16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 11:41
Jamiyat 👁 591

TUMANIMIZDA “XAVFSIZ HUDUD” MAXSUS PROFILAKTIK NAZORAT TADBIRLARI AMALGA OShIRILMOQDA

TUMANIMIZDA “XAVFSIZ HUDUD” MAXSUS PROFILAKTIK NAZORAT TADBIRLARI AMALGA OShIRILMOQDA

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini taʼminlash hamda jamiyatda qonunlarimizga hurmat va itoatkorlik, fuqarolar oʻrtasida jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, soha masʼullari tomonidan joylarda jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilayotgani bu boradagi ishlar natijadorligini oshirmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining 2024-yil 11-noyabrdagi Farmoyishiga asosan qabul qilingan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining farmoyishiga koʻra, 2024-yilning 11-noyabr va 2025-yil 2-yanvar kunlari oraligʻida Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik dolzarb 50 kun sifatida belgilanib, ishchi guruh tarkibi tasdiqlangan edi. Ayni kunlarda ishchi guruh tomonidan Amudaryo tumanida ham dolzarb 50 kun doirasida profilaktik nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Nazorat tadbirlari jarayonida Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan aholiga jamoat xavfsizligi toʻgʻrisida tushunchalar ham berib borilmoqda.

Avvalo, jamoat xavfsizligi – bu shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy manfaatlarini toʻsqinliksiz amalga oshirishni taʼminlash, turli koʻrinishdagi xavf-xatarlarning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan jamoat munosabatlari ekanligi, fuqarolar va davlatning osoyishtaligiga, insonlarning salomatligiga xavf soluvchi har qanday hatti-harakatlarning kelib chiqishiga qarshi tez va ishonchli choralar koʻrish, bu boradagi fuqarolarning burch va majburiyatlari toʻgʻrisida masʼullar tomonidan atroflicha maʼlumotlar taqdim etilib, yoʻllarda harakatlanish madaniyatiga amal qilish zarurligi haqida tushuntirishlar, tavsiyalar berilmoqda.

Shuni alohida qayd etish kerakki, soʻnggi yillarda xalqimizning iqtisodiy farovonligi oshib, deyarli har 5 xonadondan birida yengil avtomobil yoki skuterlar mavjud. Oddiy, xalqona til bilan aytganda, yoʻllarimiz toʻla mashina. Bu farovonlik biz uchun qanchalik yoqimli boʻlishidan qatʼiy nazar, yoʻllarda ehtiyotkorlik va ogohlikni unutishga haqqimiz yoʻq. Chunki salgina ehtiyotsizlik tuzatib boʻlmas xatolarni keltirib chiqarishi, yoʻl harakati qoidalariga amal qilmaslik insonlar oʻlimiga yoki umrbod nogiron boʻlib qolishlariga olib kelishi hech gap emas.

Shuningdek, jamoat joylarida, toʻyxonalar, istirohat bogʻlari, umumtaʼlim muassasalari, bozorlar atrofida spirtli ichimlik taʼsirida shovqin koʻtarish, begunoh fuqarolarni haqoratlash, taʼlim-tarbiya jarayoniga, insonlarning dam olish, hordiq chiqarish damlariga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xatti-harakatlar sodir etishga moyil huquqbuzar fuqarolarning jamiyatda oʻzini tutish qoidalariga amal qilmasliklari oqibatida kelib chiqadigan koʻngilsiz hodisalar tufayli ayrim holatlarda bunday shaxslarga nisbatan qonuniy choralar koʻrilayotgani ham sir emas.

Bu kabi koʻngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida ishchi guruh aʼzolari tomonidan Amudaryo tumanining barcha hududlarida nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 11-noyabr sanasidan boshlangan dolzarb 50 kunlik “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik nazorat tadbirlari 2025-yil 2-yanvargacha davom etadi va mazkur tadbir doirasida rejaviy asosda tumanimiz aholisining xavfsizligi va osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan “Tigʻ”, “Xavfsiz tun”, “Yoʻl qoidasi – umr foydasi”, “Svetofor” kabi maʼrifiy suhbatlar, tushuntirish-targʻibot ishlari ham olib boriladi.

Qadrli yurtdoshlar, jamoat xavfsizligini taʼminlashga hissa qoʻshish har bir fuqaroning ishi. Chunki har qanday xavf-xatardan xoli hududda rivojlanish va taraqqiyot, tinchlik hokim boʻladi, oilalarda xotirjamlik hukm suradi. Xotirjamlik esa har bir insonga baxtiyorlik baxsh etadi. Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami arafasida har biringizni jamoat xavfsizligini taʼminlashga munosib hissa qoʻshishga chaqiramiz.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026