16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:11
Fan va taʼlim 👁 482

36-sonli MTTda “Transport, yoʻl harakati qoidalari” mavzusida seminar oʻtkazildi

36-sonli MTTda “Transport, yoʻl harakati qoidalari” mavzusida seminar oʻtkazildi

Bolaning chaqqon va zehni oʻtkir boʻlib ulgʻayishida taʼlim-tarbiyaga eng dastlabki qadam boʻlmish bogʻchada olingan bilimlar muhim oʻrin tutadi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachilar tomonidan olib boriladigan turli xil dars mashgʻulotlari jajji bolajonlarning kelajakdagi bilim saviyasiga, tasavvur olamining kengayishiga mustahkam poydevor yasaydi.

Yaqinda Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼbasi ish rejasiga asosan 36-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida “Transport, yoʻl harakati qoidalari” mavzusida amaliy koʻrgazmali seminar oʻtkazildi. Seminarda shoʻʼba bosh metodisti Hulkar Babajonova, metodist Saule Patullayeva, tumandagi 2-, 10-, 16-, 20-, 30-, 32-, 44-, 49-, 23-, 31-, 24- va 9-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlarining direktorlari, metodistlari va tarbiyachilari ishtirok etdilar.

Seminarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Maktabgacha talim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻbasi metodisti Jupar Oymuratova ochib berdi. U oʻz nutqida ushbu seminarni oʻtkazishdan maqsad, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishini ragʻbatlantirish, ularning davlat talablari asosida hamda davlat oʻquv dasturiga muvofiq har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga toʻxtalib oʻtdi. Shundan soʻng, shoʻʼba metodisti Hulkar Babajonova soʻzga chiqib, mazkur seminar maktabgacha yoshdagi bolalarning oʻquv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirishda tarbiyachilarning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish uchun tashkil etilganligini aytib oʻtdi.

Boʻlim metodisti Saule Patullayeva esa mamlakatda oʻtkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilgʻor tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlarini inobatga olgan holda maktabgacha taʼlim tizimida maʼnaviy barkamol va intellektual jihatdan rivojlangan shaxsni tarbiyalash davlat talablarining maqsadi ekanligini alohida urgʻuladi.

Shundan soʻng, seminar oʻz ishini boshladi. Qizgʻin bahs va munozaralarga boy oʻtgan seminarda ishtirokchilar oʻzlarining tajribasini hamda amaliy koʻnikmalarini oshirishdi.

Darhaqiqat, bunday seminarlar barcha davlat MTTlarda yil davomida reja asosida tashkil qilinadi, ularda seminar qatnashuvchilari oʻzaro tajriba almashib, oʻzlarining kasbiy mahoratini oshirib boradilar.

Ushbu seminarda ham ishtirokchilar 4 ta guruhga boʻlinib, mashgʻulot olib bordilar. Xususan, 36-sonli davlat MTTning maktabga tayyorlov guruhi tarbiyachisi, metodist Shahlo Yalgʻasheva mavzu boʻyicha mashgʻulot oʻtdi.

Tarbiyachi mashgʻulot davomida mavsumiy oʻzgarishlarni yigʻilganlarga koʻrgazmali qurollar vositasida tushuntirdi. Shu bilan birga, 36-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining katta guruhi tarbiyachisi Nilufar Kamolova, oʻrta guruhi tarbiyachisi Rayhon Kamolova, kichik guruh tarbiyachisi Mavluda Shomuratovalar ham “Transport turlari” mavzusi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtdi. Mashgʻulotlar davomida bolajonlar rivojlantirish markazlariga boʻlinib, amaliy mashgʻulotlar bajardilar. Ayniqsa, qurilish va konstruktsiyalash markazida qurilish materiallari, kubiklar, legolar toʻplamlaridan foydalanib yasagan mashinalar bolalarga oʻzgacha zavq bagʻishladi.

Mashgʻulotlar tarbiyalanuvchilarda jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, nutq va muloqot, oʻqish va yozish koʻnikmalari, bilish jarayonining rivojlanishi, ijtimoiy-hissiy rivojlanish hamda ijodiy rivojlanishni amalga oshirishga qaratilib, bolalar rivojlanishining muayyan sharoitlari, ehtiyojlari va xususiyatlari hisobga olingan holda tashkil etildi.

Mashgʻulot jarayonlari tugagandan soʻng seminar ishtirokchilari bilan mashgʻulotlar tahlil qilindi. Har bir guruh kesimida kuzatuvchilar ushbu mashgʻulotni oʻtkazgan tarbiyachilarning pedagogik mahorati hamda layoqati, yutuqlari, kamchiliklari hamda bolalar bilan birgalikdagi faoliyati, taʼlim-tarbiya jarayonida samarali shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatlari haqida aytib oʻtildi. Seminar kun tartibidagi masala yuzasidan savol-javoblar oʻtkazilib, qatnashuvchilar tomonidan fikr va mulohazalar bildirildi. Mashgʻulotlarning qiziqarli va mazmunli tashkil etganligi uchun alohida minnatdorchilik bildirildi.

“U kim? Bu nima?” deya savollarga koʻmib tashlaydigan bolajonlarimizning barcha savollariga erinmay javob berish, ularni hafsala bilan tinglash, ularning aqliy rivojlanishi uchun vaqt ajratish hamma ota-onaning ham qoʻlidan kelavermaydi. Baʼzan esa vaqt kamlik qiladi. Shu jihatdan olib qarasak, bu borada MTTlari faoliyatining ahamiyati katta, qilayotgan ishlari tahsinga loyiq. Biz esa, ularning xayrli va oʻz navbatida masʼuliyatli boʻlgan ishlariga omad yor boʻlishini tilaymiz.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026