16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:19
Qishloq xoʻjaligi 👁 438

Bir guruh qishloq xoʻjaligi sohasi fidoyilari taqdirlandi

Bir guruh qishloq xoʻjaligi sohasi fidoyilari taqdirlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktyabrdagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq sohada fidoyilik bilan mehnat qilayotgan fermerlarni, soha mutaxassislarini ragʻbatlantirish yoʻlga qoʻyilgan edi. Hujjat asosida “Ilgʻor fermer”, “Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishonlari taʼsis etilib, mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi tarmogʻini rivojlantirish ishlariga munosib hissa qoʻshgan soha xodimlarining mehnati munosib eʼtirof etib kelinmoqda.

13-yanvar kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida tumanda qishloq xoʻjaligi sohasida samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh fermer va dehqon xoʻjaliklari rahbarlari, tomorqachilar taqdirlandi.

Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib, soʻnggi yillarda mamlakatimizda agrar soha rivoji yoʻlida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar xususida soʻz yuritdi. Tuman hokimi oʻz nutqida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi rivojini yangi bosqichga olib chiqish borasida yaratilayotgan mislsiz imkoniyatlar hamda shart-sharoitlar xususida toʻxtaldi hamda ulardan unumli foydalanib, yangi yutuq va muvaffaqiyatlarga erishish yoʻlida fermerlar, dehqonlar va tomorqachilarga omad va muvaffaqiyatlar yor boʻlishiga talakdosh boʻldi.

Tadbirda mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, uning iqtisodiy qudratini va eksport salohiyatini yuksaltirish, xalqimizning rizq-roʻzi va farovonligini, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, qishloq xoʻjaligining paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavot-polizchilik, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik va boshqa yoʻnalishlarida samarali faoliyat koʻrsatayotgan tumanimizdagi bir guruh fermerlar mehnati eʼtirof etildi.

Zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanayotgan hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishayotgan, ularni qayta ishlash, saqlash, tayyorlash va eksport qilish ishlarida salmoqli natijalarni qoʻlga kiritayotgan, koʻp tarmoqli faoliyatni yoʻlga qoʻygan, moddiy-texnik bazasi mustahkam, tajribali 17 nafar ilgʻor fermer xoʻjaliklari rahbarlariga “Ilgʻor fermer” koʻkrak nishoni topshirildi.

Shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishayotgan, zarur agrotexnik tadbirlarga rioya etgan holda ajratilgan yer uchastkalaridan samarali va oqilona foydalanib, aholiga arzon va sifatli mahsulotlarni yetkazib berish, ularni belgilangan sifat standartlari talablari asosida saqlash va eksport qilish ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh dehqonlarning ham fidoyi mehnatlari eʼtirof etildi.

Ilgʻor mahalliy va xorijiy tajribalarni puxta oʻzlashtirib, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etayotgan, ekin maydonlari unumdorligini oshirish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirayotgan 5 nafar mirishkor dehqon xoʻjaliklari rahbarlariga va aʼzolariga “Mehnatkash dehqon” koʻkrak nishoni topshirildi.

Bundan tashqari, shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan samarali va oqilona foydalanib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishayotgan, sohaga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda ekologik va organik toza, arzon va sifatli mahsulotlarni yetishtirish hamda ichki bozorni ular bilan barqaror taʼminlash, yangi serhosil navlarni koʻpaytirish ishlariga munosib hissa qoʻshayotgan, dehqonchilik madaniyati va sir-asrorlarini puxta egallagan, shuningdek, jamoat ishlaridagi faolligi bilan aholi oʻrtasida alohida hurmatga sazovor boʻlgan 16 nafar tomorqa yer egalari “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Biz ham mehnatlari eʼtirof etilgan ilgʻor fermerlar, mehnatkash dehqonlar va namunali tomorqachilarni ushbu yutuqlari bilan tabriklab, tumanimizdagi barcha qishloq xoʻjaligi sohasi fidoyilarining navbatdagi qishloq xoʻjaligi yilini ham moʻl hosil, yuksak xirmon va yuqori daromad bilan yakunlashlariga tilakdoshmiz.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019