16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:30
Salomatlik 👁 680

Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlari aholini ogohlikka chorlaydi

Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlari aholini ogohlikka chorlaydi

Kunlar sovishi bilan odamlar orasida gripp kasalligi avj ola boshlaydi. Ushbu kasallikning xavfli jihati bu – odamdan-odamga tez fursatlarda yuqishida va ayrim hollarda asorati ogʻir kechishidadir. Ushbu kasallikka chalingan koʻpchilik bemorlar, odatda uyida, oʻzi bilganicha davolanishga harakat qilishadi. Ammo har qanday kasallikka mutaxassis tavsiyasi asosida chora koʻrilsa, kasallikdan tezroq xalos boʻlish ehtimoli shunchalik yuqori boʻladi.

Gripp – bu oʻtkir yuqumli, havo-tomchi yoʻli orqali oʻtuvchi, asosan yuqori nafas yoʻllarini zararlovchi kasallik boʻlib, butun dunyo boʻyicha har yili gripp epidemiyasi kuzatiladi.

Gripp virusi asosan havo-tomchi yoʻli orqali – gaplashganda, yoʻtalganda va aksa urganda bemordan sogʻlom odamga yuqadi. Kasallik toʻsatdan boshlanganda harorat 38-40 darajagacha koʻtariladi, quvvatsizlik, bosh ogʻrishi va mushaklarda, koʻz olmalarini bosganda va ular harakatlanganda ogʻriqlar, tomoq qurishi va qichishi, burun bitishi va quruq yoʻtal kuzatiladi. Kasallikka jismoniy va ruhiy zoʻriqish holatlari, toʻgʻri ovqatlanmaslik yoki toʻyib ovqatlanmaslik, dam olishning yetarli boʻlmasligi, isteʼmol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarida suyuqliklarning, vitaminlarning va mikroelementlarning yetarli boʻlmasligi sabab boʻladi. Shuningdek, sogʻlom turmush tarziga rioya qilinmasligi yaʼni zararli odatlar hisoblangan chekish, ichkilikbozlik, jismoniy faollikning kamayishi, ortiqcha vazn hosil boʻlishi natijasida immunitetning pasayishi ham gripp kasalligiga chalinishimizga sabab boʻlishi mumkin.

Amudaryo tuman sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab, grippga oʻxshash kasalliklar, oʻtkir respirator hamda ogʻir oʻtkir respirator va oʻtkir pnevmoniya kasalliklari boʻyicha amalga oshiriladigan epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish shtabi tashkil qilingan. Bugungi kunda ushbu shtab tomonidan tumanimiz hududida 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumi oldidan gripp kasalligiga qarshi emlanishi lozim boʻlgan kontingentlar aniqlanib, gripp kasalligiga qarshi Grippol plyus profilaktik emlash vaktsinasi 9 ming 175 doza olib kelindi.

Vaktsinalar tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli barcha koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar, oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokorlik punktlariga tarqatildi hamda 9 ming 175 nafar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchi barcha bolalarni gripp kasalligiga qarshi profilaktik emlash koʻzda tutilgan boʻlib, hozirgi kunda rejada belgilangan kontingentlar toʻliq emlandi. Endilikda bolajonlarimiz ushbu yuqumli kasallikka chalinmasdan, mavsum davomida oilasi va qadrdon bogʻchalari bagʻrida sogʻlom ulgʻayishsa ajab emas.

Amudaryo tuman sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan tumanimiz aholisi orasida gripp va oʻtkir respirator virusli infektsiyalarning oldini olish boʻyicha tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasida targʻibot tadbirlari olib borilmoqda. Tadbirlar davomida tibbiyot xodimlari tomonidan bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, shamollash belgilari boʻlmagan sogʻlom bolalarni emlash ishlari olib borildi. Albatta, bunday profilaktik chora-tadbirlar kelgusida oʻzining ijobiy samarasini beradi.

Mutaxassislar kasallik yuqqanda uyda qolib, yotoq tartibiga rioya qilishni va hududiy shifokorni uyga chaqirishni tavsiya qiladilar. Shuningdek, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling, qoʻlingizni tez-tez sovunlab yuving, ogʻiz va burningizni yoʻtalganda va aksa urganda yoping. Xonani muntazam shamollatib turing. Shaxsiy sochiq va idish-tovoqlardan foydalaning. Iloji boricha koʻproq suyuqlik iching, iliq choy, kompot, sharbatlar, naʼmatak va har xil oʻtlardan damlamalar qabul qiling. Bu orqali siz oʻzingizni kasallikdan himoya qilgan boʻlasiz. Shu bilan birga, keksa yoshdagi odamlar, maktabgacha yoshda boʻlgan bolalar, homilador ayollar, surunkali kasalliklari bor insonlar, tez-tez oʻtkir respirator kasalliklar bilan ogʻriydigan bemorlarda kasallik asoratli kechadi.

Xulosa qilib aytganda, gripp kasalligidan saqlanishning eng samarali usuli kasallikka qarshi profilaktik emlash hisoblanadi. Shuningdek, grippga chalingan bemorlardan uzoqroq boʻlish, odam gavjum boʻladigan tadbirlarga bormaslik, infektsiya yuqish xavfini kamaytirish uchun toʻrt qavatli doka taqish orqali ham kasallikning oldini olgan boʻlasiz.

Darhaqiqat, har qanday bayram, oʻyin-kulgi va tantana sogʻlomlikda goʻzal!

Ayni kunlarda xalqimiz Yangi yil bayramini nishonlash uchun qizgʻin taraddud koʻrmoqda. Xarid qilingan har bir oziq-ovqat mahsulotining saqlash sharoiti, yaroqlilik muddati va sifatini kafolatlovchi hujjatlari mavjudligiga eʼtibor qaratish orqali oʻzingizning va yaqinlaringizning salomatligiga gʻamxoʻrlik qilgan boʻlasiz.

Ovqatdan zaharlanish va shu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida, Yangi yil bayrami arafasida tuman Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimining malakali mutaxassislari tegishli buyruq asosida bozorlar va markaziy koʻchalarga biriktirildi. Ayni kunlarda biriktirilgan mutaxassislar va Mangʻit dehqon bozori hududidagi veterinariya-sanitariya laboratoriyasi xodimlari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi muntazam oʻrganilib kelinmoqda. Oʻrganishlar davomida organoleptik koʻrsatkichi oʻzgargan, sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi gigiyenik va muvofiqlik sertifikati boʻlmagan, uy sharoitida tayyorlangan bankali konservalar va salatlar tegishli tartibda savdodan chetlatilmoqda.

Shu oʻrinda yurtdoshlarimizdan uy sharoitida tayyorlanib, koʻcha-kuylarda sotilayotgan bodring, pomidor, baqlajon, patisson marinadlari kabi har xil konservalar va turli xildagi pirojniy, tort va qandolat mahsulotlarini isteʼmol qilmaslikni tavsiya qilamiz. Kundalik turmushda konserva hamda har xil turdagi qandolat mahsulotlarini turgʻun savdo shoxobchalaridan xarid qilishni, yaroqlilik muddati oʻtgan, ishlab chiqarish korxona nomi, yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan oziq-ovqat mahsulotlari, bankali konservalar, tortlar, turli xildagi pishiriqlar va boshqa qandolat mahsulotlari hamda salatlarni isteʼmol qilishdan tiyilishni tavsiya qilamiz. Bu mahsulotlarni xarid qilish vaqtida yaroqlilik muddatlariga eʼtibor berishingizni soʻraymiz. Zero, har birimiz oʻz salomatligimiz uchun oʻzimiz masʼul ekanligimizni unutmaylik!

Mirzabek Amankulov, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi vrach-epidemiologi,

Munavvar Kashkarova, shu boʻlimning sanitariya vrachi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026