institutining rolini yanada oshirish, xususan, toʻy va boshqa oilaviy marosimlarni ixcham va kamxarj oʻtkazish masalalari ham keng muhokama qilindi. Bu borada mahallaning koʻchaboshchi va faol ayollarining taklif va mulohazalari tinglandi. Tashkilotlar masʼullari tomonidan ularni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar ham berildi.

Grant loyihasi doirasida oʻtkazilgan davra suhbati nihoyatda qiziqarli oʻtdi va tashkilotlar masʼullari bilan bu kabi tadbirlarni boshqa hududlarda ham oʻtkazib borishga kelishib olindi.

O.Xudoyberganova.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019