16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:17
Jamiyat 👁 262

“Keksalar maslahati guruhi” aʼzolari, sport murabbiylari va yosh sportchilar ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi

“Keksalar maslahati guruhi” aʼzolari, sport murabbiylari va yosh sportchilar ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor va ragʻbat tufayli sportning olimpiya turlari boʻyicha shugʻullanuvchi yoshlar safi yil sayin oshib bormoqda. Bugungi kunda boks, dzyu-do, kurash, oʻzbek jang sanʼati, badiiy gimnastika, qilichbozlik, tennis sporti bilan shugʻullanuvchi yoshlar turli xalqaro musobaqalarda Vatanimiz bayrogʻini baland koʻtarib, gʻoliblik pillapoyalaridan tobora munosib joy olishayotgani xalqimizga quvonch va iftixor bagʻishlaydi.

Sportchilarimiz erishayotgan bunday yutuqlarda, albatta, ularni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onalarining, jismoniy jihatdan yetuk va kuchli sportchilar sifatida shakllanishlarida hamda qiziqish va intilishlarini qoʻllab-quvvatlashda sport murabbiylarining xizmatlari katta. Shu bois, turli nufuzli musobaqalarda gʻoliblikka erishgan sportchilarning ota-onalari va sport murabbiylari bilan uchrashuvlar oʻtkazish, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Bu borada Amudaryo tumanida sportchi-yoshlar va ularning ota-onalari, murabbiylari ishtirokida oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ham eʼtiborga munosib. Xususan, joriy yilning 26-sentyabr sanasida Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 82-sonli umumtaʼlim maktabi faollar zalida boʻlib oʻtgan “Keksalar maslahati guruhi” aʼzolari, sport murabbiylari va yosh sportchilar ishtirokidagi uchrashuvda ham mamlakatimizda sportga va sportchilarga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar mamnuniyat bilan eʼtirof etildi.

Uchrashuvga taklif etilgan Tokio va Parij olimpiadalarining ishtirokchisi, koʻplab xalqaro musobaqalarning gʻolib va sovrindori, dzyu-do sporti boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Sharofaddin Boltaboyevning oila aʼzolariga jahon sport arenalarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazishgani uchun Amudaryo tuman hokimi tomonidan minnatdorchilik izhor etilib, tuman hokimining Tashakkurnomasi taqdim qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida oʻzbek jang sanʼati boʻyicha jahon chempionatida mamlakatimiz va tumanimiz shaʼnini munosib tarzda himoya qilib, 2ta oltin, 1ta kumush, 4ta bronza medallariga sazovor boʻlgan yosh sportchilar erishgan yutuqlar mamnuniyat bilan eʼtirof etildi. Sportning para yengil atletika yugurish turi boʻyicha faxrli 2-oʻrin sohibi Nursulton Sariboyev, para stol tennis turi boʻyicha “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarida 1-oʻrinni egallagan Shahzoda Rahmatullayeva hamda ularning murabbiylari Amudaryo tuman hokimining Tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Uchrashuv yakunida “Keksalar maslahati guruhi” aʼzolari, hoji onalar hamda nuroniy hoji otalar, Amudaryo tumanidan yetishib chiqqan taniqli sportchilarning oila aʼzolariga, shuningdek, yosh sportchilarga va ularning murabbiylariga oʻzlari shugʻullanayotgan sport yoʻnalishlarida yanada yangi muvaffaqiyatlarga erishishlarida omadlar tiladilar.

Ravshan Bahromov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019