16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:54
Fan va taʼlim 👁 384

20-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida amaliy koʻrgazmali seminar oʻtkazildi

20-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida amaliy koʻrgazmali seminar oʻtkazildi

Mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tizimini isloh qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasida hududlarda qamrov darajasi yil sayin oshib bormoqda. Oʻz navbatida tegishli vazirlik va muassasalar tomonidan turli seminarlar, davra suhbatlari oʻtkazilib, soha xodimlarining kasb mahoratini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Amudaryo tumanidagi 20-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida oʻtkazilgan amaliy koʻrgazmali seminar ham maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi tarbiyachilarning kasbiy mahoratini oshirish va bolalar taʼlimida yangi metodik yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan muhim tadbirlardan biri boʻldi.

Tadbir Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼbasi ish rejasiga muvofiq tashkil etildi.

Seminar avvalida ishtirokchilar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi hududiga manzarali va mevali daraxt koʻchatlarini oʻtqazishdi. Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bosh metodist Hulkar Bobojonova, metodist Saule Patullayeva, shuningdek 20-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Sanobar Xodjayeva va boshqalar atrof-muhitni koʻkalamzorlashtirishga hissa qoʻshish hamda bolalarni tabiatga doʻstona munosabatda boʻlishga daʼvat qilish maqsadida oʻzlari namuna boʻlib, koʻchat ekishdi.

Seminarning asosiy maqsadi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni har tomonlama rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ularning taʼlim-tarbiya jarayonini yanada samarali tashkil qilishda tarbiyachilarning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishdan iboratdir. Shuningdek, seminarda bolalarni rivojlantirish jarayonida davlat talablari va Davlat oʻquv dasturiga asoslangan yangi metodikalardan foydalanish boʻyicha koʻnikmalar ham oʻrgatildi.

Seminar doirasida 20-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining toʻrtta guruhida mashgʻulotlar oʻtkazildi. Ishtirokchilar mashgʻulotlarni kuzatish orqali oʻz bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlab, jarayonni tahlil qilish orqali oʻzaro fikr almashish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Shundan keyin seminar ishtirokchilari mashgʻulotlar jarayonini kuzatish uchun guruhlarga kirdilar. Tayyorlov guruhida tarbiyachi tomonidan “Oʻzbekistonning oq oltini” mavzusida bolalarga maʼlumotlar berilib, jismoniy mashgʻulotlar oʻtkazildi. Kattalar guruhida esa guruh tarbiyachisi “Non – eng aziz neʼmat” mavzusida mavsumiy oʻzgarishlar va tabiiy jarayonlar toʻgʻrisida bolajonlarga tushunchalar berdi.

Oʻrta guruh tarbiyachisi Muyassar Atajanova hafta mavzusi boʻyicha oʻtkazilgan mashgʻulot jarayonida mavsumiy oʻzgarishlar, koʻchmanchi qushlar toʻgʻrisida tarbiyalanuvchilarga koʻrgazmali qurollar vositasida maʼlumotlar berdi. Kichik guruh tarbiyachisi Munavvar Ahmedova esa “Meva va sabzavotlar” mavzusi boʻyicha mashgʻulot oʻtib, bolalar qalbida mehnatsevarlik, ona Vatanimizga hurmat tuygʻularini yanada mustahkamladi.

Oʻtkazilgan mashgʻulotlarda bolalarni rivojlantirishning beshta muhim yoʻnalishiga – jismoniy rivojlanish, nutq va muloqot koʻnikmalari, bilish jarayonining rivojlanishi, ijtimoiy-hissiy rivojlanish va ijodiy rivojlanishga alohida eʼtibor qaratildi. Tarbiyachilar oʻz faoliyatlarida ilmiy va oʻquv-metodik adabiyotlar, dasturlar va didaktik materiallardan samarali foydalanishdi.

Mashgʻulotlar tugagach, seminar ishtirokchilari tomonidan jarayonlar batafsil tahlil qilindi. Har bir guruh kesimida kuzatuvchilar ushbu mashgʻulotni oʻtkazgan tarbiyachilarning pedagogik mahorati hamda layoqati, yutuqlari, kamchiliklari hamda bolalar bilan birgalikdagi faoliyati, taʼlim-tarbiya jarayonida samarali shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatlari haqida fikr bildirdilar. Ishtirokchilar ushbu seminar oʻquv-tarbiyaviy jarayondagi yangi metodikalarni amaliyotda qoʻllash imkonini yaratib, tarbiyachilar uchun qimmatli tajriba maydoni boʻlganini alohida taʼkidlashdi.

Chindan ham, Amudaryo tumanida oʻtkazilgan ushbu amaliy koʻrgazmali seminar maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun muhim ahamiyatga ega boʻlib, tarbiyachilarning kasbiy mahoratini oshirish va kelgusida ularga bolalar bilan ishlashdagi samarali uslublarni qoʻllash imkonini yaratadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019