16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:34
Fan va taʼlim 👁 241

63-sonli umumtaʼlim maktabida savodxonlik bayrami boʻlib oʻtdi

63-sonli umumtaʼlim maktabida savodxonlik bayrami boʻlib oʻtdi

Har yili Yangi yil bayrami yaqinlashgan pallalarda yurtimiz maktablaridagi 1-sinf oʻquvchilari “Alifbe” kitobi bilan xayrlashib, “Oʻqish” kitobi bilan tanishishni boshlaydilar. Barcha harflar bilan tanishib, yod olgan jajji oʻquvchilar asta-sekinlik bilan harflardan soʻzlar tuzishni, keyinchalik esa soʻzlardan gaplar tuzishni oʻrganishadi. Bunda ularga albatta ustozlari yaqindan yordam berishadi, bilmaganlarini oʻrgatib, ilm olishda yoʻl-yoʻriq koʻrsatadilar. Shuningdek, ustozlari jajji bolajonlarga “Vatan”, “ona”, “maktab” kabi tushunchalarning mazmuni uqtirishadi. Bir-biridan qiziqarli mavzularda darslar oʻtib, oʻquvchilarning shaxsiy fikri va dunyoqarashi bilan qiziqishadi. Savodxonlik bayrami esa, oʻquvchi hayotida yangi bir sahifa ochadigan va ilm-u, maʼrifat tantana qiladigan qadrdon bayramdir.

Amudaryo tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 63-sonli umumtaʼlim maktabida ham ana shunday bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda maktabning 1-sinf oʻquvchilari va ularning ota-onalari, sinf rahbari Nilufar Iskandarova, maktab direktori Akbar Rajapov, maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Ravshanbek Shomurotov, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahrom Shermanov, Jumurtov shaharcha fuqarolar yigʻini raisi Damir Xoʻjamurodov hamda ustozlar, maktab oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirni maktab direktori Akbar Rajapov kirish soʻzi bilan ochib berdi va 1-sinf oʻquvchilarini Alifbedagi harflarni aʼlo darajada oʻrganib chiqishgani bilan tabriklab, ilm dunyosi tomon qoʻyayotgan ilk qadamlari qutlugʻ boʻlishini tiladi.

Shundan keyin, 1-sinf sinf rahbari Nilufar Iskandarova boshchiligida tashkillashtirilgan bayram kechasining badiiy qismiga navbat berildi. Jajji oʻquvchilar Alifbedan oʻrin olgan harflarga atab sheʼrlar aytishdi. Turli xil mavzularda bir-biridan ajoyib qoʻshiqlar kuylashib, raqsga tushdilar.

Ha, savodxonlik bayrami har bir kichkintoyning hayotidagi eng hayajonli va unutilmas kun. Chunki ular ushbu kunda bogʻchada oʻtkazilgan tadbirlardagi ishtirokidan farqli oʻlaroq, ilk marotaba oʻz isteʼdodlarini, qobiliyatlarini sahnada namoyon qiladilar. Bogʻchada yodlashga topshiriq qilib berilgan sheʼrlarni ota-onalari va aka-opalari koʻmagida yodlashgan boʻlsa, endilikda maktabdagi topshiriqlarni oʻzlari erkin turda bajarishga harakat qiladilar. Demak, maktab bilim berishdan tashqari, insonni mustaqil boʻlishga va oʻz ustida oʻzi ishlashga ham oʻrgatadi.

Maʼlumot oʻrnida, “Alifbe” soʻzi arab alifbosining dastlabki ikki harfi – “alif” va “be”larning birikishidan hosil boʻlgan. Biror-bir tilning harflar sistemasi maʼlum bir tartibda joylashtirilgan yozuv belgilari yoki boʻgʻin belgilar majmui Alifbo deyiladi. Ilk alifbo miloddan avvalgi 2000-yil oxirlarida shakllangan degan taxminlar mavjud. Fanda bundan ilgari Misr iyerogliflari sanoq tizimi mavjud boʻlgan, degan faazlar ham bor.

Turkiy xalqlarning Oʻrxun-Enasoy va Uygʻur yozuvlari boʻlgan. Ularni aks ettirgan harflar jadvali tovush belgilari haqidagi boshqa manbalardagi maʼlumotlar hamda ana shu yozuv vositasida bitib qoldirilgan qadimiy yodgorliklar asosida tuzilgan.

Tadbir soʻngida bayram kechasiga Qorbobo va Qorqiz tashrif buyurishdi. Aziz bolajonlarni va ustozlarni Yangi yil bilan tabriklab, oʻquvchilarning bayramga tayyorlab kelgan sheʼrlarini tinglashdi. Shundan soʻng, Qorbobo bolajonlarni yana bir bora yangi yil va savodxonlik bayrami bilan tabriklab, oʻzi bilan birga olib kelgan sovgʻalarini ulashdi.

Ha, oramizda saxovatpesha va qoʻli ochiq insonlar koʻp. Ana shunday insonlardan biri, soʻzimiz avvalida tilga olganimiz – xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Bahrom Shermanovdir. U bolajonlarni qoʻshaloq bayramlar bilan tabriklab, oʻquvchilarni xursand qilish maqsadida oʻz hisobidan tayyorlab kelgan sovgʻalarni ulashib, ularning kelgusidagi oʻqish va ishlariga zafarlar tiladi. Bayram bahona oʻquvchilarning koʻngillariga olam-olam quvonch ulashdi.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019