16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:25
Iqtisodiyot 👁 486

Amudaryo tumanida “Qipchoq hotel” nomli yangi mehmonxona faoliyat boshladi

Amudaryo tumanida “Qipchoq hotel”  nomli yangi mehmonxona faoliyat boshladi

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va turizm infratuzilmasini yaxshilash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, xizmat koʻrsatish sohasiga alohida eʼtibor qaratilib, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar va imtiyozlar berilishi ularga keng koʻlamli imkoniyatlar taqdim etmoqda. Xususan, mehmonxona tadbirkorligining rivojlanishi hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish va turizmni yanada taraqqiy ettirishda muhim oʻrin tutadi.

Amudaryo tumani oʻzining geografik joylashuvi va tarixiy inshootlari bilan turizm sohasida katta imkoniyatlarga ega. Tumanda xizmat koʻrsatish infratuzilmasining rivojlanishi nafaqat iqtisodiy oʻsishni taʼminlayapti, balki aholi farovonligiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatyapti. Beshtom mahallasi hududida qad rostlagan zamonaviy “Qipchoq hotel” nomli mehmonxona ham shu maqsadlarga xizmat qiladi.

19-yanvar kuni ushbu yangi mehmonxonaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Mazkur xizmat koʻrsatish shoxobchasi "Soliy kinochi" MChJ rahbari, tadbirkor Davronbek Eshmurodov tashabbusi bilan amalga oshirilgan boʻlib, Amudaryo tumanining turizm va xizmat koʻrsatish sohasidagi koʻrsatkichlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, hokim oʻrinbosarlari, “Oʻzmilliybank” aktsiyadorlik jamiyatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali boshligʻi, soha masʼullari, tadbirkorlar va aholi vakillari ishtirok etdi.

Ochilish marosimida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov barcha qulayliklarga ega boʻlgan yangi, zamonaviy mehmonxonaning faoliyat boshlashi tumanimiz iqtisodiy-ijtimoiy hayotidagi muhim voqealardan biri boʻlib, turizm sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar hajmining ortishiga zamin yaratishini alohida taʼkidladi. Bu kabi loyihalar nafaqat tumanning iqtisodiy salohiyatini oshirishi, balki aholining turmush darajasini yuksaltirib, yangi ish oʻrinlari yaratish va hudud infratuzilmasini yanada yaxshilashi eʼtirof etildi. Mehmonxona, shuningdek, yangi turistik yoʻnalishlarni ochish va hududni xalqaro miqyosda tanitishda muhim oʻrin tutishi qayd qilindi.

Tadbir ishtirokchilari tadbirkor Davronbek Eshmurodov mehnatini eʼtirof etib, uning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlarga tilakdoshlik bildirdi. Bu loyiha faqatgina turistik sektorda emas, balki turli sohalarda yangi istiqbollarni taʼminlashga xizmat qilishi eʼtirof etildi.

Mehmonxona qurilishi 2024-yil davomida zamonaviy arxitektura talablari asosida amalga oshirildi. Loyiha tadbirkor Davronbek Eshmurodovning oʻz mablagʻlari va “Oʻzmilliybank” tomonidan ajratilgan 2 milliard soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻlari yordamida qurib bitkazildi.

Xizmat koʻrsatish shoxobchasi bir vaqtning oʻzida 62 nafar mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega. Mehmonxona barcha zamonaviy qulayliklar bilan taʼminlangan. Binoning birinchi qavatida umumiy ovqatlanish shoxobchasi tashkil etilgan boʻlib, u nafaqat mehmonxona mijozlariga, balki mahalliy aholi va sayyohlarga ham xizmat koʻrsatadi.

Mehmonxona asosan mahalliy va xorijiy mehmonlarni qabul qilishga moʻljallangan. Uning joylashuvi hududning tabiiy goʻzalligi va tarixiy obidalarga yaqinligi bilan ajralib turadi.

Tadbirkor Davronbek Eshmurodovning rejalariga koʻra, kelgusida mehmonxonada zamonaviy xizmatlarni yoʻlga qoʻyish, xizmat koʻrsatish sifatini xalqaro talablarga mos ravishda yaxshilash koʻzda tutilmoqda. Bundan tashqari tadbirkor mehmoxona faoliyati orqali mahalladagi 10 nafar ishsiz yoshlarning doimiy bandligini taʼminlagan. Tadbirkor xizmat koʻrsatish sohasidagi muvaffaqiyatli faoliyati bilan xalqimiz hurmatini qozongan ishbilarmonlardan sanaladi. Uning “Qipchoq choyxona” nomli umumiy ovqatlanish shoxobchasida ham xalqimizga namunali xizmat koʻrsatib kelinmoqda.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019