16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:12
Fan va taʼlim 👁 391

1-sonli maktabda Yangi yil munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi

1-sonli maktabda Yangi yil munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi

Yangi yil – qalblarga oʻzgacha quvonch va hayajon ulashuvchi, kattalarni ham bir zumga bolalikka qaytaradigan ajib moʻʼjizaviy bayram! Ushbu bayram shukuhi kezib yurgan pallalarda xonadonlarimiz goʻzalikka burkanadi. Uyimiz toʻridan joy olgan archaning shoxlariga turli bezaklarni ilib, kichkintoylarga qoʻshilib, biz ham suyunamiz. Ha, Yangi yil kayfiyati yurtdoshlarimizni ancha vaqtgacha tark etmaydi. Uyimizdagi mehr ila bezatilgan zarlar esa, to qish tugamaguncha olib tashlanmaydi. Albatta, bu odamlarning naqadar Yangi yilni sevishidan dalolat. Uning boshqa bayramlardan farqi ham shunda.

Shu bilan birga, Yangi yil yurtimizdagi barcha muassasa va tashkilotlarda, taʼlim maskanlarida koʻtarinki ruhda nishonlanadi. Joylarda bayram munosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbirlarning biri ikkinchisini takrorlamaydi. Har bir bayram tadbirining oʻziga xos tomoni bor. Masalan, yaqindagina Amudaryo tumanidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan “Moʻʼjizaviy yangi yil”  mavzusi ostida tashkil qilingan bayram tadbirini boshlovchilar oʻzbek tilidan tashqari, rus va ingliz tillarida ham olib borishdi. Bu esa, bayram kechasining nafaqat oʻzgacha oʻtishini taʼminladi, balki bayramda qatnashayotgan boshqa oʻquvchilarning ham chet tillari boʻyicha savodxonligining ortishiga hissa qoʻshdi.

Bayram sahnasi rang-barang dekoratsiyalar va qishki manzaralar tushirilgan rasmlar, yulduzchalar bilan bezatildi. Bu esa, yigʻilganlarning koʻngillariga bayramona ruh olib kirdi.

Bayram tadbirini maktab direktori Dilrabo Sherboyeva ochib berdi hamda oʻqituvchilarni va oʻquvchilarni bayram bilan tabriklab, ularning oʻqish va ishlarida zafarlar tiladi.

Shundan soʻng bayram tadbirining badiiy qismiga navbat berildi. Sahnada turli yoshdagi oʻquvchilar jozibali raqslarga tushib, yigʻilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Keyin esa, bazmga Qorbobo va Qorqiz tashrif buyurib, bolajonlarga bayram sovgʻalarini taqdim etdilar. Ular bilan birgalikda qish faslining tarovati, goʻzalliklari haqida suhbatlashdilar. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari sahnaga chiqib, oʻzlarining qish va yangi yil haqidagi sheʼr va qoʻshiqlarini aytib berishdi. Ayniqsa, 6-sinf oʻquvchilarining “Jingle Bells” qoʻshigʻiga raqsga tushishi davraga oʻzgacha fayz bagʻishladi.

Shuningdek, bolajonlarning sevimli ertaklaridan biri boʻlgan “Oppogʻoy va yetti gnom” ertagi asosida sahnalashtirilgan bayram ertagi tomoshasi yigʻilganlarni bir zumga ertaklar olamiga olib kirganday boʻldi. Shu tariqa bayram kechasi bir-biridan ajoyib bayram qoʻshiqlari ijrosi bilan davom etdi.

Ayniqsa, oʻquvchilar ijrosida yangragan “Buratino”, “Kalinka”, “Ten ten nad vodoy”, “Sneg idyot” kabi qoʻshiqlar va raqslar bayram qatnashchilarining olqishlariga sabab boʻldi. Tadbir oʻquvchilarda olam-olam taassurot qoldirdi.

Albatta, bu kabi tadbirlar oʻquvchilarda ijodiy qobiliyatlarini shakllantirgani, bir-birlari bilan oʻzaro hamjihatlikda ishlashish koʻnikmalarini oʻstirishi, jamoa boʻlib, oʻz isteʼdodlarini rivojlantirishi, shuningdek, darsdan tashqari boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazgani bilan ahamiyatlidir.

Soʻzimiz avvalida Yangi yil kattalarni ham bir zumga bolalikka qaytaradi, deb aytgan edik. Ha, chindan ham shunday. Sababi, Yangi yilda har bir inson qachonlardir Qorbobodan sovgʻa kutgan. Derazadan moʻralab, Qorbobo kelishini intiqlik bilan sogʻingan. Ulgʻaygach esa, koʻpchilik Yangi yil arafasida yaqinlaridan bayram tabriklari, bayram sovgʻalari qabul qilishadi. Kimdir farzandidan, kimdir esa qoʻshnisidan, qarindoshidan.

Soʻzimiz soʻngida ana shu sovgʻalarga qoʻshaloq tarzda, kirib kelgan yangi 2025-yil insonlarga kutilmagan hadyalar va kutilmagan xushxabarlarni tortiq qilsin, deymiz.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026