16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:02
Fan va taʼlim 👁 550

44-sonli davlat MTTda oʻtgan oʻquv yili davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

44-sonli davlat MTTda oʻtgan oʻquv yili davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

Yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan Amudaryo tumanidagi 44-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida muassasa direktori Aynur Rahmonova raisligida pedagogik kengash yigʻilishi oʻtkazildi. Tadbirda tashkilot direktori, Kuzatuv kengashi raisi, tashkilotning jami 25 nafar pedagog va 20 nafar texnik xodimlari ishtirok etishdi.

Pedagogik kengash yigʻilishini muassasa rahbari Aynur Rahmonova tabrik soʻzi bilan ochdi va yigʻilganlarni kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi. Tashkilot direktori oʻz nutqida barchani istiqlolimizning 33 yilligi va yangi oʻquv yili bilan qizgʻin muborakbod etib, tarbiyachi va pedagog xodimlarga keyingi ish faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Pedagogik kengash yigʻilishi kun tartibiga koʻra, dastlab, oʻtgan 2023-2024 oʻquv yilida tashkilotda olib borilgan taʼlim-tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish ishlari, xodimlarning jamoat ishlaridagi ishtiroki haqidagi tashkilot uslubchisi va hamshirasining yillik hisoboti tinglandi. Shundan keyin yangi oʻquv yilidagi asosiy vazifalar, pedagog-koucherning ish rejasi va amaliy faoliyati, ish hujjatlari va koʻrgazmali-didaktik materiallardan foydalanish boʻyicha tavsiyalar taqdimotiga navbat berildi. Shuningdek, pedagoglar orasidan tashkilot Kuzatuv kengashiga nomzodlar saylash masalasi ham Kengash tomonidan koʻrib chiqildi.

44-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti uslubchisi, pedagog-koucher Sevara Shomurodova oʻz maʼruzasida oʻtgan oʻquv yilida tashkilotda olib borilgan oʻquv-tarbiyaviy ishlar, tashkil etilgan ochiq darslar va namunaviy mashgʻulotlar, bayram tadbirlari va badiiy kechalar, ularning samarali natijasi hamda kuzatilgan kamchiliklar toʻgʻrisida fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.

Muassasa hamshirasi Zubayda Madiyorova esa maktabgacha taʼlim tashkilotining yil davomidagi sanitariya-gigiyenik holati, tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirish boʻyicha qilingan ishlar, mavsumiy taomnoma, tarbiyalanuvchilar hamda xodimlarning oʻz vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etdi. Shuningdek, yozgi sogʻlomlashtirish davri reja asosida tashkil etilganligi va samarali olib borilganligi haqida batafsil toʻxtalib oʻtildi.

Tadbir davomida muassasaning pedagog-kouching faoliyati tahlil qilinib, yangi oʻquv yili uchun pedagog-koucherlar va hamkorlar saylash uchun nomzodlar eʼlon qilindi. Koʻrsatilgan talabga koʻra, 5-yildan ortiq pedagogik stajga ega pedagoglar – pedagog-koucherlar va boshqa pedagoglar – pedagogik-kouching hamkorlari deb belgilandi. Pedagogik-kouching ish rejasini va ochiq mashgʻulotlar jadvalini ishlab chiqish vazifasi uslubchi, pedagog-koucher Sevara Shomurodova zimmasiga yuklatildi.

Shundan keyin pedagog-koucher Sohiba Gulmirzayeva soʻzga chiqib, pedagoglarga tashkilotning namunali kun tartibi toʻgʻrisida video-rolik taqdim qildi. Pedagogik-kouching hamkori, tarbiyachi Dilfuza Dosekeyeva oʻz taqdimotida taʼlim-tarbiya jarayonida innovatsion usullardan foydalanish toʻgʻrisida fikr-mulohazalarini bildirib, “Mening tanlovim” tablosi bilan tanishtirdi.

Taqdimotlar davomida pedagogik-kouching hamkori, tarbiyachi Shoira Madiyorova soʻzga chiqib, taʼlim-tarbiya jarayonida koʻrgazmali-didaktik materiallardan foydalanishning ahamiyati, bu kabi materiallarning mazmuni, ulardan foydalanish tartibi haqida maʼruza qildi.

Pedagogik kengash-tadbirining keyingi qismida pedagogik jamoa oʻrtasida ish hujjatlari va taʼlim-tarbiya jarayoni, markazlardagi faoliyat yuzasidan oʻzaro fikrlar almashildi. Tashkilotning yordamchi tarbiyachilari Sharofat Safarboyeva, Raushan Xalillayeva, Muhabbat Qurbonboyevalar tomonidan tadbir davomida qilingan taqdimotlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, pedagogik-kouching hamkorlari, tarbiyachilar Barno Avezbayeva va Hilola Durdiboyeva tayyorlangan taqdimotlar yuzasidan oʻz takliflarini berishdi.

Shu oʻrinda aytish joizki, Pedagogik kengash zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalangan holda, yuqori saviyada tashkil etildi va oʻtgan oʻquv yili davomida ilgʻor va faol boʻlgan bir qator pedagog va texnik xodimlar tashkilot rahbarining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

Pedagogik kengash yakunida muassasaning yangi oʻquv yili uchun ishlab chiqilgan yillik ish rejalari, pedagoglarning ish hujjatlari tasdiqlandi.

Sohiba Gulmirzayeva, 44-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026