16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:49
Fan va taʼlim 👁 408

22-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi

22-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil topganiga 33-yil toʻlishi va Vatan himoyachilari kuni mamlakatimiz boʻylab katta shodiyonalar bilan nishonlanmoqda. Bu bayram xalqimiz uchun yuksak ahamiyatga ega boʻlib, sohada fidokorlik koʻrsatgan insonlar, Vatanimiz tinchligini saqlayotgan jasur yigitlarimizga hurmat va ehtirom ramziga aylangan. Qolaversa, xalqmizning yurt posbonlariga boʻlgan bunday mehri yosh avlodda vatanparvarlik tuygʻularini kuchaytiradi. Ana shunday quvonchli kunda Amudaryo tumanining Qilichboy ovulidagi 22-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida ham bayramona tadbir tashkil qilindi.

Kichkintoylarning sevimli muassasasi xonalari ushbu kunda alohida goʻzallik bilan namoyon boʻldi. Harbiy mavzudagi bezaklar, bolajonlarning ijodiy ishlari va bayramona shiorlar bilan bezatilgan zal mehmonlarda iliq tassurotlar uygʻotdi. Tadbirni tashkilot rahbari Nilufar Yusupova tabrik soʻzi bilan ochib, tashrif buyurgan ota-onalar, mehmonlar va tarbiyalanuvchilarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi. U oʻz nutqida Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlab, maktabgacha taʼlim tizimi bu borada muhim oʻrin tutishini, ayniqsa, bolalar qalbida vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmatni yoshlikdan boshlab shakllantirish lozimligini qayd etdi.

Darhaqiqat, yoshlarni yuksak axloqiy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ularning vatanga boʻlgan muhabbatini mustahkamlash, mard va yurtga sadoqatli avlodni voyaga yetkazish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

Tadbirning badiiy qismi jajji askarlar ijrosida kuylangan Davlat Madhiyasi bilan boshlandi. Ayniqsa, harbiy libosdagi kichkintoylarning yurt madhiyasini koʻtarinki ruhda joʻshqin ijro etishi, ota-onalar qalbiga faxru-iftixor tuygʻularini baxsh etdi. Bayramning badiiy qismi bolajonlarning isteʼdodi va shijoatini oʻzida aks ettirdi. Ular oʻz sheʼrlarida Vatan, mardlik va jasoratni madh etib, yurtga boʻlgan bolalarcha muhabbatini namoyish qildi.

Chindan ham, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning dunyoqarashini kengaytirish va ijodkorlik qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish maqsadida oʻtkazilayotgan bunday tadbirlar, musobaqalar va turli koʻrgazmalar yosh avlodning jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga zamin yaratishi shubhasiz. Albatta, har bir bolaning qalbiga Vatan tuygʻusini singdirishda tarbiyachilarning hissasi katta. Shuningdek, yosh avlodni Vatanni sevuvchi, jasoratli va fidoyi insonlar sifatida voyaga yetkazish mamlakatimizning porloq kelajagini taʼminlashda muhim omil hisoblanadi.

Tadbirda “Leytenant” nomli qoʻshiqqa tayyorlangan raqs kichkintoylarning harbiycha harakatlari, musiqaga hamohang chiqishlari bilan alohida taassurot qoldirdi. Tayyorlov guruhi bolalarining mardona harakatlari va katta guruh qizlarining nafis ifodalari raqsga oʻzgacha koʻrk bagʻishladi.

“Askarlar” raqsi esa tadbirning hayajonli lahzasiga aylandi. Ushbu raqs orqali kichkintoylarning har bir qadamida ona Vatanga boʻlgan cheksiz muhabbati jangovar musiqaning joʻshqin ohanglari bilan uygʻunlashgan holda aks etdi. Bolajonlarning ushbu chiqishi tomoshabinlar qalbini zabt etib, davomli olqishlarga sazovor boʻldi.

Tadbir davomida Qilichboy ovulidagi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismning harbiy xizmatchilariga soʻz berildi. Mehmonlar barchani bayram bilan tabriklab, tashkilotchilarga samimiy minnatdorlik bildirdi va yosh avlodning tarbiyasiga boʻlgan eʼtibor uchun samimiy tashakkur izhor qilishdi.

Ushbu tadbir yurt himoyachilariga boʻlgan yuksak hurmatning yorqin ifodasi boʻldi, desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Tadbir davomida bolajonlar ijrosidagi sheʼru-qoʻshiqlar va raqslari orqali Vatan, mardlik va jasorat tuygʻulari ulugʻlandi. Yosh avlod qalbida yurtga boʻlgan mehr va sadoqatni yanada oshirishga xizmat qilgan ushbu bayram tadbiri barcha ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Mard va jasoratli yigitlarimizni sharaflash, ularning mehnatiga ehtirom koʻrsatish – bu mustaqil Oʻzbekistonimizning tinchligi va xalqimizning farovon hayoti uchun minnatdorchilik ramzidir.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019