16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:28
Qishloq xoʻjaligi 👁 241

“Bu yer hali zoʻr boʻladi…” yoxud Beshtomdagi koʻchat ekish tadbirlari qanday oʻtdi?

“Bu yer hali zoʻr boʻladi…” yoxud Beshtomdagi koʻchat ekish tadbirlari qanday oʻtdi?

Xalqimizda “yaxshidan bogʻ qolar” degan goʻzal maqol bor. Darhaqiqat, musaffo havodan nafas olib yashash ham bir neʼmat, havoning tozaligiga, musaffoligiga tabiatni sevuvchi inson sifatida hissa qoʻshish esa ham foydali, ham savobli ish.

Maʼlumki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda 2021-yildan buyon “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Shu kunlarda yurtimizdagi barcha vazirlik, tashkilot, muassasa va korxonalarda, jumladan, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari tomonidan ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda koʻchat ekish, koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ana shunday xayrli tadbirlarning biri yaqindagina Amudaryo tumanidagi Beshtom mahallasi hududida boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, “Mahalla yettiligi” vakillari, korxona tashkilotlar, boʻlimlar, fuqarolar yigʻinlari masʼullari faol ishtirok etdilar.

Oʻzbek xonadonlarining qaysi biriga tashrif buyurmang undagi fayz-u, barakani his etasiz. Oiladagi tinchlik, oʻzaro hurmat, mehr-oqibat degan tushunchalarga hamohang tarzda daraxt ekib, mevasini dasturxonga tortish, sarxil mevalardan qoʻni-qoʻshnilarga “oʻzimizning bogʻdan!” deya mehr ila ilinish xalqimizga xos boʻlgan ezgu anʼana. Ha, bogʻ yaratishga, koʻchat ekishga ulugʻvor vazifa sifatida qarab, ne hasratda kamolga keltirgan daraxtining qoʻshnining devori tarafiga egilgan shohasidagi mevalarni qoʻshnisiga ataydigan oliyjanob xalqimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.

Tadbir davomida Beshtom mahallasi hududida bogʻ yaratish uchun ajratilgan 10 gektar yer maydonida turli xil mevali daraxtlar koʻchatlari ekildi hamda ekilgan koʻchatlarni parvarishlash va agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida olib borish uchun fargʻonalik bogʻbonlar jalb qilindi.

Ezgu maqsad kishilarni birlashtirsa, oʻsha maqsad albatta amalga oshishi shubhasiz. Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi ham ana shunday ezgu maqsadni koʻzlab, bogʻ yaratish, ekologiya va atrof-muhitni asrab-avaylash kabi ayni damda dolzarb boʻlgan ekologik muammolarga barham berish maqsadida amalga oshirilmoqda.

“Yaxshi dam – mehnatga hamdam” deydi xalqimiz. Tadbir davomida hofizlar tomonidan ijro etilgan dilrabo kuy-qoʻshiqlar bilan koʻchat ekish jarayoni yuqori kayfiyatda davom etdi. Koʻchat ekish ishlariga oʻz hissasini qoʻshgan insonlar uchun dala boshida osh damlanib, tadbir bayramona tus oldi. Yigʻilganlar tadbir soʻngida umid bilan yerga qadalayotgan bu nihollar kun kelib, ulkan boqqa aylanishini, xalqimiz tinchligi hamda yurtimiz osoyishtaligini tilab duoga qoʻl ochdilar.

Ha, atoqli shoirimiz Ibrayim Yusupovning “Sabr qiling yana bir oz, bu yer hali zoʻr boʻladi” degan satrlari bugun oʻz tasdigʻini topayotganday. Kun kelib Beshtomdagi bogʻning soyasida salqinlab, mevalaridan totguvchilar koʻchat oʻtqazgan aziz qoʻllarni alqab, rahmat aytsalar, ajab emas.

Aziza MADRAHIMOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019