16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 22:02
Jamiyat 👁 468

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvida amudaryolik yigit-qizlarning muammolariga yechim izlandi

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvida amudaryolik yigit-qizlarning muammolariga yechim izlandi

Mamlakatimizda yoshlar masalalari davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan boʻlib, ularning huquqlari, manfaatlari va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash yoʻlida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kelajagimiz egalarining taʼlim olishi, tadbirkorlik bilan shugʻullanishi, kasb-hunar oʻrganishi va ularning ijtimoiy faolligini oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yoshlarning barcha sohalardagi faol ishtirokiga keng yoʻl ochmoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi yoshlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolari va takliflarini oʻrganish, shuningdek, yangi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash uchun muhim platforma boʻlib xizmat qilyapti.

22-yanvar kuni Amudaryo tuman Madaniyat boʻlimi binosida ham Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi tashabbusi bilan shunday uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv yoshlarning murojaatlarini qabul qilish, shuningdek, 2025-yilda yoshlar siyosati sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ularning takliflarini oʻrganish maqsadida tashkil qilindi.

Tadbirda Amudaryo tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Nodirbek Kamolov, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligining mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodologik taʼminlash boʻlimi bosh mutaxassisi Shahzod Qayumov, agentlikning Qoraqalpogʻiston boʻlimi bosh mutaxassisi Anvar Maratov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Bekzod Oʻrinboyev, ovul va mahallalardagi yoshlar yetakchilari hamda tumanning barcha ovul va mahallalaridan yoshlar ishtirok etdilar.

Muloqot davomida tuman hokimining oʻrinbosari Nodirbek Kamolov soʻzga chiqib, tumanimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va davlat siyosatining yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdagi ahamiyati haqida soʻz yuritdi. Hokim oʻrinbosari har bir rahbar yoshlar muammolariga yechim topishga masʼul ekanligini taʼkidlab, bu kabi muloqotlar yoshlarning tashabbuslarini roʻyobga chiqarishga zamin yaratishini qayd etdi.

Tadbir davomida yoshlar oʻz muammolari va takliflari bilan masʼullarga murojaat qilishdi. Murojaatlar asosan yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, biznes uchun yer hamda imtiyozli kreditlar ajratish masalalarida boʻldi.

Shuningdek, tumanda xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish maqsadida Call Center loyihasini amalga oshirish taklifi ilgari surildi. Bu orqali turli xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni bir tizimga jamlash va aholiga qulay xizmat koʻrsatish imkoniyatini yaratish koʻzda tutilgan.

Infratuzilmani yaxshilash boʻyicha ham bir qator takliflar berildi. Xususan, Ayoqchi mahallasidagi sanoat inshootlarini xususiylashtirish va taʼmirlash orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish, shuningdek, 63-sonli maktabga sport zal qurib, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishi uchun sharoit yaratish kabi takliflar ilgani surildi.

Bundan tashqari, IT sohasini rivojlantirish maqsadida malakali mutaxassislarni jalb qilish, Oʻzbekistondagi IT parklari bilan hamkorlik oʻrnatish va yangi startap loyihalarini amalga oshirish takliflari bildirildi. Bu takliflar yoshlarning IT sohasiga qiziqishini kuchaytirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Shuningdek, tadbir davomida masʼullar yoshlar tomonidan bildirilgan har bir masala va taklifni oʻrganilib, ularni amaliyotga joriy etish uchun zarur choralar koʻrilishini maʼlum qilishdi. Mazkur loyiha va tashabbuslarning amalga oshirilishi tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga katta hissa qoʻshishi alohida qayd qilindi. Qolaversa, munosib takliflar bilan chiqqan yoshlar ragʻbatlantirilib, qoʻllab-quvvatlanishi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, shu kuni tadbir doirasida tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi tomonidan boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi. Mehnat yarmarkasida yoshlar turli soha va kasblardagi boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Shuningdek, tuman Adliya boʻlimi yoshlarning huquqiy masalalarini oʻrganish va ularga huquqiy maslahatlar berish maqsadida uchrashuv oʻtkazdi.

Shubhasiz, bu kabi muloqotlar kelgusida yoshlarning ijtimoiy va iqtisodiy faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026