16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:30
Fan va taʼlim 👁 252

Qoramon mahallasida 150-oʻrinli zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi foydalanishga topshirildi

Qoramon mahallasida 150-oʻrinli zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi foydalanishga topshirildi

Amudaryo tumani Qoramon mahallasida xalqning koʻp yillik orzulari ushaldi. Mahalla aholisining taklif va murojaatlari inobatga olinib, bunyod etilgan muassasa binosining ochilish marosimida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi masʼullari, quruvchilar hamda aholi vakillari ishtirok etdi.

Ochilish marosimida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib, barchani bunyodkorlik ishining muvaffaqiyatli yakunlanib, muassasa binosining foydalanishga topshirilayotgani bilan samimiy tabrikladi. Tuman hokimi oʻz soʻzida soʻnggi yillarda yurtimizda taʼlim-tarbiya sifatini oshirishga katta eʼtibor qaratilib, maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonining koʻpayishi natijasida bolalar qamrovi tobora ortib borayotgani, farzandlarimizning barkamol avlod boʻlib voyaga yetishida bogʻchada olgan taʼlim-tarbiya muhim ahamiyat kasb etishi, shu boisdan ham xalq uchun, ayniqsa, olis va chekka hududlar aholisi uchun yangi zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari bunyod etilayotgani xususida soʻz yuritdi.

Tadbirda tuman prokurori, 2-sektor rahbari Abat Djumamuratov soʻzga chiqib, mehnatkash qoramonliklar uchun qad rostlagan taʼlim-tarbiya maskanida vatanimiz ravnaqiga yaraydigan barkamol avlod, yurtimizning porloq kelajagiga hissa qoʻshadigan komil farzandlar yetishib chiqishiga tilakdosh boʻldi. Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomuratov oʻz nutqida muassasa jamoasining taʼlim-tarbiya sohasi rivoji yoʻlida yaratilayotgan imkoniyatlar, sohaga qaratilgan eʼtibor va bildirilgan yuksak ishonchni oqlashiga, yangi binoda bolajonlarga sifatli taʼlim-tarbiya berishlarida omad va zafarlar tiladi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar mazkur binoning qurilishi mahalla ahli uchun juda katta xayrli ishlardan biri boʻlganligini, endilikda qishloq ayollarining mushkuli yanada oson boʻlishini alohida taʼkidladilar. Qolaversa, “Mang‘it invest maximum” MChJ quruvchi tashkiloti tomonidan 6,5 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ hisobiga olib borilgan qurilish natijasida zamonaviy shart-sharoitlarga ega boʻlgan 150-oʻrinli muassasa binosining oʻz muddatida foydalanishga topshirilgani uchun quruvchilarga minnatdorchilik bildirildi.

Shundan soʻng quruvchi tashkilot rahbari tomonidan muassasa binosining ramziy kaliti rahbariyatga tantanali ravishda topshirilib, ramziy tasma qirqildi va bino foydalanishga topshirildi.

Tuman hokimi boshchiligida tadbir ishtirokchilari zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotidagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar, ovqatlanish va dam olish xonalari, mashgʻulotlarni oʻtish xonalarini koʻzdan kechirdilar.

Taʼkidlash kerakki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda oʻsib kelayotgan avlodni sogʻlom va har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish, taʼlim-tarbiya jarayoniga samarali taʼlim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha taʼlimning samarali tizimini tashkil etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.

Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonini yanada oshirish va ular koʻrsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor boʻldi. Qolaversa, olis va chekka hududlarda aholi farovonligi yoʻlida yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ish boshlashi farzandlarimizning sifatli taʼlim-tarbiya olishiga, maktabgacha taʼlim tizimida qamrovni yanada kengaytirib, sifatni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi shubhasiz.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019