16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:25
Jamiyat 👁 266

Tuman aholisining toza ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini amaldagi 23 foizdan 80 foizga yetkazish maqsadida ikkinchi yirik loyihaga start berildi

Tuman aholisining toza ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini amaldagi 23 foizdan 80 foizga yetkazish maqsadida ikkinchi yirik loyihaga start berildi

Bugungi kunda butun mamalkatimiz boʻylab olib borilayotgan islohotlar zamirida aholi turmush tarzini yaxshilash, yashash sharoitlarini tubdan oʻzgartirish, xalqimizni uzoq yillar mobaynida qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf qilish kabi ezgu maqsadlar yotadi. Amudaryo tumani aholisining toza ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish, isteʼmolchilarga ichimlik suvini uzluksiz yetkazib berish borasida koʻrilayotgan choralar ham shular jumlasidandir.

Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida mustaqillik bayrami kunlarida tumanning Oʻrta qalʼa ovuli hududidagi suv taqsimlash inshootida tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Ozarbayjon Respublikasidan kelgan pudratchi tashkilot “Archico Engineering company” tomonidan 68,5 km magistral va 289,2 km ichki suv tarmoqlarini tortish ishlariga start berildi.

Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari ishtirok etdilar.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar ushbu loyiha orqali tuman aholisining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi yanada oshib, isteʼmolchilarga ichimlik suvi yetkazib berish hajmi va sifati yanada yaxshilanishini alohida qayd etib oʻtdilar.

Taʼkidalanganidek, 29 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablagʻ evaziga amalga oshiriladigan qurilish ishlari natijasida tuman hududidagi Choykoʻl, Tosh yop, Oʻrta qalʼa, Kuyuk koʻpir, Bobur nomli, Xitoy, Boʻz yop va Qilichboy ovullari, Bosuv, Arna boʻyi, Jumur ovul, Qizilcholi, Bogʻ, Xizr eli, Ayoqchi mahallalari hamda Mangʻit shahridagi barcha mahallalar hududlarida yashovchi 79 mingga yaqin aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.

Shu oʻrinda, maʼlumot tariqasida aytish joizki, Amudaryo tumanida 212,6 ming nafar aholi isiqomat qilib, shundan 49,5 ming nafari, yaʼni 23,3 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-aprel kungi qaroriga asosan tumandagi aholi toza ichimlik suvi bilan qamrab olish darajasini yanada oshirish maqsadida “Osië taraqqiët banki” kredit mablagʻlari hisobidan jami salkam 42 mln. AQSh dollari miqdoridagi 2 ta yirik loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

Loyiha doirasida sutkasiga 40 ming kub metr suv yetkazib berish quvvatiga ega boʻlgan “Mangʻit” suv tozalash inshooniti yangidan qurish hamda 68,5 km magistral va 289,2 km ichki suv tarmoqlarini tortish belgilangan.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida ichimlik suvi taʼminoti tizimlarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu boradigi ishlarda muhim dasturulamal boʻlmoqda. Qaror asosida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli qurilish va ishlari xalq farovonligiga xizmat qilmoqda.

Xususan, bugungi kunda sutkasiga 40 ming kub metr suv yetkazib berish quvvatiga ega boʻlgan “Mangʻit” suv tozalash inshooniti yangidan qurish ishlari pudratchi tashkilotlar ­– “Obi hayot injiniring” MChJ hamda “Uy-jay qurilis” MChJ tomonidan boshlab yuborilgan.

Ushbu loyihalar doirasidagi ishlarni amalga oshirish orqali tuman aholisining toza ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini 80 foizga yetkazish koʻzda tutilmoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019