16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:52
Jamiyat 👁 361

Navoiy, Chordara, Boʻston mahallalarida deputat yordami bilan tabiiy gaz bosimi yaxshilandi

Navoiy, Chordara, Boʻston mahallalarida deputat yordami bilan tabiiy gaz bosimi yaxshilandi

Kunlar sovishi bilan tabiiy gazga boʻlgan ehtiyoj yanada ortadi. Insonlar salqin havodan panalanib, uyiga tomon shoshadi. Haqiqatan, issiqqina xonada oʻtirib dars tayyorlaydigan bolaning uyga vazifasi chala-chulpa qolib ketmaydi, issiqqina oshxonada ovqat qiladigan kelinchak doktorga kamroq koʻrinadi, isitish tizimi soz, tabiiy gaz bilan bogʻliq muammo boʻlmagan xonadon egalarining kayfiyati ham ijobiy boʻladi.

Xonadonlarimizga quvurlar orqali yetib keladigan qimmatli boyliklarimizdan biri boʻlgan tabiiy gaz Amudaryo tumani Mangʻit shahrida joylashgan Chordara, Navoiy, Boʻston MFYlarda bir paytlari muammo edi. Tabiiy gaz bosimining pastligi aholining noroziligiga sabab boʻlib kelayotgan edi.

Muhtaram Prezidentimizning maxsus qarori asosida Qoraqalpogʻistonda aholining turmush farovonligini taʼminlash va infratuzilmani yaxshilash masalasiga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Qolaversa, oramizda xalq dardi bilan yashab, xalqning duosini olib kelayotgan, savobtalab insonlar ham yoʻq emas. Ana shunday insonlarning biri – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Quvonchboy Baymuratovning saʼy-harakatlari va tashabbusi bilan bu muammolar ijobiy yechim topdi.

Deputatning amaliy yordami va gaz taʼminoti korxonasi xodimlarining saʼy-harakatlari tufayli Chordara hamda Navoiy mahallalari hududlaridan oʻtuvchi eski gaz quvurlari yangilanib, diametri 219 mm, uzunligi 4,8 km. boʻlgan yangi gaz quvurlari tortildi hamda yuqori bosimli gaz tarmogʻiga ulandi.

Natijada Chordara mahallasidagi 386ta, Navoiy mahallasidaga 355ta hamda Boʻston mahallasidagi 412ta, jami 1 ming 153ta xonadonlar yetarli darajadagi gaz bosimi bilan taʼminlanib, koʻp yillardan buyon aholini qiynab kelayotgan muammolardan biri bartaraf qilindi.

Ushbu xayrli tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ham qatnashib, yangidan oʻrnatilgan gaz quvurlarini borib koʻrdi hamda mutasaddilarga qish mavsumida aholini yetarli miqdorda tabiiy gaz bilan taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Inson hayotida qilgan yaxshiliklari qadar baxtli boʻladi, degan gap bor. Chindanda, suv chiqarish, biror joyni obod qilish singari aholini tabiiy gaz bilan muammolarsiz taʼminlash ham bir yaxshilik. Zero, quvurlar orqali kelayotgan tabiiy gazdan hosil boʻladigan issiq harorat koʻngillarga koʻchib, odamlar qalbini yanada ilitsa ajab emas.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019