16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:37
Jamiyat 👁 320

“Global position system” MChJning Amudaryo tuman filiali tomonidan qattiq maishiy chiqindilar oʻz vaqtida olib chiqilmoqda

“Global position system” MChJning Amudaryo tuman filiali tomonidan qattiq maishiy chiqindilar oʻz vaqtida olib chiqilmoqda

Yirik ishlab chiqarish korxonalari, tadbirkorlik subʼektlari hamda aholi xonadonlaridan qattiq maishiy chiqindilarni oʻz vaqtida chiqindi poligonlariga olib chiqib tashlash, avvalo atrof-muhit tozaligini saqlash, qolaversa, ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirish imkonini beradi. Shu bois, mamlakatimizda mazkur yoʻnalishdagi ishlarni zamon talablari darajasida tashkil etish, sohani modernizatsiya qilish bilan bir qatorda moddiy-texnik taʼminotini yaxshilashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentyabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq, 2023-yilning 20-yanvar sanasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organi bilan xususiy sherik, yaʼni “Global position system” MChJ oʻrtasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim imzolangan edi. Mazkur bitimga binoan “Global position system” MChJ Amudaryo, Taxtakoʻpir, Qoraoʻzak tumanlarining qattiq va maishiy chiqindilarini olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish hamda 18 mlrd soʻmlik investitsiya kiritish majburiyatini olgan edi.

Ushbu majburiyatni bajarish maqsadida korxona tomonidan shu kungacha 5 mlrd 52 mln soʻmlik investitsiya mablagʻlari kiritildi. Belgilangan hududlardan qattiq maishiy chiqindilarni sanitariya-gigiyena qoidalari hamda ekologik talablar darajasida chiqindi poligonlariga olib chiqib tashlashni taʼminlash maqsadida korxona tomonidan jami 7ta maxsus chiqindi tashuvchi avtotransport texnikalari xarid qilindi. “Samarqand avto” zavodida ishlab chiqarilgan “ISUZU” rusumli, 12 kub metr hajmli 2 ta maxsus chiqindi tashuvchi avtotransport vositasi, Xitoyda ishlab chiqarilgan “Shachman” rusumli 8 kub metr hajmli texnika va 1 dona "ISUZU" rusumli multilift texnikalari Amudaryo tumaniga olib kelindi va tuman hokimligi oldidagi maydonda hokim oʻrinbosari Bahodir Ernazarov tomonidan haydovchilarga topshirildi.

Ayni paytda “Global position system” MChJ Amudaryo tumani filialida aholiga xizmat koʻrsatish uchun 20 ta maxsus qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish texnikalari mavjud boʻlib, 17 ta chiqindi tashish mashinasi, 2ta multilift, 1ta assenizator texnikasidan samarali foydalanilmoqda.

Bu texnikalar nafaqat ishni sifatli va samarali olib borish, balki ushbu yoʻnalishda kamida 10 ta yangi ish oʻrni yaratish imkonini ham berdi. Hozirgi kunda korxonada jami 60 nafar ishchi-xodimlar faoliyat yuritishmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qaroriga muvofiq fuqarolar yigʻinlari raislari bilan birgalikda jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun xizmatlar koʻrsatish boʻyicha namunaviy ommaviy shartnoma tuzilishi koʻrsatib oʻtilgan. Shunga koʻra tumandagi 49 ta fuqarolar yigʻinlari bilan ommaviy shartnomalar, yuridik tashkilotlar bilan 344 ta shartnoma tuzildi. Ushbu shartnomalarga muvofiq muntazam ravishda qattiq maishiy chiqindilarning “Signal” usulida olib chiqib ketilishi taminlanmoqda.

Amalga oshirilayotgan bu kabi izchil chora-tadbirlar tufayli hududlarda qattiq maishiy chiqindilar toʻplanib qolishiga barham berilib, atrof-muhit ifloslanishi va ekologik vaziyat buzilishining oldi olinmoqda.

Ravshan Bahromov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019