16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:48
Salomatlik 👁 455

Quturish kasalligining oldini olish boʻyicha profilaktik tadbir oʻtkazildi

Quturish kasalligining oldini olish boʻyicha profilaktik tadbir oʻtkazildi

“It qopmas dema, ot tepmas dema”, degan xalq maqoli bekorga aytilmagan. Gohida yoʻl-yoʻlakay ketayotib, gala-gala boʻlib yurgan daydi itlarga koʻzimiz tushadi. Baʼzida bexosdan oldimizga vovillab chiqqan notanish it sabab yuragimizni hovuchlab, yoʻlimizda zoʻrgʻa davom etamiz. Eng achinarlisi, bu itlarning quturgan yoki quturmaganligini biz tashqaridan ilgʻay olmaymiz. Shuning uchun ham baʼzida daydi itlar yoki ayrim xonadonlarda boqilayotgan emlanmagan itlar tishlashi oqibatida odamlar jarohat olib shifoxonalarga murojaat qilishadi. Achinarlisi, baʼzan bunday holatlar oʻlim bilan ham yakun topishi mumkin.

Quturish — shu nomdagi virus qoʻzgʻatadigan kasallik boʻlib, issiq qonli hayvonlar va odamlarda uchraydi. Kasallangan hayvonlar tishlaganda soʻlagi orqali yuqadi. Virus yuqqanda markaziy nerv sistemasining ogʻir progressiv shikastlanishi kuzatiladi. Virus shikastlangan teri orqali nerv oxirlariga harakatlanadi va ular orqali miya va orqa miyaga oʻtadi. Kasallik insonlar uchun halokatli hisoblanadi va faqatgina favqulodda emlash bilan uning oldini olish mumkin.

Shuningdek, daydi itlar haqida hayvonlarni nazorat qilish xizmatiga xabar berish, bunday hayvonlar bilan muloqot qilishdan saqlanish, uy yaqiniga va uyga koʻrshapalak kirishiga yoʻl qoʻymaslik orqali ham kasallikning oldini olish mumkin. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, har yili 59 ming kishi quturish kasalligidan vafot etadi. Bunga sabab ularning 99 foizi quturgan it tomonidan tishlanishidir.

Yaqinda mana shunday salbiy holatlarning oldini olish maqsadida Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi, tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi hamda tuman Obodonlashtirish boʻlimi qoshida joylashgan qarovsiz, daydi itlarni ovlash brigadasi xodimlari ishtirokida Navoiy nomli mahalla hududi profilaktik tadbir oʻtkazildi. Tadbirda aholiga odamlar va hayvonlar oʻrtasida uchraydigan quturish kasalligi va uning oqibatlari, oldini olish yoʻllari boʻyicha maʼlumotlar berildi.

Oʻtkazilgan profilaktik tadbir davomida tuman Obodonlashtirish boʻlimi qoshidagi qarovsiz, daydi itlarni ovlash brigadalari xodimlari ishtirokida hududdagi egasi nomaʼlum, daydi itlar tutilib, maxsus joyga olib ketildi. Jumladan, mahalla hududida qarovsiz yurgan 6ta daydi itlar ushlanib, tuman Obodonlashtirish boʻlimi hududida joylashgan itlarni vaqtincha saqlash xonasiga joylashtirildi va bu orqali kelib chiqishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlarning oldi olindi.

Shuningdek, tadbir davomida tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xodimlari mahalladagi 28ta xonadonlarga tashrif buyurib, xonadonlarda boqilayotgan 12ta itlarni roʻyxatga oldilar hamda ularga veterinariya guvohnomasi berildi. Itlar quturish kasalligiga qarshi ehtiyot chorasi sifatida emlandi hamda xonadon egalariga itlarni saqlash qoidalari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlari ham ushbu xonadonlarda boʻlishib, xonadon egalariga odamlar va hayvonlar oʻrtasida quturish kasalligi va uning oldini olish mavzusida targʻibot-tashviqot ishlarini olib bordilar hamda mavzu boʻyicha eslatma va plakatlar tarqatdilar.

Quturish kasalligi va uning oldini olish boʻyicha idoralararo hamkorliklikdagi profilaktik tadbirlar yil davomida olib boriladi. Shu oʻrinda, xonadonida it saqlayotgan fuqarolardan masʼuliyatli boʻlishni hamda it saqlash qoidalariga amal qilishlarini soʻrab qolamiz. Zero, sizning masʼuliyatsizligingiz qaysidir begunoh insonning hayotiga raxna solmasin!

Durbek Babajanov, Amudaryo tuman SEO va JSB epidemiolog vrachi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019