16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:37
Jamiyat 👁 369

QATAGʻON QURBONLARI: ULAR ERK VA ADOLAT UChUN KURAShGAN HAZRATI INSON EDILAR

QATAGʻON QURBONLARI: ULAR ERK VA ADOLAT UChUN KURAShGAN HAZRATI INSON EDILAR

Millatlar – shunchaki oddiy olomon yoki oddiy xalqlar emas, ular HAZRATI INSONLARDIR. HAZRATI INSON – u tabiatning eng oliy moʻʼjizasi, goʻzallikni, ezgulikni, baxtni toʻlaqonli his qilish qudratiga egaligi uchun ham buyuk HAZRAT! Doʻstlikning, tinchlik va totuvlikning qadr-qimmatini ulugʻlab, boshiga koʻtarguvchi ham faqat Udir. Shuning uchun ham jadid bobolarimiz yuz yillar davomida Markaziy Osiyo mintaqasida yashovchi barcha millatlarni yagona xalq sifatida, yagona Vatan – mulki Turon farzandlari boʻlib yashashga daʼvat etib kelishgan. Ana shu daʼvatkor ruhdagi xatti-harakatlari tufayli mus­tabid tuzumning qatagʻon siyosati qurbonlariga aylanishgan.

Markaziy Osiyo hududida mustabid tuzum tomonidan milliy chegaralanish siyosati olib borilgan 1924-yil nafaqat mintaqa xalqlari oʻrtasida ayirmachilikka, balki yagona xalq sifatidagi birlikka, ahillik va totuvlik tuygʻularining yemirilishiga sababchi birdan-bir gʻarazli omil boʻldi. Natijada mintaqa xalqlari sovetlar qatagʻon siyosatidan eng koʻp jabr koʻrdilar. Ming-ming afsus va nadomatlar boʻlsinki, bu jabrdiydalarning deyarli barchasi oqni qoradan ajrata oladigan bilimdon, tadbirkor, elim, yurtim, degan millat fidoyilari, mustaqillik uchun kurash maydoniga kirgan yalovbardorlar — HAZRATI INSONLAR edilar... 

MAʼLUMOT UChUN: 1937-yilning iyul oyidan 1938-yilning noyabr oyigacha sovet imperiyasi hududidan 1,5 mlndan ziyod odam qamalgan, 700ming kishi otib oʻldirilgan. Tarixda “Katta terror” nomini olgan malʼun qonli siyosat tufayli birgina Oʻzbekistonda 1937-yilning 10-avgustidan 1938-yilning 1-yanvarigacha, 5 oy davomida 10700 nafar kishi qamoqqa tashlangan. Ulardan 3613 kishi otishga hukm qilingan va bu qonli hukm shu kuniyoq ado etilgan. 7087 nafar millatning asl farzandlari esa 8-yildan 10-yilgacha boʻlgan muddatlarga qamalgan. Qamalganlarning aksariyat qismi olis Sibir oʻrmonlarida ochlik, xoʻrlik va qahraton sovuq tufayli oʻzga yurtlar tuprogʻida jon berdilar.

Taʼbir joiz boʻlsa, qatagʻon qurbonlari – beayb qamalgan HAZRATI INSONlar – xalqimizning ERK va ADOLAT yoʻlidagi bemavrid qirqilgan qanotlari edilar.

Men uzoq yillardan beri Amudaryo tumanining turli hududlarida yashagan va mustabid sovet tuzumining qatagʻon siyosati qurboni boʻlgan insonlar haqida izlanishlar olib borayotgan oddiy ijodkor sifatida bilganim shuki, eng avval aqlli va bilimdon insonlar otuvga hukm qilingan.

Birgina 1938-yilning 10-fevral sanasida faqat Mangʻit tumanining oʻzidan ilm-u maʼrifatli, ishbilarmon va tadbirkor boʻlgan 30 nafarga yaqin insonlar oʻlim jazosiga hukm etilib, bu qonli hukm shu kunning oʻzida ijro etilgan.
Ular orasida doʻrmanlik tadbirkor Doʻsimmat Matniyozov, mangʻitlik maʼrifatparvar ziyoli, rus, fors, arab tillarining bilimdoni, Xiva xonining muhrdori Matniyoz mufti Yusuf oʻgʻli, jumurtovlik (hozirgi Bobur nomli qishloq) Bobooxun (asl ismi Muhammad oxun) Salimov, doʻrmanlik Amat Yusupov, Raimjon Erniyoz oʻgʻli,..., yana 13 nafar xolimbeglik bilimdon, tadbirkor insonlar bor edilar. Koʻkragiga qatagʻon toʻpponchasi tiralib, nari borsa 25-30, 40 yoshida otilib ketgan bu kabi qatagʻon qurbonlarining biridan keyinchalik “xalq dushmanining farzandi” degan tamgʻa bilan yashashga mahkum, umri azoblar girdobida kechgan avlodlar qolsa, aksariyatidan faqat achchiq, armonli xotiralar qoldi.
Ular tom maʼnoda HAZRATI INSONlar edilar va yashashga, oʻzlari tugʻilib-oʻsgan zaminni gullab-yashnatishga qodir boʻlgan Vatanning haqiqiy jonkuyarlari – azamat oʻgʻlonlari edilar. Ularning tirik qolishi sobiq sovet tuzumining makkor siyosati uchun xavf sanalardi va Markaziy Osiyo mintaqasini sotsializm gʻoya­lari asosida boshqarishga jiddiy toʻsiq edi. Qolaversa, oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman, qoraqalpoq va mintaqadagi boshqa etnik ozchiliklarning yaxlit bir makonda ahil-inoq yashashi sovetlar uchun xavf tugʻdirishidan tashqari, til-u dini bir, anʼana va qadriyatlari ming yilliklarga borib taqaladigan, et bilan tirnoq kabi ahil xalqlarning jipsligi keyinchalik juda katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, degan qoʻrquv bor edi. Ana shu qoʻrquv bois, Markaziy Osiyo makkor sovet tuzumi tomonidan parchalanib tashlandi, bu bilan ham qoniqmay, eng aqlli, bilimdon, vatanparvar, xalqparvar insonlar qatagʻonga giriftor boʻldilar.

Oʻzbekiston ana shu parchalangan Markaziy Osiyoning kuchli bir boʻlagi edi. Mustaqillik – xalqimiz uchun oppoq, oydin yoʻllar ochdi, nainki xalq, balki bu zaminda yashovchi barcha millat va elatlarning, har bir insonning qadr-qimmatini joyiga qoʻydi! Tili, dini taʼqiqlar iskanjasida qolib, soʻzlamoqqa chogʻlangan lablari qulflangan, erk va adolat istab qoʻyilgan qadamlari, parvozga shaylangan qanotlari qirqilgan xalq zakosi yuksaklarga koʻtarildi.
Ayniqsa, 2024-yil 19-iyuldagi “Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini oʻrganish, targʻib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori xalqimiz qalbidagi ogʻriqli chandiqlarga haqiqiy malham boʻldi.

Qatagʻon qurbonlarining ruhlari mangu makon topgan ommaviy qabrlar joylashgan hududlar obodonlashtirilib, xalq uchun muqaddas ziyoratgohlarga aylantirildi. Millat farzandlarining qahramonona hayoti va fao­liyati haqida badiiy asarlar chop etilib, hujjatli filmlar tas­virga olindi.

Bir vaqtlar: “Ey ulugʻ Turon, Arslonlar oʻlkasi! Senga ne boʻldi? Ey, Chingizlarning, Temurlarning, Oʻgʻuzlarning,... shonli beshik­lari! Qani u chiqdigʻing yuksak oʻrinlar?!...” deb baralla hay­qirgan Abdu­rauf Fitrat bobomizning orzusi ushaldi – nainki Oʻzbekistonda, balki Markaziy Osiyoda haqiqiy Arslonlar uygʻondi! Qatagʻon qurbonlari boʻlgan mard-u maydon insonlarning nomlari oqlandi. Ularning ezgu orzularini roʻyobga chiqarish sari ishonch va dadillik bilan qadam qoʻyishga daʼvatkor chaqiriq sifatida har bir insonga maʼnaviy kuch bagʻishladi.

Bugungi Davlatboshilarining uzoqni koʻzlab olib borayotgan siyo­satlarining mazmun-mohiyati ham jadid bobolarimizning orzulari, “Temurlarning, Oʻgʻuzlarning shonli beshiklari”ni asrash, yagona xalq, yagona Vatan sifatidagi ulugʻ maqom bilan Markaziy Osiyo mintaqasida tenglik, tinchlik, totuvlik va abadiy doʻstlik qoʻrgʻonini bunyod etishdir.

Mohiyatan olib qaraydigan boʻlsak, siyosiy qatagʻon qurbonlari boʻlgan ota-bobolarimizning mustaqillik, erk va adolat yoʻlidagi xatti-harakatlari ham aynan ana shu maqsadlar yoʻlidagi kurashlardan iborat edi va bu ichki hamda tashqi taʼsirlar natijasida mahv etilib, Istiqlol fidoyilarini dor ostiga olib borgandi.

Nazarimda, sobiq sovetlar tuzu­mining qatagʻon siyosati bu bilan tugamadi. Ikkinchi jahon urushida tengsiz qahramonliklar koʻrsatgan jafokash xalq boshiga yana malomatlar, boʻhtonlar yogʻildi. “Paxta ishi” deb “qama-qama”lar boshlangan algʻov-dalgʻovli yillarda yana yuzlab millat fidoyilari qatagʻonga uchradi.

Ming shukurki, mustaqillik tufayli xalq chekkan azob-uqubatlar ortda qoldi. Xalqimiz bugun oʻz fidoyi farzandlarini yuksak ehtirom bilan xotirlab, ularning tengsiz matonat va jasoratlari haqida iftixor bilan soʻzlaydilar.
Har yili 31-avgust sanasida Toshkent shahridagi shahidlar xotirasi majmuasini ziyorat qiladilar, mamlakatimizning barcha hududlaridagi qatagʻon qurbonlarining nomlari bitilgan ramziy xotira kitoblari qoshida tiz choʻkib, Qurʼon oyatlaridan tilovatlar oʻqib, xalqlar mustaqilligi uchun jon fido etgan Vatan farzandlarini ehtirom bilan yodga oladilar. Chunki biz bugungi avlod erki, ozodligi va tinchligi, baxt-saodati yoʻlida qurbon boʻlgan HAZRATI INSONlarni unutishga haqqimiz yoʻq! 

Robiya Yoʻldosheva.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019