16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:07
Jamiyat 👁 237

Amudaryo tumanida koʻp sonli aholining tabiiy gaz bilan bogʻliq muammolari bartaraf qilinmoqda

Amudaryo tumanida koʻp sonli aholining tabiiy gaz bilan bogʻliq muammolari bartaraf qilinmoqda

Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan tub islohotlar zamirida xalq farovonligi, inson manfaatlariga xizmat qilish kabi ezgu gʻoya yotadi. Prezident tashabbusi bilan xalqni uzoq yillar mobaynida qiynab kelayotgan muammolarini bartaraf qilish yuzasidan amaliy ishlar qilinmoqda. Amudaryo tumanidagi toʻrtta mahalla ­– Chordara, Boʻston, Oybek hamda Alisher Navoiy nomli mahallalarida yashovchi aholining tabiiy gaz bilan bogʻliq koʻp yillik muammolari bugun oʻzining ijobiy yechimini topayotgani ham ana shu islohotlarning amaldagi ifodasidir.

Muhtaram Prezidentimizning 2024-yil 17-iyul kungi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi farovonligini oshirish maqsadida imzolagan maxsus qarori asosida amalga oshirilayotgan mazkur xayrli ish orqali aholining koʻp yillik muammolari ijobiy yechim topmoqda. Mazkur qaror asosida 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan boʻlib, qator amaliy ishlar qilinmoqda. Jumladan, Oʻrta qalʼa ovulining Vaxum aholi punktidagi 1,4 km gaz quvurlari rekonstruktsiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, Chordara mahallasi hududiga diametri 219 mm boʻlgan 1 km uzunlikdagi yer usti yuqori bosim gaz tarmogʻini tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

Alisher Navoiy nomli mahalla hududiga 3,8 km yer usti gaz tarmogʻini tortish rejalashtirilgan boʻlib, hozirgi kunda 2,3 km joyi toʻliq tortildi.

Boʻston mahallasi hududiga diametri 114 mm, uzunligi 750 metr boʻlgan yer usti oʻrta bosim gaz tarmogʻini tortish rejalashtirilgan boʻlib, hozirda 730 metr qismi tortildi.

Oybek nomli mahalla hududiga esa diametri 114 mm, uzunligi 1,3 km yer usti oʻrta bosim gaz tarmogʻini tortish rejalashtirilgan boʻlib, hozirdi 420 metr joyi tortildi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda. Qolaversa, 36 km gaz quvurlarini bosim ostida zichlikka sinash va havo bosimi yordamida tozalash rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kungacha uzunligi 34 km boʻlgan quvurlarda sinash va taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. 14,3 km uzunlikdagi yer osti va yer usti gaz quvurlarining holatini tekshirish rejasi esa 15,1 km qilib ortigʻi bilan bajarildi.

Qayd etish joizki, bu kabi amaliy ishlar “Hududgaz Qoraqalpogʻiston” korxonasining “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan amalga oshirilmoqda. Mazkur boʻlim 40 ming 349ta isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatadi. Shundan 14 ming 812ta aholi xonadonlari va 351ta ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gaz, 25 ming 186ta aholi xonadonlarga suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. Bugungi kunda foydalanishda jami salkam 500 km gaz tarmoqlari mavjud boʻlib, shundan 35,1 km yuqori bosimli, 152,9 km oʻrta bosimli va 311,6 km past bosimli gaz quvurlari orqali isteʼmolchilar tabiiy gaz bilan taʼminlab kelinmoqda. Gaz quvurlarining 27,9 km qismi yer ostida va 471,7 km qismi yer ustida joylashgan.

Shuningdek, “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan tabiiy gazdan samarali foydalanish, iqtisod qilish maqsadida energiya tejamkor uskunalardan foydalanish targʻib qilinmoqda. Aholi va ulgurji isteʼmolchilar tomonidan foydalanilayotgan tabiiy gaz miqdorini tejash boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish maqsadida 27 ta yarmarka tashkil qilindi. Yarmarkalarda energiya tejamkor vositalarning afzalliklari, ulardan foydalanish boʻyicha maʼlumotlar berilib, keng targʻibot qilindi. Isteʼmolchilarga isitish qozoni va quvurlari, dudburonlari va zamonaviy tejamkor gorelka oʻrnatishning afzalliklarini tushuntirilayotgan natijasida 3  ming 339ta isitish qozoni va quvurlar izolyatsiya qilindi, 147ta aholi xonadonlarining, 14ta yuridik isteʼmolchilarning dudburonlari tozalandi.

Qolaversa, hozirda aholining kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazishiga koʻmaklashish borasida ham samarali ishlar davom etmoqda. 3 ming 373ta aholi xonadonlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida 6 ming 850 m tabiiy gaz tarmoqlarini mukammal taʼmirlash va rekonstruktsiya qilish ishlari davom etmoqda. Bundan tashqari, aholiga joriy yil 1-yanvardan 24-sentyabrgacha boʻlgan vaqt oraligʻida jami 3 ming 70 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan boʻlib, shundan amalda 2 ming 967 tonna suyuq yoqilgʻi yetkazib berildi. Bu boradagi ishlar ham qizgʻin davom etmoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019