16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:54
Fan va taʼlim 👁 227

40-sonli umumtaʼlim maktabining 1-sinfiga 180 nafar bolajonlar qabul qilindi

40-sonli umumtaʼlim maktabining 1-sinfiga 180 nafar bolajonlar qabul qilindi

Oʻquvchilarga maroqli hordiq, qaynoq xotiralar ulashgan yoz fasli nihoyasiga yetdi. Qalblarga ajib bir xotirjamlik, yaxshi kayfiyat, baland ruh bagʻishlab oʻlkamizga sokin kuz fasli kirib keldi. Yigit-qizlar yana ilhombaxsh tuygʻular, yangi rejalar bilan taʼlim muassasalari tomon oshiqadi. Ularning qoʻllaridagi guldastalar jilolanib, atrofga oʻzgacha chiroy bagʻishlaydi. Maktablarda ustozlar mehri, doʻstlar sogʻinchi, qadrdon kitoblar, shinam sinfxonalar oʻquvchilarni oʻziga chorlaydi.

“Birinchi qoʻngʻiroq” sadolarida yangi oʻquv yilining boshlanishi, yuksak masʼuliyatli damlar, hayotning yangi davoni, orzu-maqsadlar sari dadil qadamlar oʻz ifodasini topadi. Bogʻcha taʼlimini yakunlagan bolajonlar maʼrifat maskani, bilimlar bulogʻi, kelajak poydevori boʻlmish muqaddas dargoh – maktab bilan ilk bor tanishadi. Ota-onalar koʻnglida esa umid va hayajon. Farzandi hayotida yangi davr boshlanish arafasida…

4-sentyabr kuni Amudaryo tumanidagi eng ilgʻor maktablardan biri – 40-sonli umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan “Birinchi qoʻngʻiroq” nomli tadbir ham ana shunday ajib tuygʻular bilan qalblarga muhrlandi.

Yangi oʻquv yilida maktabining 1-sinfiga 180 nafar bolajonlar qabul qilindi. Ularga 12 turdagi oʻquv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovgʻalari topshirildi.

Bayram tadbirini maktab direktori Sanobar Xoʻjamurotova tabrik soʻzi bilan ochdi va barchani yangi oʻquv yili bilan muborakbod etdi.

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda asosiy eʼtibor oʻquvchilarga sifatli taʼlim berishga qaratilmoqda. Umumtaʼlim maktablarini, taʼlim sifatini, kadrlar salohiyatini jahon mezonlari asosida rivojlantirish yoʻlida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, umumtaʼlim maktablariga Prezident va ixtisoslashgan maktablardagi yangi metodikalarga asoslangan baholash tizimi joriy qilinmoqda. Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish maqsadida “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovlari tashkil qilinmoqda. Mazkur tanlovning tuman bosqichida joriy yil 40-sonli maktab faxrli 1-oʻrinni egalladi.

Bugungi kunda 40-sonli umumtaʼlim maktabida 1600ga yaqin oʻquvchilar taʼlim-tarbiya olishmoqda. Ularga jami 111 nafar, xususan, 24 nafar oliy, 26 nafar 1-toifa, 39 nafar 2-toifa, 19 nafar mutaxassis oʻqituvchi-pedagog xodimlar dars berib kelishmoqda. 2023-2024 oʻquv yilida maktabni 143 nafar oʻquvchi bitirgan boʻlsa, shundan 80 nafari oliy taʼlim muassasalariga qabul qilindi. Eʼtirof etish joizki, 11-«D» variativ sinf oʻquvchilarining barchasi talabalik baxtiga sazovor boʻlishdi. Shuningdek, Nukus shahridagi Prezident maktabining 5-sinfiga mazkur umumtaʼlim maktabining 2 nafar oʻquvchisi qabul qilindi.

Bundan tashqari “Tashabbusli byudjet”ning joriy yilgi ikkinchi mavsumida maktab jamoasi ham ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha bilan ishtirok etib, gʻolib boʻlgan edi. Loyiha rejasiga koʻra maktab hududida basketbol, voleybol, mini futbol maydonchalari, yugurish yoʻlakchasi, kiyinish xonasidan iborat ust qismi yopiq sport maydonchasini qurish belgilangan. Ushbu zamonaviy sport maydonchasi oʻquvchilarga jismoniy tarbiya mashgʻulotlari bilan yanada faol shugʻullanish imkonini beradi.

Shuningdek tadbirda tuman Ichki ishlar boʻlimi yoʻl-patrul xizmati boʻlinmasi boshligʻi Anvar Yusupov ham ishtirok etib, ota-onalarga, oʻquvchilarga yoʻllarda harakatlanish xavfsizligiga doir muhim tavsiyalarni berdi. Afsuski, soʻnggi paytlarda bolalar boshqaruvidagi skuter, elektrovelosiped va boshqa transport vositalari ishtirokida mudhish yoʻl transport hodisalari kuzatilmoqda. Soha mutaxassisi ushbu holatlar boʻyicha fikr bildirib, ota-onalarni yanada hushyorlikka chaqirdi.

Oʻquv dargohida “Mustaqillik darslari” ham oʻziga xos ruhda oʻtkazildi. Ushbu darslardan koʻzlangan maqsad – oʻquvchilar tafakkurini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirish, oʻzi yashab turgan tarixiy maskandagi obidalarni bilishga chorlash va oʻtmishimizga hurmat ruhida tarbiyalash, qalblarda Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik tuygʻularini mustahkamlashdan iborat. Shuningdek, darslarda oʻquvchilar eʼtibori yangi Oʻzbekistonni barpo etish, uchinchi Renessans poydevorini yaratishga qaratilgan islohotlar mohiyatiga qaratildi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019