16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:59
Fan va taʼlim 👁 426

“OChIQ EShIKLAR KUNI” OʻTKAZILDI

“OChIQ EShIKLAR KUNI” OʻTKAZILDI

Oʻsib kelayotgan yosh avlodni ona Vatanga sadoqat, istiqlol gʻoyalariga hurmat-ehtirom, vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalash, ayniqsa, ular ongiga koʻp millatli xalqimizga xos boʻlgan milliy-maʼnaviy qadriyatlarni singdirish yangilanayotgan Oʻzbekistonning yoshlarga oid eng ustuvor siyosati hisoblanadi va bu taʼlim-tarbiya sohasida faoliyat olib boruvchi har bir xodimning zimmasidagi masʼuliyatli burchidir.

Aslini olganda, koʻp millatli Oʻzbekiston xalqini milliy-maʼnaviy qadriyatlar birlashtirib turadi va bu birdamlik muhiti xalqimiz hayotiga goʻzallik, ziynat bagʻishlaydi. Shu bois, xalqimiz birdamlik, millatlararo totuvlik, oʻzaro mehr- oqibat tuygʻulariga yoʻgʻrilgan bayramona tadbirlarni quvonch va tantana bilan nishonlab, bu kabi tadbirlardan olam-olam zavq olishadi.

Joriy yilning 15-sentyabr sanasida Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli “Barkamol avlod” bolalar maktabida boʻlib oʻtgan “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida boʻlib oʻtgan “Ochiq eshiklar kuni” bayram tadbiri ham xalqlar doʻstligi, millatlararo totuvlik, vatanparvarlik tuygʻulari ulugʻlangani bilan har bir qalbga quvonch va shodlik bagʻishladi.

Chunki mazkur ilm dargohi toʻgaraklari mashgʻulotlarida shugʻullanayotgan iqtidorli bolalar Amudaryo tumanida istiqomat qilayotgan 10 dan ortiq millat vakillarining farzandlari va nabiralari boʻlib, ular bir ota-onaning farzandlari kabi ahil va inoqlikda, yagona ezgu maqsad – Yangi Oʻzbekistonga munosib farzand sifatida kamol topish orzusi bilan ustozlaridan taʼlim-tarbiya oladilar.

Tadbir doirasida maktabning turli toʻgaraklar mashgʻulotlarida shugʻullanuvchi oʻquvchi-yoshlar tomonidan qoʻl mehnati koʻrgazmasi namoyish etildi. Koʻrgazmadan joy olgan tikuvchilik namunalari, rang-barang gullar, turli modellar, qoʻlda toʻqilgan bolalar va oʻsmirlar uchun moʻljallangan bejirim va zamonaviy kiyim-kechaklar, yumshoq va qattiq oʻyinchoqlar, shuningdek, yogʻoch oʻymakorligi buyumlari, kulolchilik mahsulotlari tadbirda ishtirok etayotgan ota-onalarda oʻz farzandlaridan faxrlanish tuygʻularini uygʻotdi.

“Barkamol avlod” bolalar maktabida faoliyat olib boruvchi toʻgaraklar rahbarlari tadbir ishtirokchilariga 2024-2025 oʻquv yilida tashkil etilayotgan toʻgaraklar haqida keng tushunchalar berishib, bu toʻgaraklar faoliyati xususida batafsil maʼlumotlar va rangli bukletlar taqdim etdilar. Shuningdek, ota-onalar maktabning badiiy havaskorlik toʻgaragi toʻgʻrisida yanada yaqinroq tanishishlari uchun maktabda tashkil etilgan “Shoʻx bolalar” badiiy jamoasi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi ham namoyish etildi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, mazkur jamoa maktab oʻquvchilari oʻrtasida anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan turli koʻrik-tanlovlarning doimiy ishtirokchisi va sovrindori sanaladi. Vatanparvarlik, doʻstlik va millatlararo totuvlik, birdamlik tuygʻulari ulugʻlangan, “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida, 2024-2025 oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan oʻtkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tantanali bayram tadbirida “Shoʻx bolalar” badiiy jamoasi tomonidan ijro etilgan oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq va boshqa qardosh xalqlarning kuy va qoʻshiqlari, shoʻx-shodon raqslari barchaga xush kayfiyat bagʻishladi.

Shu kunning oʻzida koʻp millatli Amu elining ilmga chanqoq farzandlarini bagʻriga olgan bilim maskani toʻgaraklarida ilk mashgʻulotlar boshlandi.

Shuningdek, “Barkamol avlod” bolalar maktabi masʼullari tomonidan Amudaryo tumanining chekka hududidagi 29- va 45-sonli umumtaʼlim maktablarida ham “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari oʻtkazilib, bu tadbirlarga mazkur taʼlim-tarbiya muassasalari hududidagi oʻquvchilarning ota onalari ham qamrab olindi. Tadbirlarda ishtirok etgan ota-onalar oʻz farzandlarining zamon talablari darajasida taʼlim-tarbiya olishlari uchun davlatimiz tomonidan yaratib berilgan keng imkoniyat va shart-sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019