16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 23:18
Jamiyat 👁 388

FUQAROLIK IShLARI BOʻYIChA AMUDARYo TUMAN SUDI SUDYaSI 6-SONLI MAKTABDA DARS MAShGʻULOTI OʻTKAZDI

FUQAROLIK IShLARI BOʻYIChA AMUDARYo TUMAN SUDI SUDYaSI 6-SONLI MAKTABDA DARS MAShGʻULOTI OʻTKAZDI

Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlidagi orzu-intilishlari oʻz aksini topgan muhim hujjatdir. Shu sababli “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi Farmonida taʼlimni rivojlantirish ilmiy-metodik Markazi, Maktabgacha va maktab taʼlimi Vazirligi, Fan va innovatsiyalar Vazirligi, Adliya Vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab barcha taʼlim turlari va bosqichlaridagi oʻquv rejalari va dasturlari qayta koʻrib chiqilishi, konstitutsiyaviy norma va qoidalarga moslashtirilishi belgilangan edi.

Shunga koʻra, umumtaʼlim maktablari oʻquvchilariga yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani oʻrgatish boʻyicha ham metodik asosda yangilangan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, maxsus adabiyotlar yaratilib, taʼlim tizimiga keng joriy etildi.

Oʻsib kelayotgan yosh avlodning konstitutsiyaviy bilimini oshirishga qaratilgan bu kabi chora-tadbirlarni amalga oshirishda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining ham ishtiroki taʼminlanayotgani esa oʻzining ijobiy natijasini bermoqda.

“Sudyalar tomonidan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida amaliy dars-mashgʻulotlarini oʻtkazish boʻyicha reja” asosida Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi tomonidan amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy oʻquv mashgʻulotlari oʻquvchi-yoshlarning konstitutsiyaviy bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana shunday dars mashgʻulotlaridan biri tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 6-sonli maktabda ham oʻtkazildi.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi sudyasi Zebo Bazarbayeva tomonidan “Huquqbuzarlik va javobgarlik” mavzusida tashkillashtirilgan mazkur dars mashgʻulotida maktab oʻqituvchilari va yuqori sinflar oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Dars mashgʻuloti jarayonida Zebo Bazarbayeva oʻquvchilarga “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati yuzasidan keng tushunchalar berib, har bir insonning, xususan, oʻquvchilarning konstitutsiyaviy burch va majburiyatlari boʻyicha hayotiy misollar orqali maʼlumotlar taqdim etdi.

Dars jarayonida Konstitutsiyada belgilangan yangi normalar, sudlarning erkinligi, jinoiy javobgarlikni belgilash, qamoqqa olish va fuqarolarning advokatlik xizmatlaridan foydalanish boʻyicha haq-huquqlari haqidagi moddalar boʻyicha batafsil tushuntirish bilan birga oʻquvchi-yoshlar zimmasidagi burch va majburiyatlariga ham alohida toʻxtalib oʻtildi.

Ayniqsa, huquqbuzarlik holatlari va ularni shaffof malakalash, javobgarlik belgilash, javobgar shaxsga nisbatan sodir etilgan huquqbuzarlik boʻyicha tegishli jazo choralarini qoʻllashda adolat tamoyillariga rioya etish, odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha oʻquvchilar ishtirokida shartli sud jarayonlari oʻtkazilgani oʻquvchilarning konstitutsiyaviy va huquqiy bilimlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Sudya tomonidan oʻtkazilgan dars mashgʻuloti oʻquvchilar uchun biri-biridan qiziqarli savol-javoblarga boy boʻldi va Amudaryo tuman fuqarolik ishlari boʻyicha sudi sudyasi Zebo Bazarbayevaga amalga oshirilgan qiziqarli dars mashgʻuloti uchun maktab maʼmuriyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026