16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:33
Fan va taʼlim 👁 291

31-SONLI MAKTABNING YaNGI BINOSI FOYDALANIShGA TOPShIRILDI

31-SONLI MAKTABNING YaNGI BINOSI FOYDALANIShGA TOPShIRILDI

Mamlakatimizda taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor tufayli, har yili oʻnlab maktablar, maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolari zamon talablari darajasida rekonstruktsiya qilinib, qayta jihozlanmoqda va oʻz muddatini oʻtab boʻlgan binolar oʻrnida yangilari bunyod etilmoqda. Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va qoʻllab-quvvatlashlari bilan amalga oshirilayotgan bu kabi bunyodkorlik ishlari Amudaryo tumanida ham keng miqyosda olib borilib, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarining shart-sharoitlari yaxshilanib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlanayotgani taʼlim-tarbiya ishlarini samarali tashkil etish imkonini bermoqda. Tumanda birgina 2024-yilda turli manbalar hisobidan bunyod etilgan 5ta ijtimoiy soha obʼektlaridan 3 tasi umumtaʼlim maktablari va 2tasi maktabgacha taʼlim tashkilotlaridir. Shulardan biri – 31-sonli maktabning 330-oʻrinli yangi binosi hisoblanadi.

Mazkur maktabning eski binosi 1964-yilda 560 oʻquvchi oʻringa moʻljallab qurilgan boʻlib, soʻnggi yillarda mazkur bino ancha eskirgani, taʼlim-tarbiya ishlarini sifatli olib borish imkoni boʻlmagani sababli, 2007-yilda maktabga rekonstruktsiya hisobidan 160-oʻrinli qoʻshimcha bino qurib berilgan edi. Salkam 500 nafar oʻquvchi taʼlim oladigan mazkur oʻquv muassasasi uchun, albatta, 160-oʻrinli qoʻshimcha bino qurilgani bilan maktabda oʻquvchilarga zamon talablari darajasida taʼlim-tarbiya berish borasidagi muammolar barham topmadi. Shu bois, joriy 2024-yilgi investitsiya dasturi doirasida 4,1 milliard soʻm mablagʻ evaziga maktab uchun 330-oʻrinli, zamonaviy talablarga toʻla javob beradigan yangi bino qurilib, foydalanishga topshirildi.

29-noyabr kuni maktab binosini foydalanishga topshirishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Oʻquv muassasasining ochilishiga bagʻishlangan tantanali marosimda Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov rahbarligidagi tuman hokimligi masʼullari, sektor rahbarlari, Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mutasaddilari, Beruniy nomli mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari hamda mahalla faollari, pedagog xodimlar ishtirok etdilar.

Tadbirda Amudaryo tuman hokimi Sobir Xoʻjametov Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi masʼullarini, 31-sonli maktab pedagogika jamoasini yangi maktab binosining foydalanishga topshirilishi munosabati bilan samimiy tabrikladi va qurilish ishlarini qisqa muddatda, sifatli amalga oshirgani uchun "Sanjar Diyor building" MChJ quruvchilariga minnatdorchilik bildirdi.

Tadbirda mazkur taʼlim dargohi yillar davomida tumanimizning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan yuksak salohiyatli mutaxassis kadrlar yetishib chiqishida muhim rol oʻynagani alohida eʼtirof etilib, maktabning sobiq bitiruvchilari orasida mamlakatimiz ilm-fani dargʻalari, davlat va jamoat arboblari borligini faxr bilan tilga olindi.

Tadbirda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudiri Yalgʻosh Shomuratov ham soʻzga chiqib, mamlakatimizda taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor tufayli sohada erishilayotgan yutuqlar haqida toʻxtalib oʻtdi va pedagog xodimlarni yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga masʼuliyat bilan yondoshgan holda, yaratilayotgan sharoitlarga munosib ravishda faoliyat olib borishga chaqirdi.

Shundan soʻng, maktab binosini bunyod etgan “Sanjar Diyor building” MChJ rahbariyati tomonidan maktab direktori Nilufar Davletovaga yangi binoning ramziy kaliti tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir ishtirokchilari maktab binosida yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, maktab infratuzilmasi, fanlar boʻyicha maxsus jihozlangan xonalar bilan yaqindan tanishdilar.

Shu kunning oʻzida oʻquvchilar oʻz ustozlari rahbarligida shinam va yorugʻ, zamonaviy sharoitlarga ega sinf xonalarida oʻquv mashgʻulotlarini boshlab yubordilar.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019