17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:59
Fan va taʼlim 👁 213

Tarbiya va taʼlim bogʻchadan boshlanadi

Tarbiya va taʼlim bogʻchadan boshlanadi

Maktabgacha taʼlim tashkiloti hayotini bolalarga taʼlim-tarbiya berish bilan bir qatorda bayramlarsiz, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarsiz tasavvur etish qiyin. Milliy va umumbashariy bayramlarni tashkil etish orqali bolajonlar ongida milliy-anʼanaviy qadriyatlarimizni shakllantirish maqsad qilingan.

Darhaqiqat, bayram — ijtimoiy, madaniy va maʼnaviy yutuqlarni namoyish etuvchi, shu yutuqlar asosida tarbiyalovchi muhim vosita hisoblanadi. Shu boisdan bayramlar tarbiyalanuvchilar tarbiyasiga ijobiy taʼsir qiluvchi oʻziga xos sehrli kuchga egadir.

Shu maqsadda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etilayotgan «Salom, bogʻcha!» tadbirlari bolajonlar bilan oʻyin-kulgi tarzida, ertak kitoblarni oʻqish, qiziqarli suhbatlar, qoʻgʻirchoq teatri tomoshalari shaklida oʻtkazilyapti. Amudaryo tumanidagi 2-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida istiqlolimizning 33 yilligi hamda mamlakatimizda 2024-2025-oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan «Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!» shiori ostida tashkil etilgan «Salom, bogʻcha!» nomli tadbir ham bolajonlarga olam-olam quvonch baxsh etdi.

Tadbir davomida bolajonlar bogʻchada olgan bilimlarini namoyish etishdi. Xususan, Ona-Vatan, bogʻcha hamda bolalikni madh etuvchi sheʼrlarni ifodali oʻqishdi. Bayramona kuy-qoʻshiqlarga guruh boʻlib raqs ijro etishdi va tengdoshlari bilan birgalikda oʻynab-kulishdi.

Shu oʻrinda aytish joizki, muassasamizda tarbiyalanayotgan bolajonlar musiqa toʻgaragi rahbari Otabek Xudoyberganov boshchiligida tumanimizda oʻtkazilayotgan bayramlarda oʻzlarining yod olgan sheru qoʻshiqlari hamda tayyorlagan raqslari bilan faol ishtirok etib kelishadi.

Ochiq darslar vaqtida bolajonlarga istiqlol gʻoyalari, vatanparvarlik va yurtga sadoqat tuygʻulari, umuminsoniy va milliy qadriyatlarimiz ularning yoshiga mos tarzda har xil oʻyinlar, qoʻgʻirchoq teatri tomoshalari, ertak qahramonlari timsoli orqali tushuntirildi.

Maʼlumot oʻrnida, Amudaryo tumani Qipchoq ShFY hududida joylashgan 2-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida bugungi kunda 13ta guruh tashkil etilgan boʻlib, ushbu guruhlarda 325 nafar oʻgʻil-qiz tarbiya qilinmoqda. Bolajonlarga 47 nafar xodim bilim va tarbiya berib kelishmoqda. Shundan 15 nafarini oliy maʼlumotli xodimlar tashkil etadi.

11-sonli umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan maktabgacha tayyorlov guruhida 2023-2024 oʻquv yilida 25 nafar oʻgʻil-qiz tarbiyalanib, umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga kuzatildi. Bu yil ham ushbu guruhga 25 nafar bolajonlar qabul qilindi. Maktabgacha taʼlim uzluksiz taʼlimning boshlangʻich qismi boʻlib, bogʻcha tarbiyasi bolaning sogʻlom va rivojlangan shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Bogʻcha yoshidagi bolalarda maʼlumotlarni qabul qilish, til oʻrganish koʻnikmalari kuchli hisoblanadi. Muassasamizda bolajonlar rus va ingliz tili toʻgaraklarida xorijiy tillardan boshlangʻich bilimlarni olishmoqda.

Bundan tashqari «Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024» kasbiy koʻrik tanlovida muassasa metodisti Salomat Turayeva tuman bosqichida 1-oʻrinni olib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida munosib ishtirok etdi.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, kishilik jamiyati paydo boʻlganidan buyon tarbiya tushunchasi mavjud. Zero, inson yer yuzidagi eng mukammal zot boʻlishi uchun, avvalo, tarbiyalanishi lozim. Shunday ekan hayotimizda maktabgacha taʼlimning oʻrni va ahamiyati hamisha muhim boʻlib qolaveradi.

Muhabbat Xudoyberganova, 2-sonli DMTT direktori

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019