16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:33
Qishloq xoʻjaligi 👁 392

Fermer va tomorqachilar ishtirokida koʻrgazmali seminar oʻtkazildi

Fermer va tomorqachilar ishtirokida koʻrgazmali seminar oʻtkazildi

Dehqon uchun yilning toʻrt fasli ham el-yurt farovonligi yoʻlidagi xayrli tashvishlar bilan oʻtadi. Ayniqsa kuz oylarida dehqonlar qishning izgʻirinli kunlari boshlanmasidan avval hosildan boʻshagan yerlarini shudgorlab, kelgusi yil hosili uchun puxta taraddudini koʻrib qoʻyadilar.

Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi amudaryolik fermer va tomorqachilar ham joriy yilgi hosildan boʻshagan yerlarni shudgorlash, toʻqsonbosti usulida ekin ekiladigan yerlarni tayyorlash ishlarini muvaffaqiyatli tarzda yakunlab, ekishni boshlab yuborishdi. Tumandagi barcha fermer xoʻjaliklarida, shuningdek aholi tomorqalarida har bir qarich yerdan unumli foydalanish maqsadida piyoz, sarimsoqpiyoz, oshkoʻk kabi ekinlar ekishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bu borada tomorqachilarga xizmat koʻrsatuvchi klasterlarning faolligi muhim ahamiyat kasb etadi. Yakunlanayotgan dehqonchilik yilida Amudaryo tumanida erishilgan yutuqlar va kelgusi yil uchun belgilanayotgan yangi rejalar bilan tanishish maqsadida tumanga tashrif buyurgan Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi boʻlim boshligʻi B.Mirzamova va mazkur Kengash bosh mutaxassisi E.Mamarahimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisining oʻrinbosari A.Ajimovlar tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Ilhom Polvonov hamrohligida Mangʻit shahrining Chordara mahallasi hududidagi “Amudaryo tomorqa xizmat” MChJ klasterida boʻlib, klaster faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mehmonlar mazkur klaster tomonidan tomorqa yer egalariga namunali texnika xizmati koʻrsatish, ekinlarni toʻqsonbosti usulida ekish maqsadida urugʻliklar yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, erta bahorda poliz hamda sabzavot ekinlari, shuningdek, mevali daraxtlar koʻchatlarini yetkazib berish boʻyicha klaster rahbariyatining rejalari bilan yaqindan tanishib, zarur tavsiyalar berdilar.

Shundan keyin mehmonlar tumanning Choykoʻl ovuli hududidagi namunali tomorqachi Davlatboy Bobojonov dalasida tashkil qilingan koʻrgazmali seminarda ishtirok etishdi.

Koʻrgazmali seminarda ishtirokchilarga ekinlarni toʻqsonbosti usulida ekish va unib chiqqanidan soʻng kuz-qish mavsumida amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar boʻyicha kerakli maslahatlar va maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, masʼullar ishtirokchilarga bogʻ-tok qator oralari va dala chetidan samarali foydalanish, aholi tomorqalarida mevali daraxt koʻchatlarini ekish, eksportbop bogʻdorchilik mahsulotlarni yetishtirish, fermer xoʻjaliklarining daromadini oshirish, shuningdek, 2025-yil hosili uchun barcha toifa xoʻjaliklarida 2024-yilgi qish fasli boshlanmasidan avval toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekish borasida ilmiy asoslangan maʼlumotlarni taqdim qildilar.

Shu bilan birga ishtirokchilarga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida fermer xoʻjaliklarining dalalari hamda dala yoʻllari chetlariga mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekish, ularni parvarishlash boʻyicha ham tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019