16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 22:01
Jamiyat 👁 349

Tuman Prokuraturasi: bosh maqsad — qonun ustuvorligi va adolatni taʼminlashdan iborat

Tuman Prokuraturasi: bosh maqsad — qonun ustuvorligi va adolatni taʼminlashdan iborat

Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 19-dekabrda qabul qilingan qonuni bilan 8-yanvar – Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni etib belgilangan. Prokuratura organlari davlat va jamiyatning barqaror taraqqiyotini taʼminlashda muhim rol oʻynaydi. Ularning asosiy vazifalari qonun ustuvorligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va adolatni taʼminlashdan iborat.

Amudaryo tumani Prokuraturasi xodimlari ham “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq idoralar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat oʻrnatishda faollik koʻrsatib kelmoqda. Shu maqsadda muntazam ravishda oʻrganishlar oʻtkazilib, natijalari boʻyicha qonuniy choralar koʻrib kelinmoqda.

Tuman prokurorining oʻrinbosari Omirbay Xudaybergenov tomonidan tuman Ichki ishlar boʻlimi Jamoat xavfsizligi boʻlinmasi Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda toʻy sayllari chogʻida avtotransport vositalarining guruh boʻlib harakatlanishi yoʻl harakati xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani qayd qilinib, bu borada huquqbuzarlar ishtirokida tushuntirish ishlari olib borildi.

Toʻy sayllarida haydovchilar oʻrtasida bellashuvlar oʻtkazish holatlari yoʻllarda toʻqnashuv xavfini oshirib, avtomashina ichidagi yoʻlovchilar va yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilari hayotini xavf ostiga qoʻyishi mumkinligi taʼkidlanib, bunday noxush holatlarning oldini olish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Amudaryo tumani prokurorining yordamchisi Sanjar Abdullayev tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimida oʻtkazilgan oʻrganish davomida sohada qonun buzilish holatlarining oldini olish hamda qonunchilikka rioya qilish jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini taʼminlash uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd qildi. Shu maqsadda kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirishda korruptsiyaning oldini olish uchun barcha jarayonlarni shaffoflashtirish, davlat yordami va bandlikni taʼminlashga qaratilgan dasturlarning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, bandlik xizmatlari va ijtimoiy yordam taqdim etishda aniq va shaffof tartiblarni ishlab chiqish muhimligi qayd qilindi.

Uchrashuvda kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish maqsadida ajratilgan mablagʻlarning noqonuniy sarflanishiga yoʻl qoʻymaslik, boʻlim tomonidan aholiga xizmatlar koʻrsatishda korruptsiya va taʼmagirlik holatlarining oldini olish, kambagʻallikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish uchun muntazam oʻquv kurslarini tashkil qilish, aholi bilan ishlashda xodimlarning etika meʼyorlariga rioya qilishi boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borildi. 

Amudaryo tumani prokurorining katta yordamchisi Sharyar Joldasov tomonidan tuman elektr taʼminoti korxonasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish xolatlarining oldini olish, bunday holatlar aniqlanganda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish, elektr taʼminotidagi avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida korxona xodimlari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda elektr taʼminoti sohasida qonun buzilish holatlarining oldini olish davlatning iqtisodiy barqarorligi, jamiyat farovonligi va xavfsizlikni taʼminlash uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd qilindi.

Elektr energiyasiga boʻlgan talabning oshib borishi sharoitida uning oqilona taqsimoti hamda oʻz vaqtida amalga oshiriladigan hisob-kitob ishlari bu sohadagi samaradorlik va barqarorlikni taʼminlaydi. Masʼullarga tarmoqqa noqonuniy ulanishlar va energiya oʻgʻriliklarining oldini olish, qurilmalarni qonunga xilof ravishda oʻzgartirish, hisoblagichlarni oʻzboshimchalik bilan sozlashga harakat qilish kabi holatlarga barham berish, shu maqsadda muntazam ravishda reydlar oʻtkazish lozimligi qayd qilindi.

Shuningdek, Amudaryo tuman Prokuraturasi tomonidan qurilishga oid davlat dasturlari ijrosi ahvoli ham oʻrganilmoqda. Amudaryo tumani prokurorining katta yordamchisi Sharyar Joldasov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentyabrdagi “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida qishloq joylarni barqaror rivojlantirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Amudaryo tumanining Olmazor mahallasi hududida 120-oʻrinli, Arna boʻyi mahallasi hududida 150-oʻrinli yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti binosini qurish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Oʻrganish davomida obʼektlarni oʻz muddatida va sifatli topshirish, ishchi kuchi va maxsus texnikalar sonini koʻpaytirish orqali ishlarni jadallashtirish, qurilish materiallarini mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish va  energotejamkor uskunalardan foydalanish lozimligi taʼkidlanib, ishchilarni rasmiy sektorga oʻtkazish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, tumandagi Doʻstlik mahallasi hududida qurilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida amalga oshirilayotgan qurilish ishlar ahvoli ham koʻzdan kechirilib, koʻp qavatli uylarni oʻz muddatida va sifatli holda foydalanishga topshirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Qonunchilikka muvofiq prokuratura organlari qonunlar ijrosini nazorat qiladi va barcha fuqarolar, tashkilotlar hamda davlat organlari qonunlarga amal qilishini taʼminlaydi. Bu jamiyatda adolat va huquqiy tartibotni mustahkamlaydi. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari buzilganda prokuratura organlari ularni tiklash uchun choralar koʻradi. Buning natijasida jamiyatda huquqiy xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlik taʼminlanadi. Shunday ekan, davlat va jamiyat taraqqiyotida prokurata organlari xizmatchilarining oʻrni nihoyatda ahamiyatlidir. Fursatdan foydalanib, soha xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklab, sharafli va masʼuliyatli ishlarida omad va zafarlar tilaymiz!

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026