16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:34
Fan va taʼlim 👁 406

11-sonli maktabda Bolalar harakati sardorlarining maktab aʼzolari saylovi oʻtkazildi

11-sonli maktabda Bolalar harakati sardorlarining maktab aʼzolari saylovi oʻtkazildi

Maʼlumki, Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Oʻzbekiston Bolalar tashkiloti boshqaruv kengashining joriy yil oktyabr oyidagi qoʻshma qarori bilan taʼlim muassasalarida sardorlar saylovini tashkil etish va bolalar harakati faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlangan edi. Harakatning maqsadi – Oʻzbekiston bolalar tashkiloti nufuzini oshirish, bolalarda vatanparvarlik, liderlik, tashabbuskorlik mahoratini rivojlantirish, notiqlik mahoratini takomillashtirish, oʻz ustida ishlashi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olishi, loyiha tashabbuslarini keng ommaga, ayniqsa bolalar orasida targʻib etishiga koʻmaklashishdan iborat.

Mazkur qoʻshma qarorda har oʻquv yilining boshida bolalar harakati sardorlari saylovi oʻtkazilishi belgilangan. Sardorlar saylovi sinf, maktab, tuman va respublika miqyosida oʻtkazilib, har bir bosqichda sardorlikka nomzodlar oʻz loyihalarini himoya qiladilar.

Qoʻshma qaror bilan tasdiqlangan Nizom asosida Amudaryo tumanidagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida Bolalar harakati sardorlarining maktab aʼzolari saylovi oʻtkazildi. Tadbirda maktab direktori Ulugʻbek Mamutov, Milliy gvardiya xodimi Gʻafur Shukurullayev, Qipchoq shaharcha fuqarolar yigʻini yoshlar yetakchisi Doniyor Vaisovlar qatnashdi. Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Qunduzoy Xolmuratova olib bordi.

Saylovda Bolalar harakati sardorlarining maktab aʼzoligiga nomzodlar dasturlari tinglanib, jami 18 nafar aʼzo va 1 nafar bosh sardor saylandi hamda ularga ishonch yorliqlari topshirildi. Aʼzolar jami 6 ta – sport va salomatlik, “Yashil makon”, media va axborot texnologiyalari, sanʼat, taʼlim hamda “Imkon” yoʻnalishlarining har biriga 3 nafardan masʼul qilib biriktirildi. Tadbirda maktabning 5-“v” sinf qizlari ijrosida raqs namoyish etildi.

Aytish joizki, Bolalar harakati sardori maktabdagi bolalar tashkilotining yetakchisi hisoblanadi va u maktabdagi bolalar tadbirlari, loyihalar va uchrashuvlarni tashkil etish, sinf va maktab oʻquvchilari oʻrtasida hamjihatlikni taʼminlash hamda ijtimoiy faollikni rivojlantirish, bolalar tashabbuslarini ragʻbatlantirish va ularning takliflarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, jamoatchilik bilan hamkorlik qilish vazifalarini bajaradi. Sardor maktab maʼmuriyati va oʻquvchilar oʻrtasidagi koʻprik vazifasini bajarib, bolalarning fikrlari va takliflarini oʻqituvchilarga yetkazadi.

Qayd etish kerakki, oʻquvchilarni jamiyatning faol aʼzosi sifatida voyaga yetkazishda maktablardagi bolalar harakatining ahamiyati juda katta. Bolalar harakati yoshlarda jamoatchilik hayotida faol ishtirok etish koʻnikmalarini shakllantirib, ularni mustaqil fikrlashga, bolalardagi yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.

Endilikda Bolalar harakati sardorlarining tuman aʼzolarini, keyinchalik esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bolalar harakati sardorlarini saylash, yakunda esa Bolalar harakati sardorlarining Respublika aʼzolarini saylash koʻzda tutilgan.

Bolalar harakati – bu maktablarda oʻquvchilar oʻrtasida hamkorlik va birdamlik muhitini shakllantirishga xizmat qiladigan ijtimoiy tuzilmadir. Harakat oʻquvchilarning jamoat ishlarida faol ishtirok etishi, masʼuliyat va yetakchilikni oʻz zimmalariga olishi, oʻzaro hamkorlikda ishlashi kabi qobiliyatlarini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan. Shu bilan birga, Bolalar harakati oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, turli tadbirlarda faol qatnashish orqali oʻzini namoyon qilishiga koʻmaklashishi sababli bolalar hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019