16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 19:21
Jamiyat 👁 300

KORRUPTsIYaGA QARShI KURAShIShDA NNT IShTIROKI KENGAYMOQDA

KORRUPTsIYaGA QARShI KURAShIShDA NNT IShTIROKI KENGAYMOQDA

“Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti 2024-yilning fevral oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi huzuridagi jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan grant tanlovida oʻz loyihasi bilan ishtirok etib, gʻolib boʻlgan va loyiha davlat granti bilan moliyalashtirilgan edi. Loyiha orqali korruptsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy va ijodiy usullarni qoʻllash yoʻli bilan davlat va jamiyat farovonligiga hissa qoʻshish maqsad qilingan.

Grant loyihasining ish rejasiga asosan shu maqsadga xizmat qiluvchi sahna asari stsenariysi uchun tanlov eʼlon qilinib, Bayjan Uzaqov qalamiga mansub “Davr dardi” nomli spektakl stsenariysi gʻolib deb topilgan edi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda korruptsiyaning davlat va jamiyatga salbiy taʼsirini chuqur talqin etib, fuqarolarda ushbu illatga nisbatan murosasizlik tuygʻusini shakllantirishga xizmat qiluvchi ushbu asar rejissyor Mars Nuratdinov rahbarligidagi Qoraqalpoq davlat Yosh tomoshabinlar teatri ijodkorlar jamoasi tomonidan sahnalashtirildi.

Loyihaning ish rejasiga asosan spektakl noyabr oyida davlat hokimiyati boshqaruvi organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari uchun namoyish qilindi.

Spektaklda korruptsiyaning fojiaviy oqibatlari hayotiy misollar orqali yoritib berilgan. Taʼmagirlik yoʻlini tanlagan oliygoh oʻqituvchisi talabalardan birini “oʻqishga seni men kiritdim” deya pora talab qiladi. Aytilgan pulni bermasa, uni oʻqishdan chetlatish bilan tahdid qiladi. Asar soʻngida talaba qizning onasi tegishli huquq-tartibot organlariga murojaat qiladi va taʼmagir oʻqituvchi qoʻlga olinib, ozodlikdan mahrum qilinadi. Asarning kulminatsion nuqtasi – uning oila aʼzolari – farzandlari va turmush oʻrtogʻining monologlari har qanday tomoshabinni taʼsirlantirib, halollik va adolatga daʼvat etadi.

Spektaklda ishtirok etgan davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari, shuningdek oliy taʼlim muassasalari talabalari korruptsiyaning naqadar ayanchli oqibatlarga olib kelishi va fojiaviy yakun topishiga guvoh boʻldilar.

Darhaqiqat, korruptsiya jamiyat va davlat rivojiga jiddiy toʻsiq boʻlib, uning oldini olish mamlakat taraqqiyotining muhim shartidir. Oʻzbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib, bu borada keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.  Davlat hokimiyati organlarida shaffoflik va ochiqlikni taʼminlash boʻyicha muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonlarini raqamlashtirish orqali inson omili kamaytirilmoqda. Bu esa poraxoʻrlikka qarshi samarali choralardan biridir. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ham mazkur jarayonda faol ishtirok etmoqda. Mahallalarda korruptsiyaning oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda. Jamoatchilik kengashlari va huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda shaffof muhit yaratishga qaratilgan choralar koʻrilmoqda. 

Bularning barchasi korruptsiyaga qarshi kurashda davlat va jamoatchilikning mushtarak harakati oʻz samarasini berayotganidan dalolatdir.

“Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotining grant loyihasi doirasida sahnalashtirilgan ushbu spektakl ham aholi ongida korruptsiyaga nisbatan murosasizlik tuygʻusini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026