16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:02
Fan va taʼlim 👁 476

67-sonli maktabda boʻlib oʻtgan bayram tadbiridan taassurotlar

67-sonli maktabda boʻlib oʻtgan bayram tadbiridan taassurotlar

Hech kim sizning hayotingizga daxl qila olmaydi, haq-huquqlaringizni poymol qilib, sizga zoʻravonlik qilishga hech kimning haqqi yoʻq. Har kim oʻz qilgan ishi uchun oʻzi javob beradi, birovning qilmishi uchun birov tovon toʻlamaydi... Chunki biz qonun ustuvor boʻlgan jamiyatda yashayapmiz. Chunki bizda har qadamda, har nafasda haq-huquqlarimizni himoya qiladigan, “Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar” deya eʼtirof etilgan Konstitutsiya bor! Ha, Konstitutsiya ana shunday muhim hujjat.

Har yili qomusimiz qabul qilingan sana munosabati bilan yurtimizdagi barcha taʼlim maskanlarida, idora va tashkilotlarda, maktablarda turli xil tadbirlar, bayram kechalari oʻtkaziladi. Albatta bunday tadbirlarning maqsadi yosh avlodga, fuqarolarga Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini anglatish, undagi har bir moddaning jamiyat va insonlar hayotida tutgan oʻrnini uqtirish, oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbiga qonun ustuvorligi, adolat, huquq kabi keng tushunchalarni singdirish va ularning huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 67-sonli maktabda bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda maktab oʻqituvchilari hamda oʻquvchilari qatnashdi. Dastlab, tadbirni maktab direktori Hamro Tursunboyev kirish soʻzi bilan ochib  berdi va barcha oʻqituvchilar va oʻquvchilarni Bosh qomusimiz boʻlgan Konstitutsiyamizning 32 yilligi bilan muborakbod etdi. Yuraklarni faxr va iftixor tuygʻulariga toʻldirib Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalari davlat madhiyalari yangradi. Yigʻilganlar qoʻllarini koʻksida tutib, bugungi dorilamon kunlarga shukronalar aytishdi.

Tadbirda maktabning huquq fani oʻqituvchisi Oybek Boltaboyev soʻzga chiqib, oʻquvchilarni bayram bilan tabrikladi, Konstitutsiya va qonunlarning hayotimizda tutgan ahamiyati toʻgʻrisida soʻz yuritdi.

Shundan soʻng, tadbir davomida oʻquvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga oid bir qancha maʼlumotlar berib oʻtildi. Oʻquvchilar Bosh qomusimizdan oʻrin olgan moddalarning ayrimlariga toʻxtalib, ularni tengdoshlariga yoddan aytib berishdi.

Shundan keyin, tadbirning badiiy qismiga navbat berildi. Maktab oʻquvchilari ijrosida dilrabo qoʻshiqlar yangradi. Oʻquvchi qizlar Konstitutsiya haqidagi yod olgan sheʼrlarini aytib berdilar.

Tadbir soʻngida 67-sonli maktabning boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Husnixat ham bir sanʼat” mavzusida oʻtkazilgan koʻrik tanlovning gʻoliblari aniqlandi va tanlovda qatnashib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarga faxriy yorliqlar topshirildi, sovgʻa tariqasida oʻquvchilarga badiiy kitoblar taqdim etildi.

Bugungi kunda inson qadr-qimmati, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash gʻoyasi davlatimizning butun ichki va tashqi siyosatining tamal toshiga, Yangi Oʻzbekistonda olib borilayotgan demokratik islohotlarning eng muhim harakatlantiruvchi kuchiga hamda ushbu ezgu saʼy-harakatlarni oʻzaro bogʻlab turuvchi muhim omilga aylandi. Shunday ekan, Bosh qomusimizdan joy olgan moddalarning mohiyatini anglash, haq-huquqlarimizni bilishimiz va amalda ularni qoʻllay olishimizda huquqiy ong va huquqiy savodxonlikning ahamiyati katta. Shu jihatdan olib qaraydigan boʻlsak, oʻtkaziladigan bu kabi tadbirlar oʻquvchilar uchun ham, jamoatchilik uchun ham birday ahamiyatlidir.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026